Algoritmik modellar. Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni aniqlash zarurati. Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar
Download 217.67 Kb.
|
diskret mustaqil ish
Informatsion model tushunchasi
Informatsiya kompyuterda qayta ishlash uchun xom-ashyo sifatida xizmat qiladi, yaʼni metallurgik ishlab chiqarishda metall ruda xom-ashyo hisoblanishi kabi. Lekin, ixtiyoriy xom-ashyo qayta ishlovda samarali boʼlishi uchun dastlabki tayyorgarlikka ega boʼlishi kerak. Bu toʼlaligicha informatsiyaga tegishli. Demak, bizda oʼrganish uchun hisoblash texnikasiga jalb etmoqchi boʼlgan biror bir hodisa mavjud. Birinchi navbatda biz qiziqtirayotgan hodisa haqidagi informatsiyalarni yigʼamiz, soʼng bu informatsiyani sistemalashtiramiz va sinflarga ajratamiz. Bundan keyin berilgan hodisani ifodalovchi modelni quramiz. Model soʼzi frantsuzchadan kelib chiqqan boʼlib, dastlabki maʼnosi bu – biror fizik ob’ekt yoki hodisaning aniq koʼrinishini beruvchi namunadir. Biz fizik emas, balki informatsion modeldan foydalanamiz. U hodisani maxsus matematik apparat, grafik, diagrammalar yordamida ifodalaydi. Model hodisaning xarakterli belgilari va asosiy tomonlarini ochib berish imkonini beradi. Matematik va imitatsion modellashtirish mavjud. Matematik modellashtirish – hodisa tadqiqoti va ifodasi uchun matematik apparatni qoʼllash. Аniq matematik model obʼektning holatini kuzatish va uni tahlil qilish imkonini beradi. Imitatsion modellashtirish – asosan sanoatda qoʼllaniladi, hisoblash texnikasi va maxsus programma taʼminoti yordamida real mavjud boʼlmagan qurilmada bir qator tekshirishlar oʼtkazish imkonini beradi. Bunday modellashtirishni qoʼllash xom-ashyo ishlab chiqarishni tezlashtiradi, chunki qurish va tadqiq qilish jarayoni qisqaradi, xatolar miqdori va ularning bahosi kamayadi. Masalan, «Boing» firmasi uzoq yillar davomida qoʼllanib kelingan joyni rejalashtirishni ishlab chiqish, yoʼlovchilar oʼrindiqlarining joylashuvi, samolyot salonining natural modellarini yaratishdan bosh tortdi, ularni kompyuter modellariga almashdi. Bu millionlab dollarlarning tejalishi va samolyotlarning yangi modellarini ishlab chiqish muddatlarini qisqartirdi. Modelni qurib boʼlgandan soʼng unga mos algoritmni yaratish bosqichiga oʼtiladi. Download 217.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling