Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Makon va vaqtning topologik xossalari


Download 1.22 Mb.
bet67/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Makon va vaqtning topologik xossalari. Topologik xossalarga sifat ko‘rsatkichlari, makon va vaqtning uzluksizligi, bog‘liqligi, vaqt tartibi, yo‘nalishi va o‘lchamliligi kiradi. Makonning topologik xossalari – makonning bir xilligi, izotropligi (jarayonlar ayni bir sharoitda bir xil kechishi) hamdir. Vaqtning topologik xossalari - bir yo‘nalishlilik, muayyan o‘lchovlilik, orqaga qaytmaslik. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi hanuzgacha faylasuflar shug‘ullanadigan qator muammolarni tashkil etadi va falsafiy jihatdan ilmiy-nazariy asoslashga muhtojdir.
Vaqt tartibi va yo‘nalishi. Vaqt shakllanishi yoki o‘tishining obektiv xususiyati to‘g‘risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg‘in bahsga sabab bo‘layotgan muammodir. Odatda, vaqt tartibi va yo‘nalishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, uning o‘tmishdan hozirgi vaqt orqali kelajakka o‘tishi nazarda tutiladi.
Vaqt bir yo‘nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: «O‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko‘proq mos keladi. Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo‘llaniladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: A majmui – «o‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» va V majmui – «oldin – ayni bir vaqtda – keyin». Vaqtning miqdor ko‘rsatkichlari qayd etilgan hollarda vaqt tushunchalarining ikkinchi majmuidan foydalanilgan. Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning tuzilishiga ko‘ra 4 soat «o‘tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzish imkoni yo‘q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi.
Makon va vaqtning dinamik va statik konsepsiyalari. Dinamik konsepsiya vaqt jarayonlarining, shu jumladan vaqt oqimining obektiv borlig‘ini, yani o‘tmish, hozir va kelajak voqealari o‘rtasida real fizik farqlar mavjudligini tan oladi.
Ayni vaqtda, mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, haqiqiy borliqqa hozirgi vaqt voqealarigina ega bo‘ladi. O‘tmish xotiralarda mavjud, kelajak voqealari amalda ro‘y beradimi, yo‘qmi - nomalum. Faqat hozirgi vaqtda ehtimol tutilgan voqealar o‘tmishdagi sabablar asosida real borliqqa aylanishi mumkin. So‘ngra ular ham o‘z davrida muayyan iz qoldirib, o‘tmishga aylanadi.
Vaqt tartibi va yo‘nalishini tushunib etishning ikkinchi statik konsepsiyasi - obektiv vaqt jarayonlari mavjudligini inkor etmagan holda, vaqtning o‘tmish, hozir va kelajakka bo‘linishini rad etadi. Unda «oldin - keyin» vaqt nisbati obektiv deb etirof etiladi. Ushbu konsepsiya tarafdorlari B.Rassel va T.Gold fikriga ko‘ra, kuzatish etibordan soqit etilsa, dunyoda har qanday holat yuz berishi mumkin. G‘arb falsafiy adabiyotlarida bu konsepsiya «Sovib qolgan olam konsepsiyasi» deb ataladi.
Ammo statik konsepsiyadagi vaqtning harakati va oqimi subekt – kuzatuvchiga bog‘liqligi haqidagi asosiy tezisiga qo‘shilish qiyin. Ko‘pgina jarayonlar kuzatuvchidan qatiy nazar mavjud bo‘ladi va yuz beradi. Eng katta muammo – hozirgi vaqtni qanday tushunish mumkinligida. Inson uchun eng qimmatli narsa vaqtdir. Xohish va harakat bo‘lsa, hamma narsani topish yoki qo‘lga kiritish mumkin, lekin o‘tgan vaqtni orqaga qaytarib bo‘lmaydi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling