Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Harakat tiplari. Fanda obektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi farqlanadi. Orqaga qaytmaslik va muayyan yo‘nalishga egalik ham xos bo‘lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo‘lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi. Agar harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo‘lsa, bu holda regress to‘g‘risida so‘z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va
regressning ko‘rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini etiborga olish lozim. Xususan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o‘sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi va ko‘proq buning aksidan dalolat beradi. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda sodir berayotgan evolyusiya jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning o‘sishi; jamiyatda – fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi va shu kabilar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, g‘oya, nazariyaning rivojlanishi to‘g‘risida so‘z yuritilgan holda, qo‘llanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning «pishib etilishi»ni, yani murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq mano kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni takidlash lozimki, narsalar va hodisalarning obektiv dunyosidan farqli o‘laroq, subektiv konstruksiyalar (tafakkur, g‘oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko‘lam ko‘rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi, vaqtda kechadi. O‘z-o‘zidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki obektga nisbatan o‘z-o‘zidan harakat, o‘zo‘zidan rivojlanish holati xos deb aytish o‘rinli emas. Chunki, ushbu obektni muayyan element sifatida o‘z ichiga olgan tabiat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi. Harakatlanish shu joyda bo‘lishni va ayni vaqtda, unda bo‘lmaslikni anglatadi; bu makon va vaqtning uzluksizligidir, aynan u harakatni yuzaga keltiradi. Harakatning uzluksizligi uning umumiyligini namoyon etadi, uzluksizlik uning alohida jihatini ko‘rsatadi. Harakatdagi umumiylik uning mohiyatini aks ettiradi, binobarin, harakatni tushunish va tariflash, uning mohiyatini anglab etish uchun harakatning uzluksizligini tushunmoq darkor. Vaqtinchalik barqarorlik va muvozanat holati sifatida tushuniluvchi nisbiy harakatsizlik materiyaning har qanday muayyan holatiga xos. U materiyaning sifatini namoyon etadi. Nisbiy tinchlik tufayli narsalarning chegaralari mavjud bo‘ladi, dunyo sifat va miqdor o‘zgarishlarining rang-barangligi sifatida namoyon bo‘ladi. Materiya harakati Shuning uchun ham mutlaqki, u sirtdan hech narsaga bog‘liq emas. SHu manoda «Dunyoda abadiy harakatdagi materiyadan boshqa hech narsa yo‘q» tarzidagi fikrlar o‘rinli va asoslidir. «Materiya harakatining shakli» tushunchasi tabiat rivojlanishining muayyan bosqichiga xos bo‘lgan alohida qonuniyatlarni qayd etishga xizmat qiladi. Harakat shakli sifat jihatidan o‘xshash moddiy obektlar o‘zgarishlarining o‘ziga xos tiplarini va ularning o‘zaro tasiri xususiyatlarini aks ettiradi. Bazan materiya harakatining muayyan shakli o‘zaro tasirga kirishayotgan elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning o‘ziga xos tizimi sifatida yoki muayyan qonunlarga bo‘ysunish belgisiga ko‘ra birlashtirilgan o‘zgarishlar guruhi sifatida tariflanadi. Materiya harakatining shakllari bilan insoniyat o‘z tarixi bo‘sag‘asidayoq tanishgan, xususan qadimda ishqalanish kuchi yordamida o‘t yoqish mexanik harakatni issiqlikka aylantirgan. Bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi teskari jarayondan – issiqlik energiyasi mexanik harakatga aylanishidan dalolat bergan. Uzoq vaqt hukm surgan dunyoni idrok etishning mexanistik konsepsiyasi doirasida materiya harakatining barcha shakllari bir-biridan miqdor jihatidangina farq etishi taxmin qilingan. Materiyaning harakat shakllarini tasniflash tamoyillari: materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan bog‘liq bo‘lishi lozim; materiyaning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va o‘zaro bog‘lanmaydi; tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi; materiyaning harakat shakllari murakkablik darajasiga ko‘ra farq qiladi, oliy shakl quyi shakllar sintezi sifatida tushuniladi. Bunda oliy shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi shakllarga mexanik bog‘lanishiga ham yo‘l qo‘ymaslik muhimdir; moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali, quyi shakllar farqlanishi lozim; materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling