Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi: - Diskretlilik – hal qilinayotgan jarayonni qadamma-qadam ko’rinish tasvirlanishi.
- Ommaviylik – o’xshash masalalarga qo’llash mumkinligi.
- Tushunarlilik –berilgan ko’rsatmalar ijrochiga tushunarli bo’lishi va uning talablariga to’liq javob berishi kerak.
- Aniqlilik – aniq sondagi amallarni bajarish nazarda tutilib, ijrochiga joriy qadam tugatilishi bilan keyin bajariladigan qadam aniq ko’rsatilishi kerak.
- Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham bari-bir natijaga olib kelishi kerak.
- Masalaning qo’yilishi
- Modelni qurish
- Algoritmni ishlab chiqish
- Algoritm to’g’riligini tekshirish
- Kodlashtirish
- Dasturni tekshirish
- Hujjatlashtirish
Masalaning qo’yilishi - Masalani yechish Vazifasini to'g'ri shakllantirish.
Quyida masalaning qo’yilishi javob berishi kerak bo’lgan savollar berilgan: - • Atamalar matnda aniq ishlatilganmi?
- • Nimalar berilgan? Nimani topish (aniqlash) kerak?
- • Yechim qanday aniqlanadi?
- • Qaysi ma'lumotlar yetarli emas yoki aksincha, berilgan masalada ko'rsatilgan barcha vazifalar va ma'lumotlar bormi?
Muayyan masalalarga bog'liq bo'lgan boshqa savollar ham bo'lishi mumkin. Masala - Ikkita butun musbat a va b sonlar berilgan. Ularning eng katta umumiy bo’luvchisini topish kerak.
- Ya’ni, eng katta butun musbat son topish kerakki, unga a va b ni bo’lganda butun son chiqsin.
Modelni qurish - Topshiriq aniq belgilangan, endi matematik modelni qurish kerak. Modelni tanlash va qaror qabul qilish jarayoni qolgan bosqichlarga sezilarli darajada ta'sir qiladi.
- Modelni ishlab chiqishda ikkita savolga javob berish kerak:
- Qo’yilgan masala uchun qanday matematik strukturadan foydalanamiz?
- Shu kabi masalalarning yechimi mavjudmi?
- Ikkita sonning Eng katta umumiy bo’luvchisi deb EKUB shu sonlar bo’linadigan eng katta butun songa aytiladi:
- Masalan 12 va 16
- 12 {1,2,3,4,6,12}
- 16 {1,2,4,8, 16}
- 12 va 16 sonlari bo’linadigan eng katta son bu 4 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |