Alifbe bayrami senariysi zal bayramona bazatilgan (kuy yangraydi) 1 – boshlavchi


Download 66.5 Kb.
bet4/4
Sana20.02.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1215664
1   2   3   4
Bog'liq
ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI

2 – boshlavchi: Bu bolalar “Bilimlar mamlakati”dagi 25-IDUMda bilim olganlari uchun ham shunday bilimdon bo’libdilar, menimcha.
1 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” shu qadar mo’jizalarga boy, u yerdagi barcha ustozlar bolalarga mehribon va bilimga kon – ki, u yerga kirgan kishi, sira chiqib ketishni istamaydi.
2 – boshlavchi: Qarang ana bu yerda yana bir qancha qizaloqlar raqsga navbat kutib turishibdi. Keling endi navbatni ularga beraylik.
1 – boshlavchi: Albatta, marhamat.
Qizlar ijrosida qorqiz raqsi.
Qorbobo: -Barakalla bolajonlar! Sizlar ijro etgan qo’shiq va raqslarni ko’rib qalbim quvnadi. Men ham yoshligimni esladim. Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan mehnat qilayotgan aziz ustozingiz Aziza opani ham chin dildan tabriklaymiz.
2 – boshlavchi: - Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning mehnatlari natijasidir.
1 – boshlavchi: Kelinglar hozir davramizga Aziza opani ham taklif qilsak, marhamat ustoz!
O’qituvchi: - Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar, Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.
Shirin - shakar bolajonlar,
Bog’imdagi gul rayxonlar,
Doim bo’ling siz shodonlar,
Savodxonlik muborak.

Qo’lingizda bo’lsin kitob,


Chehrangiz go’yo oftob,
Qiling doim ezgu, savob
Savodxonlik muborak!

Bo’ling doim sog’ – salomat,


Dangasalik qilmang faqat,
Mashaqqatga qiling toqat,
Savodxonlik muborak!
Sizlarni bugungi savodxonlik bayrami bilan tabriklab, barchangizga maktabimiz direktori Fotima Ahmadjonovna Karimova bilan birgalikda “Savodxonlik guvohnomalari”ni topshirmoqchimiz. Marhamat, ustoz!
O’qituvchi: - Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirindan shakar bolajonlar! Shu bilan bugungi “Bilimlar mamlakatida yangi yil” nomli bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Qadrli ustozlar, aziz mehmonlar. Barchangizga kirib kelayotgan yangi 2023-yil muborak bo’lsin. Yangi yil barchangizga yangi baxt, yangi quvonch olib kelsin. Qalbingizning tubida yashirinib yotgan orzu-istaklaringiz yangi yilda amalga oshsin. Sog’ – salomat bo’ling.
“Yangi yil” qo’shig’i qo’yib beriladi, Qorbobo sovg’alarini tarqatadi.
Bolalar bilan birga raqsga tushishadi.
Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling