Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Makonning ko‘p o‘lchovliligi


Download 1.22 Mb.
bet66/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Makonning ko‘p o‘lchovliligi. Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion o‘zaro tasirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o‘lchovliligi va vaqtning bir o‘lchovliligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar ham mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning ko‘p o‘lchovliligi g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt ko‘rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Erda hayot paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqti doirasida joylashgan alohida, biologik makon va vaqt o‘lchovi yuzaga keladi. SHu munosabat bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi olimlar etiborini o‘ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, V.I.Vernadskiy va boshqalar o‘rgandi. Ular jonsiz tabiatga xos bo‘lmagan asimmetriya molekulyar darajada atomlar guruhlarida «so‘l» va «chap» qanotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning metrik xossalari. Metrik xossalarga makon va vaqtning ko‘lamlilik hamda davomlilik kabi miqdor ko‘rsatkichlari kiradi. Ko‘lamlilik joy va o‘rinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon chegarasi va u qamrab oluvchi muayyan hajmning birligi. O‘rin – bir joyning boshqa joylarga nisbatan koordinatsiyasi. Joy va o‘rin makon tuzilishini belgilaydi. SHunday qilib, biz makon tuzilishi haqida so‘z yuritganda uning joy va o‘rnini tavsiflashimiz shart. Davomlilik va lahza vaqtning asosiy metrik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Lahza – davomlilikning boshqa parchalab bo‘lmaydigan atomi, davomlilik kvanti. Davomlilikning o‘zi bunda muayyan chegaraga solingan lahzalar majmui sifatida tushuniladi. Muayyan obekt mavjudligining dastlabki va pirovard lahzalari ana shunday chegara sifatida amal qiladi. Davomlilik – obekt mavjudligining davomiyligi va saqlanishidir. Davomlilik voqea-hodisalarning ayni bir vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari bilan tavsiflanishi mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling