Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua
Amaliy mashg’ulotning maqsadi
Download 1.93 Mb.
|
Algoritmlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg’ulot natijasi
- Nazariy ma’lumotlar.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Sikl operatorlari haqida qisqacha nazariy ko`nikmalar hosil qilish. Sikl operatori, uning turlari, yozilishi va ishlashini o`rganish, sikl operatorlarini qo`llab takrotlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlashni o`rganish. Paskal dasturlash tilida arifmetik va mantiqiy ifodalar, ularning yozilishi, amallarning bajarilish tartibi va qiymatlarini tahlil qilishni o`rganish.
Amaliy mashg’ulot natijasi : Sikl operatori, uning turlari, yozilishi va ishlashini o`rganish, tsikl operatorlarini qo`llab murakkab takrotlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash va ulardan amaliy masalalarga dastur tuzishda foydalanish malakasiga ega bo’lish. Amaliy ish rejasi rejasi: Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish Mos variantidagi topshiriqni bajarish Nazariy ma’lumotlar.Ba’zan ayrim masalalarda takrorlanish jarayonlari bir nechta bo`lishi mumkin. Agar takrorlanish jarayonlarining tanasi takrorlanish strukturasidan tashkil topgan bo`lsa, u holda bunday takrorlanish ichma – ich joylashgan yoki murakkab deb ataladi, ya’ni bitta takrorlanish ichiga bir yoki bir necha boshqa takrorlanishlar kirsa murakkab tarkibli takrorlanishli dasturlar hosil bo`ladi. Boshqa takrorlanish jarayonlarini ichida joylashgan takrorlanish ichki takrorlanish deb ataladi. Takrorlanish jarayonlarini ichida joylashgan takrorlanish ichki takrorlanish deb ataladi. 1-misol. z = sinx+cos y funktsiyaning qiymatini x va y o`zgaruvchilarining x[a, b] va y[c, d] da hisoblash dasturini tuzing. Yechish. Program Func; Var i, j, nx, ny: integer; x, a, hx, b, y, c, d, hy: real; Begin read(a, b, hx, c, d, hy); writeln(‘a=’, a, ‘b=’, b, ‘hx=’, hx); writeln(‘c=’, c, ‘d=’, d, ‘hy=’, hy); nx:= trunc((b - a)/hx)+1; ny:= trunc((d - c)/hy)+1; x:= a; for i:= 1 to nx do begin (* tashqi takrorlanishning boshlanishi *) y:= c; for j:= 1 to ny do begin (* ichki takrorlanishning boshlanishi *) z:= sin(x) + cos(x); writeln(‘x=’, x, ‘y=’, y, ‘z=’, z); y:= y + hy; end; (* ichki takrorlanishning tugashi *) x:= x + hx; end ;(* tashqi takrorlanishning tugashi *) End. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: O`.T.Haitmatov va b.Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. TKTI. 2005 y. O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo’llanma. T. TKTI. 2005 yHolmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y. 27-32 b. В.А. Острейковский Лабораторный практикум по информатике: Учебное пособие для вузов. — М.: Высш. шк., 2003. Культин Н.Б.Программированиев Турбо Паскаль и Дельфи. СПб.:БХВ-Стнкт-Петербург,1999А.В. Петров и др. Вычислительная техника и программирование. Учебник для технических вузов.М.:Высш. шк.,1990. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling