JDK – Java Development Kit (Java dasturlash uskunasi)
JDK = JRE + dasturlashga oid qo`shimcha uskunalar. Bu esa dasturchilarga kerak. Formuladan ko`rinib turibdiki, JDK ning hajmi JRE'dan katta bo`ladi. U bir marta ko`chirib o`rnatiladi xolos.
5-dars. Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari
O’zgaruvchi – xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.
Oddiy qilib tushuntiradigan bo’lsak, o’zgaruvchi – ma’lum bir turdagi ma’lumotni o’zida saqlovchi va o’lchami chegaralangan idish. Tushunarliroq bo’lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savatga suv sola olmaymiz o’zgaruvchilar ham shunday bir turdagi o’zgaruvchi uchun ajratilgan joyga boshqa turdagi o’zgaruvchini saqlay olmaymiz.
4 litrlik idishga 5 litr suv quya olmaymiz, chunki idishga 4 litr suv sig’adi. O’z o’zidan kelib chiqadiki 5 litrlik suvni saqlash uchun kattaroq idish tanlashimiz kerak. O’zgaruvchilar ham shunday ma’lumotning o’lchami xotiradan ajratilgan joydan oshib ketsa dastur xatolik yuz beradi.
5 baytlik butun sonni ma’lumot turi int bo’lgan o’zgaruvchiga saqlay olmaymiz, chunki int = 4bayt. Bu turdagi ma’lumotni saqlash uchun long dan foydalanamiz.
Types of Variable – o’zgaruvchi turlari
Javada 3 ta o’zgaruvchilar turi mavjud:
local variable
instance variable
static variable
local variable – funksiya ichida e’lon qilinadi va bu o’zgaruvchilar lokal (mahalliy) o’zgaruvchilar deyiladi.
instance variable – class ichida e’lon qilinadi
static variable – static deb e’lon qilingan o’zgaruvchi static o’zgaruvchi deyiladi. Bu local(mahalliy) bo’lishi mumkin emas.
Misol uchun:
class A {
int data=50; //instance variable
static int m=100; //static variable
void method() {
int n=90; //local variable
}
} //endof
Javada ma’lumot turlari (data types)
Javada ma’lumot turlari 2 ta:
Sodda (primitive )
Sodda bo’lmagan (non primitive)
ularning oraliq qiymatlari
Quyidagi misolda ham o’zingiz ko’rishingiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |