Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


Mustaqil ishlash uchun misollar


Download 1.93 Mb.
bet129/178
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1507760
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178
Bog'liq
Algoritmlar

Mustaqil ishlash uchun misollar


1.

;

7.

;

13.

;

2.

;

8

;

14.

;

3.

;

9

;

15.

;

4.

;

10

;

16.



5.



11



17.

, ;

6.

;

12



18.

.

18-AMALIY MASHG’ULOT


MAVZU: Turbo Paskal tilida belgili va satriy ma’lumotlar bilan ishlash

Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Turbo Paskal tilida belgili va satriy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalarini, massivlarni e’lon qilish, ularning turlari, yozilishi va ishlashini, ularni qo`llab dasturlar tuzishni o`rganish.

Amaliy mashg’ulot natijasi : Turbo Paskal tilida belgili va satriy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalarini, e’lon qilish, ularning turlari, yozilishi va ishlashini, ularni qo`llab dasturlar tuzishni o`rganish. Belgili va satriy ma’lumotlardan foydalanib, hisoblash jarayonlarini dasturlash va ulardan amaliy masalalarga dastur tuzishda foydalanish malakasiga ega bo’lish.


Amaliy ish rejasi rejasi:

  • Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish.

  • Mos variantidagi topshiriqni bajarish.

Nazariy ma’lumotlar: satr, umuman olganda, char turidagi elementlar soni (uzunligi) 0 dan 255 gacha bo‘lgan massivdir. Satrlarni String maxsus so‘zi orqali tavsiflanadi va satr uchun xotiradan uzunligiga nisbatan bir bayt ortiqcha (satr uzunligini saqlash uchun) joy ajratiladi. Paskalning Sistem moduliga belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash uchun ko‘pgina funksiya va protseduralar kiritilgan. Quyida biz ularning ba’zilari bilan tanishtiramiz.



Yozilishi

Vazifasi

Standart funksiyalar

CONCAT(S1,S2,…,SN)

S1,S2,…,SN satrli (belgili) turdagi o‘zgaruvchilar (o‘zgarmaslar) ni bir biriga ketma-ket ulaydi

LENGTH(S)

S satrning uzunligini (belgilari sonini) aniqlaydi.

POS(B,S)

Ssatr ichidan Bbelgini (satrni) izlaydi

COPY(S,N1,N2)

S satrning N1-belgisidan boshlab N2 ta belgining nusxasini oladi

Standart protseduralar

DELETE(S,N1,N2)

S satrning N1-belgisidan boshlab N2 ta belgisini olib tashlaydi

INSERT(S1,S,N)

S satrga N-o‘rindan boshlab S1 satrni joylashtiradi

STR(A,S)

S satrli o‘zgaruvchining qiymati A sonning satr ko‘rinishidagi ifodasiga teng bo‘ladi

VAL(S,A,C)

A sonli o‘zgaruvchining qiymati S satrli o‘zgaruvchining son ko‘rinishidagi ifodasiga, c esa nolga teng bo‘ladi (agar berilgan satrni son ko‘rinishida ifodalab bo‘lmasa, A ning qiymati nolga teng bo‘ladi, C ning qiymati esa noldan farqli bo‘ladi)

Shuni ta’kidlash joizki, dasturda ishlatilgan funksiyalarning qiymati biror o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi, protseduralar ishlatilganda esa o‘zlashtirish operatorisiz yoziladi. Endi sodda misollarni ko‘rib chiqamiz:



  1. a:=‘Sog`lom tanda ‘, b:=‘sog` aql.‘ bo‘lsa, c:=Concat(a,b); operatori bajarilganda c ning qiymati ‘Sog`lom tanda sog` aql.‘ ga teng. Lekin c:=Concat(a,b);o‘rniga c:=a+b; deb yozish mumkinligini avval ko‘rilgan edi.

  2. a:=‘informatika‘ bo‘lsa, n:=Length(a);operatori bajarilganda n ning qiymati 11 ga teng bo‘ladi, bu vazifani n:=Ord(a[0]) ham bajaradi.

  3. a:=Pos(‘m‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘ma‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda hama ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘sn‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 0 ga,a:=Pos(‘v‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda esa, a ning qiymati 0 ga teng bo‘ladi teng bo‘ladi.

  4. a:=Copy(‘informatika‘,3,5); operatori bajarilsa, a ning qiymati ‘forma‘ so‘ziga teng bo‘ladi.

  5. a:=‘bajarilmadi‘bo‘lsa, Delete(a,8,2); protsedurasi bajarilgach natija a:=‘bajarildi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: ( a:=‘bajarilmadi‘ → Delete(a,8,2); → ‘bajarilmadi‘ → a:=‘bajarildi‘ )

  6. a:=‘bajarildi‘, b:=‘ma‘bo‘lsa, Insert(b,a,8);protsedurasi bajarilgach natija a:=‘bajarilmadi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:

  7. (a:=‘bajarildi‘, b:=‘ma‘ → Insert(b,a,8); → ‘bajaril‘+‘ma‘+‘di‘ → a:=‘bajarilmadi‘)

  8. a:=765 bo‘lsa, Str(a,s); protsedurasi bajarilgach, s:=‘765‘ bo‘ladi.

  9. s:=‘123‘ bo‘lsa, Val (s,a,c);bajarilgach, a:=123 va c:=0 bo‘ladi; s:=‘34BMA5‘ bo‘lsa, Val(s,a,c); bajarilgach, a:= 0 va c ≠ 0 bo‘ladi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. O`.T.Haitmatov va b.Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. TKTI. 2005 y.

  2. O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo’llanma. T. TKTI. 2005 yHolmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y. 27-32 b.

  3. В.А. Острейковский Лабораторный практикум по информатике: Учебное пособие для вузов. — М.: Высш. шк., 2003.

  4. Культин Н.Б.Программированиев Турбо Паскаль и Дельфи. СПб.:БХВ-Стнкт-Петербург,1999А.В. Петров и др. Вычислительная техника и программирование. Учебник для технических вузов.М.:Высш. шк.,1990.




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling