Alifbegacha bo'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish «Yozuv daftari»
Download 40.98 Kb.
|
Alifbegacha bo\'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish
Alifbegacha bo'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish «Yozuv daftari»dan foydalanish uchun metodik tavsiya Kichik yoshdagi o’quvchilarni chiroyli yozuvga o’rgatish uchun ularni maktabga kelgan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishga o’rgatish zarur: 1. Yozuv vaqtida partada to’g’ri o’tirish. 2. Yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish. 3. Daftardan to’g’ri foydalanish. 4. Yozma shakldagi harf va uning unsurlari bilan tanishtirish. 5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo’g’in, so’z va gaplar yozish. Husnixat malakalarini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to’g’ri tasavvur qilishga, bir xil qiyalik (65°)da yozishga, harf unsurlarini bir-biriga to’g’ri bog’lab yozishga, so’zlarda harflarni to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qatorlarga to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi. Harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish lozim. Bu sinfda umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko’rgazmalilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko’rgazmalilik chiroyli yozuv malakasini singdirishda katta ahamiyatga ega. Maktabga qadam qo’ygan har bir o’quvchi u yoki bu harfning shaklini tushunib, yozilishini, ularning bir-biriga bog’lanishini, kichik va bosh harflarning bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, ruchkani ushlash va to’g’ri o’tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Bu davrda olingan bilim va malakalar o’quvchilar uchun doimiy qoida bo’lib qolishi kerak. Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishda eng birinchi qoida bu gigiyenik talablardir. O’quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etishini ko’ramiz. Bu bog’lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hol o’quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini xotiraga muhrlash imkonini beradi. Masalan, o’quvchilarning o’qituvchi bayon qilayotgan harflar shaklini qanday yozayotganliklarini tahlil qilib ko’raylik. Bu jarayonni uning asosiy xarakteriga ko’ra, idrok etish jarayoni deb atash mumkin. Biroq bu idrokning aniq va ravshan bo’lishi uchun o’quvchi o’z irodasini ishga soladi, diqqatini harflarning shaklini to’g’ri ifodalashga jalb qiladi. Yozayotgan so’z yoki gapning mazmunini tushunmasdan, harflarning shaklini bilmasdan ularni idrok etib bo’lmaydi. Yozish jarayoni ko’rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi. Idrok etilishi lozim bo’lgan materialni tartibga solish, o’rganiladigan manba yoki uning tasvirini yaqqol ko’rsatish, bayonning ravshan va izchil bo’lishi, sinf doskasiga hamma o’quvchi ko’ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlaydigan omillardandir. Bola maktabga qadam qo’ymasdan oldin (3-4 yoshdan boshlab) qo’liga qalam olib turli shakllarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to’g’ri kelmasa-da, ulardagi ayrim malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarning barmoq mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ularga surunkali yozdirib, mashq qildirish yozuvning sifatiga salbiy ta'sir etadi. Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo’r) orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishga qarab qo'1 harakatlari shunga moslashtiriladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish uchun birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi: 1. Yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish. 2. Parta ustida daftarni to’g’ri qo’yish. 3. Yozayotganda gavdani to’g’ri tutish va tirsaklarni to’g’ri harakat qildirish. 4. O’z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o’rgatish. 5. Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga o’rgatish. 6. Harflarning shaklini to’g’ri idrok etishga (qayerdan boshlash, qayerda to’xtatish, o’ngga, chapga burilish, boshlash va h.k.) o’rgatish. 7. Harflarni bir-biriga bog’lab yozishga o’rgatish (qayerda qo'1 harakati uziladi, qayerda uzilmay, bog’lab yoziladi). 8. Harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tekis yozishga o’rgatish. 9. Daftar chizig’idagi qatorlarni to’g’ri to’ldirish, sarlavha, oy va kunlarni to’g’ri yozish. 10. Harflarning qiyaligini to’g’ri saqlash. Demak, birinchi sinf o’quvchilarini chiroyli yozuvga o’rgatishdan oldin quyidagi malakalarni berish lozim: 1. Yozuv texnikasi, ya'ni yozuvning turli usul va priyomlaridan foydalanish. 2. Harflarning shaklini to’g’ri ifodalash, ya'ni grafik malakalarini egallash. 3. Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir qatorda ularning qanday tovush bildirishini ham bilish, ya'ni imloga oid malakalarini egallash. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan har bir malaka o’z oldiga ma'lum bir qoidani maqsad qilib qo’yadi. Masalan, yozuv texnikasi - yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish, yozayotganda partada to’g’ri o’tirish, qo’lni to’g’ri tutish, umuman, gigiyenik qoidalarga amal qilishni talab qiladi. Grafik malakalar esa harflarning shaklini to’g’ri ifodalashni, ularning orasidagi masofaning bir xil bo’lishini, qiyalikni to’g’ri saqlashni talab etadi. Imloga oid malakalarda esa qaysi harf qanday tovush bildirishini va ularning o’z o’rnida turishini talab etadi. Yozuv malakalari 6-7 yoshli bolalar uchun o’qituvchi tomonidan bevosita kuzatib borishni talab etadigan qiyin jarayondir. Xuddi shu davrda o’quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlar kelgusi uchun muhim ahamiyatga egadir. O’quvchi o’zining dastlabki yozgan harf va unsurlaridan ruhlanadi, o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi va qiyinroq harflarni yozishdan cho’chimaydi. Shuning uchun ham o’quvchilarda dastlabki yozuv malakalarini hosil qilishda ularning irodasini rnustahkamlashga e'tibor berish lozim. Bunda o’qituvchining bolalar bemalol bajara oladigan topshiriqlar tanlashi katta rol o’ynaydi. Bu davrda bolalardagi psixologik xususiyatlarni ham tarbiyalash hamda ularning fiziologik o’sishlarini hisobga olish boshlang’ich sinf o’qituvchisining muhim vazifasidir.
Download 40.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling