Alifbe bayrami senariysi zal bayramona bazatilgan (kuy yangraydi) 1 – boshlavchi


Download 66.5 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1215664
  1   2   3   4
Bog'liq
ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI


ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI

Zal bayramona bazatilgan


(kuy yangraydi)


1 – boshlavchi: So’zimiz boshi salom
Ish boshidir intizom
Mehmonlarga chin dildan
Deymiz salom assalom.


2 – boshlavchi: Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo’llaydi
Sizlarga bolajonlar.


1 – boshlavchi: Bilimlar mamlakatida
Bugun katta tantana
Bilimini namoyish
Qiladi har bir bola


2– boshlavchi: Ustozlarning o’gitin
Dilimizga joylaylik
Dilda xayajon bilan
Bayramimiz boshladik.
1 – boshlavchi: Ijozatingiz bilan, bugungi “Bilimlar mamlakatida yangi yil” nomli bayram dasturimizni ochib berish uchun so’zni Bilimlar mamlakatimizdagi 25-IDUM direktori Fotima Ahmadjonovna Karimovaga bersak, marhamat ustoz!
2 – boshlavchi: Rahmat ustoz! Azizlar, keeling endi davramizga bugungi tantanamiz sababchilari bo’lmish, bizning davomchilarimizni taklif qilsak! Marhamat!
Sahnada chiroyli kiyingan o’quvchilar chiqib kelishadi. O’quvchilar chiqib kelayotgan joyda “Bilimlar mamlakati” deb yozib qoyilgan bo’ladi.


1 – boshlavchi: - Salom bolalar!


Bolalar: - Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz mehmonlar!


1 – boshlavchi: (bolalarga qarata)
Mustaqil yurtimizning
Kelajagi bolalar
Ona Vatan bag’rida
Baxtin topgan bolalar.


2 – boshlavchi: Bu bolalar 4 oy muqaddam maktabda birinchi martda qadam bosib kelgan edilar. Bugun bilimlar mamlakatida sayr qilib yurishibdi.
1 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” da bemalol yurish uchun harf tanimoq, o’qish – yozishni bilish zarur. Qani, ko’raylikchi bolalar harflarni tanisharmikan?
Ali: - Alifboni o’rgangan
Bolalar jim turmaydi
Harflar tilga kirib
Odamlarday so’zlaydi
Madina, Navro’zbek she’r aytishadi.


Harflar haqida she’rlar aytiladi.




Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling