II.Ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi yoki asoslaridan biri ayiruvchi mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Sof ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi ayiruvchi mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ayiruvchi-qatiy xulosa chiqarishda xulosa asoslaridan biri ayiruvchi mulohaza bo‘lsa, boshqasi oddiy qatiy mulohaza bo‘ladi. Bunday xulosa chiqarishning ikki modusi bor: tasdiqlab inkor etuvchi va inkor etib tasdiqlovchi modus. Ularning formulasi quyidagi tablitsada keltirilgan.
Sof ayiruvchi xulosa chiqarishga misol:
Xulosa chiqarish asoslarining soniga ko‘ra bevosita yoki bavosita bo‘ladi.
Bavosita xulosa chiqarish ikki asosli yoki ikkidan ortiq asosli bo‘ladi.
Demak, xulosa chiqarish asoslarining soniga ko‘ra bevosita yoki ikki asosli yoki ikkidan ortiq asosli bo‘ladi.
Ayiruvchi-qatiy xulosa chiqarishning tasdiqlab inkor etuvchi shakliga misol:
O‘simliklar bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘ladi.
Daraxtlar ko‘p yillik o‘simlikdir.
Demak, daraxtlar bir yillik o‘simlik emas.
Ayiruvchi-qatiy xulosa chiqarishning inkor etib, tasdiqlovchi shakliga misol:
Odamlar hayoli yoki hayosiz bo‘ladi.
Mening do‘stlarim hayosiz emas.
Mening do‘stlarim hayoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |