Algoritmlar va maʼlumotlar strukturalari


Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi


Download 0.5 Mb.
bet4/6
Sana08.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1695514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza Maʼlumotlar strukturalari ustida bajariladigan amallar

Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Maʼlumotlar strukturalari integratsiyalashgan deb, tarkibiy qismlari boshqa maʼlumotlar strukturalari - sodda yoki oʼz navbatida integratsiyalashgan strukturalardan tashkil topgan strukturalarga aytiladi. Integratsiyalashgan maʼlumotlar strukturalari dasturlash tillar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarni integratsiyalash vositalaridan foydalangan holda hosil qilinadi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Maʼlumotlar elementlari oʼrtasida aniq belgilangan bogʼlanishlarning yoʼqligi yoki mavjudligiga qarab, bogʼlanmagan strukturalari (vektorlar, massivlar, satrlar, steklar, navbatlar) va bogʼlangan strukturalari (bogʼlangan roʼyxatlar) farqlanadi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Maʼlumotlar strukturasining muhim xususiyati uning oʼzgaruvchanligi - elementlar sonining oʼzgarishi va (yoki) strukturaning elementlari oʼrtasidagi bogʼlanishlarning oʼzgarishi hisoblanadi. Strukturaning oʼzgaruvchanligi taʼrifi maʼlumotlar elementlarining qiymatlari oʼzgarishini aks ettirmaydi, chunki bu holda barcha maʼlumotlar strukturalari oʼzgaruvchanlik xususiyatiga ega boʼladi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Oʼzgaruvchanlik asosida strukturalar statik, yarim statik, dinamik strukturalarga boʼlinadi. Oʼzgaruvchanlik asosida maʼlumotlar strukturalarining klassifikatsiyasi 1-rasmda koʼrsatilgan. Statik, yarim statik va dinamik maʼlumotlar strukturalar operativ xotiraga xos va koʼpincha operativ strukturalar deb ataladi . Fayl strukturalari tashqi xotira uchun maʼlumotlar strukturalariga mos keladi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Maʼlumotlar strukturasining muhim xususiyati - elementlarning tartiblanganligi xususiyati. Shu belgi asosda strukturalarni chiziqli va chiziqli boʼlmaganlarga ajratish mumkin. Xotirada elementlarning oʼzaro joylashishiga qarab chiziqli tuzilmalar xotirada elementlarning ketma- ket taqsimlangan tuzilmalariga (vektorlar, satrlar, massivlar, steklar, navbatlar) va xotirada elementlarning ixtiyoriy tarzda bogʼlangan taqsimlanishiga ega boʼlgan tuzilmalarga boʼlinadi (bir yoqli, ikki yoqli bogʼlangan roʼyxatlar). Chiziqli boʼlmagan tuzilmalarga bogʼlangan roʼyxatlar, daraxtlar, graflar misol boʼladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling