Algoritmlash asoslari


Download 1.32 Mb.
bet2/16
Sana12.06.2020
Hajmi1.32 Mb.
#117719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Algoritmlash asoslari

Robust (Kuchli)

Robust – kuchli degan ma'noni bildiradi. Java kuchli xotira boshqaruvidan foydalanadi.








@tuit_online kanali sizlar uchun maxsus...



3-dars - Javada oddiy dastur.
Eng birinchi oddiy dasturimizni yaratish uchun talab qilinadigan dasturlar
• JDK o'rnatiladi agar bo'lmasa, ( 
JDK ni yuklab oling va uni o'rnating) download the JDK and install it.
• dasturlash muhiti 
eclipse yoki netbeans
• java dasturi yaratiladi 
• dasturni compile (kompayl) qilinadi 


class Simple{

public static void main(String args[]){

System.out.println("Hello Java");

}

}

Ekranda: Hello Java
class javada kalit so'z Simple klass nomi
public – murojaat huquqi
java dasturlash tilida 4 ta murojaat huquqi bor 
1. public – biz yaratgan loyihamizda xohlagan paketdan murojaat qilishimiz mumkin 
2. protected – faqat yaratgan paketimizdan murojaat huquqi 
3. private – faqat klass ichida murojaat huquqi 
4. default – boshlang'ich huquq


static - bu yaratgan funksiyamiz umumiyligini bildiradi;
void - bu funksiya qiymat qaytarmasligini bildiradi.
Dasturlashda funksiyalar ikki xil bo'ladi:


  • qiymat qaytaradigan;

  • qiymat qaytarmaydigan void funksiyalar.

main – dastur ishlashi bilan main funksiyasiga murojaat qiladi.

Foydalanish mumkin bo'lgan main funksiya ko'rinishlari:
1. 
public static void main(String[] args)
2. 
public static void main(String []args)
3. 
public static void main(String args[])
4. 
public static void main(String… args)
5. 
static public void main(String[] args)
6. 
public static final void main(String[] args)
7. 
final public static void main(String[] args)
8. 
final strictfp public static void main(String[] args)

Foydalanish mumkin bo'lmagan main funksiya ko'rinishlari:
1. 
public void main(String[] args)
2. 
static void main(String[] args)
3. 
public void static main(String[] args)
4. 
abstract public static void main(String[] args)

Compile (kompayl) vaqtida java fayl baytkodga o'giriladi

Dastur bajarilish vaqtida sodir bo'ladigan jarayonlar

Runtime vaqtida nima sodir bo'ladi?

runtime vaqtida quyidagi qadamlar sodir bo'ladi



  • Classloader : JVM (Java virtual mashinasi) ning quyi tizimi hisoblanadi va class fayllarni yuklash uchun ishlatiladi;

  • Bytecode Verifier: ob’yektga murojaat qilishdagi qonunlarni buzilmaganini kod qismlari uchun tekshiradi;

  • Interpreter: baytkodni o'qib ko'rsatmalarni amalga oshiradi.

@tuit_online kanali sizlar uchun maxsus...
4-dars - JDK, JRE va JVM farqlari.
JVM (Java Virtual mashinasi)

JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida baytkodga o'giriladi va JVM yordamida mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.
JVM ni ko'pgina qurilmalar va dasturiy ta'minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsion tizim) uchun JVM JRE va JDK lar konfugratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog'liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM ning amalga oshiradigan asosiy vazifalari


• Loads code(kod yuklanishi)

• Verifies code(kod tekshirilishi)

• Executes code(kod bajarilishi)

• Provides runtime environment(dasturni bajarilish muhitini ta'minlash)

JRE (Java bajarilish muhiti)

JRE – Java Runtime Environment

JRE – bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarlidir.




Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling