Algebra va sonlar nazariyasi fanining o‘quv dasturi (Sillabus)
Download 74.4 Kb.
|
ALGEBRA-2-мутаххассислик (кечки) 2022 23
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI FANINING O‘QUV DASTURI (Sillabus)
Ta’lim yo’nalishi: 5110100 - Matematika va informatika Fanning asosiy parametrlari
Auditoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim o’quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semestr bo’yicha taqsimoti
I. Fanning mazmuni
II. Asosiy nazariy qism (Ma’ruza mashg‘ulotlar) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu: To‘plamlar va ular ustida amallar. To’plamlar nazariyasi elementlari. Universal to’plam. To’plamlar ustida amallar va ularning asosiy xossalari. To’plamning to’ldiruvchisi. Eyler-Venn diagrammmalari. To’plamlarning to’g’ri ko’paytmasi. 2-Mavzu: Binar munosabatlar. Ekvivalentlik munosabati. Binar munosabatlar va ularning turlari. Binar munosabatlar. Binar munosabatlar aniqlanish va qiymatlar sohasi. Binar munosabat inversiyasi. Refleksiv, antirefleksiv, simmetrik, antirekleksiv, tranzitiv binar munosabatlar. n- ar munosabatlar. Binar munosabatlar kompozitsiyasi va uning xossalari. Binar munosabatlarni graflar orqali ifodalash. 3-Mavzu: Akslantirishlar. Akslantirish. Akslantirishning aniqlanish sohasi va qiymatlar to’plami. Akslantirishlar kompozitsiyasi. In’ektiv, syur’ektiv, teskarilanuvchi funktsiyalar. 4-Mavzu: Binar algebraik amallar va uning turlari. Binar algebraik amallar turlari, xossalari. Binar, n- ar amallar. Amal rangi. Binar amal turlari. Neytral, regulyar, simmetrik elementlar, xossalari. Amallarga nisbatan yopiq to’plamlar. Additiv va multiplikativ yozuvlar. Kongruentsiya. 5-Mavzu: Algebra tushunchasi. Algebra. Faktor-algebra. Qismalgebra. Algebraning tipi. Gruppoid, yarimgruppa, monoid. Algebralar gomomorfizmi. Gomomorfizm turlari. Algebralar izomorfizmi. Qismalgebra. Xossalari. 6-Mavzu: Gruppa. Gruppaning sodda xossalari. Kommutativ gruppa. Gruppa tartibi. Multiplikativ, additiv gruppalar. Gruppaning sodda xossalari. Gruppalar gomomorfizmi. Yarimgruppa. 7-Mavzu: Halqa. Halqaning sodda xossalari. Kommutativ halqa. Butunlik sohasi. Halqaning sodda xossalari. Halqalar gomomorfizmi. Qismhalqa. 8-Mavzu: Maydon. Maydonning sodda xossalari. Maydon tushunchasi. Qism maydon. p -xarakteristikali tenglama. Tub maydon. Minimal qism maydon. Tartiblangan maydonlar. 9-Mavzu: Kompleks sonlar maydoni. Kompleks sonlar va ular ustida amallar. Kompleks son qo’shmasi va moduli. Maydonning kompleks kengaytmasi. Kompleks sonning geometrik tasviri. Kompleks sonning trigonometrik shakli. Muavr formulalari. Birning n- darajali ildizlari. 10-Mavzu: Kompleks sondan ildiz chiqarish. Minimallik aksiomasi. Ixtiyoriy kompleks sonning n- darajali ildizlari. Kompleks sonlar aksiomatik nazariyasining boshlang’ich tushuncha va terminlari. Kompleks sonlar xossalari. 11-Mavzu: n o‘lchamli arifmetik vektor fazolar, xossalari. Arifmetik vektor fazo haqida tushuncha. Arifmetik vektor fazo. Asosiy xossalari. Fazoosti. Qismfazo. Chiziqli bog’liq, chiziqli bog’liq bo’lmagan vektorlar sistemalari, xossalari. Vektorlarning ekvivalent sistemalari. 12-Mavzu: Vektor fazoning bazisi va o’lchovi. Vektorlarning ekvivalent sistemalari. Vektorlar chekli sistemasining bazisi va rangi. Vektorlar chekli sitemasini elementar almashtirishlar. Xossalari. Vektorlar chekli sitemasining bazisi, xossalari. Vektorlar chekli sistemasining rangi, xossalari. 13-Mavzu: Matritsalar va ular ustida amallar. Matritsa tushunchasi. Matritsalarning turlari. Matritsalarni qo‘shish, matritsani songa ko‘paytirish, matritsalarni ko‘paytirish amallari va ularning xossalari. Matritsani transponirlash. 14-Mavzu: Matritsa satrlarining chiziqli bog’liq va erkliligi haqida. Matritsa satrlarining chiziqli kombinatsiyasi, chiziqli bog‘liq va chiziqli erkli satrlar, satrlar jamlanmasining rangi, satrlar jamlanmasining bazisi, matritsaning rangi. 15-Mavzu: O‘rin almashtirishlar va o‘rniga qo‘yishlar. O’rniga qo’yishlar gruppasi. O’rniga qo’yishlar. O‘rin almashtirishning inversiyasi va signaturasi. Toq va juft o‘rin almashtirishlar. 16-Mavzu: Determinant va uning xossalari. Kvadrat matritsaning determinanti. 2-, 3-tartibli kvadrat matritsalar determinantini hisoblash usullari. Determinantlarning asosiy xossalari. Download 74.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling