Algoritm va algoritmlash asoslari Algoritmlar


Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1517879
  1   2   3   4
Bog'liq
Algoritm va algoritmlash asoslari Algoritmlar


Algoritm va algoritmlash asoslari


1. Algoritmlar
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari.
Har qanday masalani kompyuterga tayyorlash va uni o’tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

  • Masalani qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab

  • chiqish.

  • Masalani yechishning sonli usulini tanlash.

  • Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.

  • Kompyuter uchun dastur tuzish.

  • Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish.

  • Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.

1. Masalaning qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish. Masalani yechishdan oldin uning qo’yilshi oydinlashtiriladi, ya’ni bunda uning maqsadi va yechilish shartlari aniqlanadi, boshlang’ich ma’lumotlar va natijalarning tarkibi asoslanadi. Bu ma’lumotlar asosida u matematik formulalar ko’rinishida ifoda qilinadi.
2. Masalani yechishning sonli usulini tanlash. Qo’yilgan matematik masalalar uchun ularning sonli yechish usulini tanlash kerak bo’ladi. Sonli usullar turli-tuman bo’lganligidan ularning eng samarali va qulayini tanlash kerak. Bu masala bilan matematikaning sonli usullar bo’limi shug’ullanadi. Yechish usulini tanlash masalaga qo’yilgan barcha talablarni va uni konkret kompyuterlarda hal qilish imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
3. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Masalani yechish uchun tanlangan sonli usulning algoritmi ishlab chiqiladi, ya’ni masalani yechish uchun bajariladigan arifmetik va mantiqiy amallar ketma-ketligi yoritiladi. Masalani yechish algoritmlari ko’rgazmaliroq bo’lishi uchun, ular ko’p hollarda blok- sxema ko’rinishida ifodalanadi.
4. Kompyuter uchun dastur tuzish. Kompyuter uchun dastur masalaning umumiy yechimidir. U algoritmning mashina buyruqlari ketmaketligi shaklidagi yozuvdir. Buning uchun dasturlash tillari (Basic, Fortran, C++ , С++ va boshqalar) dan biri tanlanadi va unga mos dastur tuziladi. Tuzilgan dasturni sifatli bo’lishi va uni mashina xotirasidan kam joyni egallashi muhim ahamiyatga ega.
5. Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish. Tuzilgan dastur kompyuter klaviaturasi orqali uning xotirasiga kiritiladi. Kiritilgan dasturni rostlash va tekshirish amalga oshiriladi, ya’ni yo’l qo’yilgan xatoliklar tuzatiladi.
6. Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish. Bu bosqichdan tuzilgan dastur bo’yicha hisoblash bajariladi va hosil bo’lgan natija kompyuterning displey ekraniga chiqariladi yoki chop etish qurilmasi orqali qog’ozga chop etiladi. Natijalarni jadvallar, grafiklar yoki diagrammalar ko’rinishida hosil qilish mumkin. Hosil bo’lgan natija esa foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadi. Qo’yilgan masalani u yoki bu turini yechishning algoritmlarini shakllantirish va ishlab chiqish eng ma’suliyatli hamda muhim bosqichlardan hisoblanadi, chunki bu bosqichda keyinchalik shaxsiy kompyuterda bajarilishi kerak bo’lgan amallarning ketma-ketligi oldindan belgilab olinadi. Algoritmda yo’lga qo’yilgan xatoliklar hisoblash jarayonini noto’g’ri bajarilishiga olib keladi, ya’ni noto’g’ri natijalarni beradi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling