2. Namunaga qarab ko’chirib yozish
Bu juda qadimiy usul bo’lib, hozirgi kunda ham u o’z qimmatini yo’qotgani yo’q. o’quvchilar, asosan, harflarning shaklini «Husnixat» kitobidagi yoki «Yozuv daftari»dagi namunaga qarab ko’chirib yozadilar.
Namunaga qarab ko’chirib yozish tayyor harflarning ustidan yozishga nisbatan ancha murakkab bo’lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo’llashni o’qituvchi yaxshi bilishi kerak.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo’lni yurgizib mashq qilish ixtiyorsiz jarayon bo’lib, o’quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar. Masalan, O bosh harfi quyidagicha mashq qildiriladi:
O’quvchilarning daftarlarida o’qituvchi tomonidan yozib ko’rsatilgan har bir namuna chiroyli va aniq yozilishi lozim.
«Husnixat» darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o’qituvchining vaqtini tejaydi hamda unumli ishlash uchun imkoniyat yaratib beradi. Buning uchun har bir o’quvchining oldida darslik bo’lishi lozim.
3. Nusxa ko’chirish
Bu usulni harf shaklini to’g’ri tasavvur eta olmaydigan, yozishda daftar chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o’quvchilar uchun qo’llash mumkin.
Masalan, bir o’quvchi B harfini yozishda xatoga yo'l qo’yayotgan bo’lsa, o’qituvchi ularni nuqtalar bilan ifodalab, daftarga qalamda yozib ko’rsatadi, o’quvchi esa uning ustidan siyoh yurgizib chiqadi. Bu usul o’quvchining shu harf haqidagi tasavvurini kengroq shakllantiradi.
Ayrim hollarda nuqtalar ifodalangan harflar orasini kengroq tashlab, ular orasida mustaqil mashqlarni ham tashkil etish mumkin. Shundagina o’quvchi shu harfning yozilishi haqida to’liq tasavvurga ega bo’ladi.
Ayrim o’qituvchilar chiroyli yozuvga o’rgatishning dastlabki davrlarida o’quvchilarni harf va uning unsurlari haqida turli tasavvurga ega qilish uchun yupqa xitoy qog’oz (kalka)dan ham foydalanadilar.
Bunday mashqlar faqat qo'l harakatini o’stirish uchun yordam beradi, xolos. Uzoq muddat bunday usulda yozgan bolalar harflarning shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladilar. Shuning uchun nusxa ko’chirish usulidan faqat yakka-yakka mashq qilishda foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |