Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm
Tarmoqlanuvchi algoritmlar
Download 138.5 Kb.
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish . Takrorlanuvchi algoritmlar.
- Sikl - hozircha
- 1) Sikl-gacha 2) Sikl - hozircha
- A,B,H A,B,H X=A X=A ha yo’q y =√x 3 + x 2 + 1 X
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi: ha yo’q ha yo’q shart shart 1 - amal 2-amal amal a) to’la ko’rinish b) qisqartirilgan ko’rinish 1-misol. Ixtiyoriy berilgan x va u sonlaridan eng kattasini topish algoritmini tuzing. boshlash x,u ni kiritish
z = x x >= y z = y z ni chiqarish tamom
Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish. Takrorlanuvchi algoritmlar. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda uning ayrim bo’laklarini bir necha marta takroran hisoblashga to’g’ri keladi. Bunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda takrorlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi. Hisoblash jarayonining ko’p marta takrorlanadigan qismi ichki sikl tanasi (jismi) deb yuritiladi. Takrorlanuvchi algoritm 2 xil ko’rinishga ega bo’ladi: Sikl - gacha takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega: yo’q sikl tanasi shart ha
Bu ko’rinishdagi algoritmda avval sikl tanasi bajarilib, so’ngra sikldan chiqish sharti tekshiriladi, ya’ni sikl tanasi qo’yilgan shart bajarilib turguncha takrorlanaveradi. Sikl - hozircha takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega: yo’q ha shart sikl tanasi b) sikl - hozircha. Bu ko’rinishdagi algoritmlarda avval shart tekshiriladi, so’ngra agar shart qanoatlantirsa, sikl tanasi bajariladi, aks holda hisoblash to’xtatiladi. 1-misol. funksiyani x ning [a,b] oraliqda h=0.1 qadam bilan o’zgarish qiymatini hisoblash algoritmini tuzing. Yechish.
1) Sikl-gacha 2) Sikl - hozircha A,B,H A,B,H X=A X=A ha yo’q y =√x3 + x2+ 1 X<=B y ni chiqarish tamom X = X + H y =√x3 + x2+1 ha yo’q X<=B tamom y ni chiqarish X = X + H Bundan tashqari murakkab ko’rinishdagi takrorlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi. Misol. ifodaning qiymatini hisoblash algoritmini tuzing. Yechish. Bu yerda i bo’yicha takrorlanuvchi algoritm tashqi, j bo’yicha takrorlanuvchi algoritm ichki sikllar deb yuritiladi. boshlash S=0:P=1 i=1 j=1 P=P(i+j)/2 j =j+1 ha ha yo’q j<=3 S = S + P i=i+1 i<=5 yo’q S ni chiqarish tamom Sinov savollari: Masalani kompyuterda yechishning asosiy bosqichlarini ayting? Algoritm nima?Algoritmga misollar keltiring. Algoritmning asosiy xossalari. Algoritmning tasvirlashning asosiy usullari. Bu tasvirlash usullarining har biriga misollar keltiring. Blok-sxema nima? Asosiy elementlarini ayting. Algoritmning turlari. Ijrochining ko’rsatmalar majmui nimalardan iborat? Chiziqli algortitm nima? Tarmoqlanuvchi algoritmlarning xususiyatlari qanday? Chiziqli va tarmoqlanuvchi algoritmga misollar keltiring. Tarmoqlanuvchi algoritmning ko’rinishlari qanday? Tarmoqlanuvchi algoritmlar qanday bajariladi? Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling