Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Torsion maydonlar. Ilgari surilgan gipotezalarga ko‘ra, beshinchi fundamental fizik daraja manbasi torsion maydonlar (aylanish maydonlari) bo‘lishi mumkin. Ular ekstrasensor o‘zaro tasirlarda qayd etiladi va ularda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Torsion maydonlar o‘ng va chap aylanishga ega bo‘lib, bu «o‘ng» va «so‘l» dunyolar mavjudligini taxmin qilish imkonini beradi. Tabiiy muhitlar orqali o‘tishda torsion nurlanishlarning zaiflashuvi mavjud bo‘lmaydi. Olimlar taxminiga ko‘ra, torsion maydon kvantlari sifatida past energetik reliktli neytrinolar amal qiladi, torsion nurlanishlarning o‘ta o‘tuvchanligi esa tabiiy xususiyat sifatida qaraladi.
Torsion to‘lqinlarning gruppaviy tezligi kamida 109 s (Yorug‘lik tezligi)ga teng deb baholanadi. Ammo bunday misli ko‘rilmagan Yorug‘lik tezliklari fizika uchun yangi va favqulodda bir hol emas. Torsion maydonlar o‘z-o‘zidan hosil bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi. Ular fizik vakuumning tasirlanishi natijasi sifatida vujudga kelishi mumkin. Har qanday shakl, hatto uning massasi juda oz bo‘lsa ham, vakuumni tasirlantirishi va uni qurshagan muhitda torsion maydon sifatida namoyon bo‘luvchi qutblashishni vujudga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, vakuumning elektrostatik yoki elektromagnit maydoni mavjud bo‘lgan qismida doim ushbu maydon yaratadigan torsion komponentlar mavjud bo‘ladi. Birlamchi torsion maydonlar birdan-bir tavsifi axborotni tashiydigan va o‘zaro tasirga kirishish chog‘ida energiya almashmaydigan uyurmalar mavjudligi hisoblanuvchi materiya shakli sifatida qaraladi. Ikkilik signallarni torsion aloqa kanali orqali birinchi uzatish 1986 yilda amalga oshirilgan57. Tadqiqotchilar torsion maydonlarning effektlarini o‘rganar ekanlar, shuni qayd etadilarki, «vakuum fluktuatsiyasi magnit maydonining muayyan analogiga olib keladi. Bunda ushbu maydon torsion tuzilmalar tarzida shakllanadi. Torsion maydonlarning o‘zi vakuumning axborot tashuvchi birlamchi bioenergetik qo‘zg‘alishlari sifatida qaraladi. Ular vakkumdan materiyaning tug‘ilishini, uning rivojlanishi va o‘zaro tasirlarini boshqaradi»58. G.Shilov torsion maydonlar informatsion maydondagi moddiy obektning o‘rni va ahamiyatini aks ettiruvchi barqaror maydon tuzilmalari – fikr shakllaridan iborat, degan xulosaga keladi59. Barcha moddiy obektlar o‘z atrofida torsion maydonlarni yaratsa, ong ular bilan o‘zaro tasirga kirishish xususiyatini aniqlaydi. Torsion maydon tashqi torsion maydon tasiri yo‘qolganidan keyin saqlanib qoladigan qutblashuvni induksiyalaydi. Bu holda ko‘z tegishi, issitish va sovutish kabi parailmiy fenomenlarni, shuningdek «suv xotirasi» hodisasini tushuntirish uchun imkoniyat yaratiladi. V.Yarsev insonning o‘z tanasi hujayralarini energiya va axborot bilan yagona bioenergetik organizmga birlashtirish xossasini kashf etdi. Bunda hujayralar birikuvining faollik darajasi va yo‘nalishi inson ongi va uning elementlari (aql, sezgilar, iroda) bilan belgilanadi. Umuman olganda inson organizmi o‘zining umumiy torsion maydonini yaratadi. Axborotni saqlash va uzatishda organizmdagi suv strukturasi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, torsion maydonlar o‘z-o‘zidan hosil bo‘lishi mumkin. Torsion maydonlar nazariyasi – hozirgi zamon fanining eng so‘nggi yutuqlaridan biri va shu bilan bir vaqtda ezoterikaning ko‘pgina hodisalarini tushuntirish uchun sababiy asos. Torsion maydon tushunchasi sinergetika tamoyillarini, xususan attraktorlar harakatiga doir qoidalarni chuqurlashtiradi. Elektromagnit nurlanish ham doim torsion elementga ega bo‘ladi. Katta tezlikda aylanayotgan jism gravitatsiya kuchini kamaytiradi. Fikr shakli torsion maydonlar yordamida uzatilganida telekinez fizikasini abstrakt holda tasavvur qilish mumkin. Torsion maydon individual xotira substrati hisoblanadi, degan faraz ham mavjud. Professor A.Stepanov chiqargan xulosaga ko‘ra, sirtdan keluvchi axborot miyaning turli zonalarida kodlanadi va ikki parallel oqimga ajraladi. Bir oqimdan kiruv parametrlarining ichki holat matritsalari bilan ayniyligini solishtirish uchun foydalaniladi. U organizmning adaptatsion-kompensator faoliyati uchun javob beradi. Ikkinchi oqim yangi holatni qayd etadi va kelgan axborotning torsion maydonlarini induksiyalaydi60. Bunday xulosalar Stanislav Grof ilgari surgan xolotrop konsepsiyasiga ham mos keladi. Ongni xolotrop (yunon. holes – yaxlit) tushunish ong maydoni miyaning individual faoliyati bilan bilvosita belgilanishini va Koinot evolyusiyasining rang-barang tajribasini o‘z ichiga olishini qayd etadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling