Algoritmlar va maʼlumotlar strukturalari


Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi


Download 0.5 Mb.
bet5/6
Sana08.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1695514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza Maʼlumotlar strukturalari ustida bajariladigan amallar

Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Stek – Stack inglizchadan uyum, gʻaram, dasta, bogʻlam degan ma’noni anglatadi.
Stek - bu LIFO (last in – first out; oxirgi kelgan – birinchi ketadi) prinsipi boʻyicha ishlaydigan ma’lumotlar strukturasi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Dasturlash tillarida "maʼlumotlar tuzilmalari" tushunchasi "maʼlumotlar turlari" tushunchasi bilan chambarchas bogʼliq. Har qanday maʼlumotlar oʼz turlari bilan xarakterlanadi. Har bir tur boʼyicha axborotlar quyidagilarni bir qiymatli aniqlaydi:
  • koʼrsatilgan turdagi maʼlumotlarni saqlash strukturasini, yaʼni birinchidan, xotirani joy ajratish va undagi maʼlumotlarni tasvirlash, ikkinchidan, ikkilik tasvirini interpretiratsiyalashni;
  • tavsiflangan turdagi obʼekt qabul qilishi mumkin boʼlgan qiymatlar toʼplamini;
  • tasvirlangan turdagi obʼektga tegishli amallar toʼplamini.

Maʼlumotlar strukturalari ustida amallar
Har qanday maʼlumotlar tuzilmalarida toʼrtta umumiy operatsiya bajarilishi mumkin: yaratish, oʼchirish, tanlash (murojaat), yangilash.
Yaratish operatsiyasi maʼlumotlar strukturasi uchun xotiradan joy ajratishdir. Xotira dastur ishlashi vaqtida (dinamik ajratish) yoki kompilyatsiya vaqtida (statik ajratish) ajratilishi mumkin. Bir qancha tillarda (masalan, C tilida) strukturalangan maʼlumotlar uchun yaratish operatsiyasi yaratilayotgan struktura parametrlarining boshlangʼich qiymatlarini berishni ham oʼz ichiga oladi.
Maʼlumotlar strukturalari ustida amallar
Dasturda eʼlon qilingan maʼlumotlar tuzilmalari uchun xotira kompilyatsiya bosqichida yoki tegishli oʼzgaruvchilar eʼlon qilingan protsedurali blok faollashtirilganda dasturlash tizimlari yordamida avtomatik ravishda ajratiladi. Tizimda mavjud boʼlgan xotirani ajratish/boʼshatish protseduralari yordamida maʼlumotlar tuzilmalari uchun xotirani ajratish mumkin. Obʼektga yoʼnaltirilgan dasturlash tillarida yangi obʼekt ishlab chiqilganda, uning uchun konstruktorlar va destruktorlar bilan ifodalangan yaratish va oʼchirish protseduralari aniqlanishi kerak boʼladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling