Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети педагогика факультетининг Бошланғич таълим ва спорт бўлимининг сиртқи бўлим курс талабаси Очилова Дилфуза синф «Ўқиш китоби»да А
Download 125.31 Kb.
|
3-sinf o\'qish darslarida
- Bu sahifa navigatsiya:
- TRMIZ-2022 REJA Kirish I.BOB. O’qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish 1.1.Boshlangich sinflarda oqish darslarini tashkil qilish
- 2.2.Togri oqish va oqitish katta sanat Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
- Kurs ishni yozishda asoslangan materiallar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTITUTI Pedagogika - psixologiya va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi 301-guruh talabasi Choriyeva Azizaing ONA TILI O’QITISH METODIKASI fanidan KURS ISHI Mavzu:3-sinf “O’qish kitobi” darsligida “Mustaqil o’qish uchun” berilgan asarlarning o’ziga xosligi va o’quvchilarning badiiy tafakkurini kengaytirishdagi ahamiyati TRMIZ-2022 REJA Kirish I.BOB. O’qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish 1.1.Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarini tashkil qilish 1.2.O'qishning o'ziga xos turlari II.BOB. O'qish darslarida she'rlarni o'rgatish 2.1.She'r va uni o'qitishning usullari 2.2.To'g'ri o'qish va o'qitish katta san'at Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo'ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o'rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o'qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya'ni ular badiiy asarlardan parchalar o'qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o'rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o'qish o'rganishga muvaffaq bo'ladilar. Ulg'ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi bo'lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog'lom, iymon-e'tiqodi butun, bitimi ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta'lim to'g'risida» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko'ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir bo'ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg'ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e'tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo'lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar uyg'otishi, yorqin obrazlar va yuksak g'oyalarga boy bo'lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilxomlantirishi zarur. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov alohida uqtirganidek, «Xalq-bamisoli ulug' sharafli yo'ldan ilgarilab borayotgan karvon. Uni yo'ldan chalg'itishga urunuvchilar, payt poylab orqasidan hamda qiluvchilar hamisha bo'lgan, bundan keyin ham bo'lishi mumkin. Karvon bexatar bo'lmas, degangap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hyech qanday kuch ortga qaytarolmaydi»1. Xudi shu g'oya maqsad va tushuncha «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta'lim to'g'risida» qonunda o'z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o'qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g'urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma'rifat va ma'naviyat yulduzlarining asarlarini o'rgatish va shu e'tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir. Biz, o'zimizning mazkur bitiruv malakaviy ishimizda yuqoridagi buyuk ma'suliyatini chuqur anglagan holda boshlang'ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O'qish kitobi» ga kiritilgan Safar Barnoyev, Miraziz A'zam Tursunboy Adashboyevlar ijodi namunalaridan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik. Kurs ishni yozishda asoslangan materiallar Mazkur ishni yozilishda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, xususan, «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida», «O'zbekiston buyuk kelajak sari», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Barkamol avlod orzusi», «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch», «Ta'lim to'g'risida» Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» singari zaruriy adabiyotlardan foydalandik. Shuningdek, Q. Abdullayeva, K. Qosimova, S. Dolimov, A.Zunnunov, T.Jo'rayev, E.Shodmonov, Yu. Abdullayev, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, M.Jumaboyev, X.Razzoqov, Yu.Sultonov, M.Qo'shjonov, S.Mamajonov, U.Normatov, S.Mirzayev, O.Sharafiddinov, P.Shermuxammedov, X.Umurov S.Matchonov, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh.Sariyev kabi unglab metodistlar va taniqli pedagoglar ma'rifatparvarlar va ijodkorlarning ilmiy, uslubiy nazariy asar va maqolalaridan foydalanib ish ko'rdik. Download 125.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling