Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети педагогика факультетининг Бошланғич таълим ва спорт бўлимининг сиртқи бўлим курс талабаси Очилова Дилфуза синф «Ўқиш китоби»да А
Download 38.55 Kb.
|
Usmanova Bayan ona tili kurs ishi
O’qish 2-sinf She’r:
O’zbekiston. Abdulla Oripov, 4-bet. O’zbekistonim. Hamza Imonberdiyev, 5-bet. Istiqlol. Jumaniyoz Jabbor, 6-7-bet. Humo qushi. Po’lat Mo’min, 7-bet. O’lka. Erkin Vohidov, 11-bet. Sohibqiron bobomiz. Muxtor Xudayqulov, 14-15-bet. Vatan. Narimon Orifjonov, 15-bet. Yur tog’larga. Usmon Nosir, 17-18-bet. Tilagim. Yo’ldosh Sulaymon, 18-19-bet. Kuz. Kavsar Turdiyev, 21-bet. Olma. Erkin Vohidov, 22-bet. Gilos. Erkin Vohidov, 22-bet. Bog’da. Qambar ota, 24-bet. Dehqonga ta’zim. Tursunboy Adashboyev, 25-bet. Kuzda. Habib Rahmat, 26-bet. O’quvchiga esdalik. Quddus Muhammadiy, 28-bet. Kitob deydi. Quddus Muhammadiy, 29-bet. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «Barkamol avlod o’rzusi» nomli kitobda «Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, kuchli dono va albatta baxtli bo’lishlari kerak» deb ta’kidladanidek, yosh o’sib kelayotgan avlod yoshligidanoq tarbiyali, o’qimishli qilib tarbiyalanishi kerak. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim standartli (DTS) talabalari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quvbiluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlari egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang’ich sinf «o’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladishgan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ilug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o’quvchilarni faqat o’tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. ularda Vatanga muxabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o’timishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo’lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga. unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashga tabiat bag’riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlil vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi. Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. She’ran, 1-sinfda o’rgatiladigan «Ajdodlarimiz - faxrimiz», «Ilm – aql chirog’i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlarini to’ldiradi va boyitadi. O’qituvchi o’quvchilarga adabiyot fani asoslarini, adabiyot tarixi va nazariyasi puxta tushuntirib borishi lozim. Lekin fan asoslarini tushuntirishda uning hayotiyligini, biror maqsadga qaratilganligini o’quvchilar ongiga singdirib borish zarur. Shundagina adabiyotning zamonaviyligi to’g’ri ochiladi va o’quvchilar adabiyotni o’z hayotiy tajribalari bilan bog’lay oladilar. O’quvchilarning hayotiy tajribalari cheklangan, ularning odamlar haqidagi tushunchalari hali zaif, subyektiv va beqaror bo’ladi. Badiiy adabiyot o’quvchilarning tasavvurini kengaytiradi, ularning ko’zi oldida yangi dunyo yangi hayot ochadi, ularning xilma-xil davrlarga olib kiradi, har xil odamlar va ijtimoiy sinflar bilan tanishtiradi. Shu tariqa, badiiy adabiyot o’quvchilarning inson va jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi, ularning shaxsiy tajribalarini tartibga soladi va chuqurlashtiradi, kuzatishlarini o’tkirlashtiradi, insonning tabiatini bilishga o’rgatadi. Adabiyot o’qitishning yana bir fazilati shundan iboratki, o’qish va asarni o’rganish o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishga kuchli ta’sir etadi. Bolalar maktabga kirgan vaqtlarida ozgina so’z zapasiga ega bo’ladilar. Ular o’z nutqlarida shevaga xos so’z va iboralarni ko’proq ishlatadilar, jumladan ko’pincha noto’g’ri tug’ri tuzadilar. So’z san’atkorlarining programmaga kiritilgan asarlari nutq madaniyatini taraqqiy ettirishda asosiy rol o’ynaydi, o’quvchilarni adabiy nutqqa o’rgatishda katta yordam beradi. O’qituvchi esa o’quvchilar nutqining lug’aviy, mantiqiy va grammatik jihatdan o’sishiga alohida diqqat qilishi lozim. Demak, o’quvchilarga badiiy adabiyot vositasi bilan axloqiy-estetik tarbiya berish hozirgi maktablarimizning asosiy vazifasidir. O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o’rgatish, kitobga muhammat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish. O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yutuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. O’quvchilarning bog’lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o’stirish. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish. Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qish metodlari ham doimiy rivojlanishga bo’ladi. She’ran, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metod asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish ifodali o’qish nazarda tutilgan. Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug’iladi: Izohli o’qish nima? Izohli o’qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinsikiy asos solgan, u o’qishga o’quvchilarni «ongli tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi. Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarini o’zlashtirishga, so’ng yod olishlariga e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan qoyani anglashni ta’minlaydi. Izohli o’qish quyidagi tamoyillarga to’liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo’ladi: O’qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish. O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kizatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchilarning ifodali o’qishi tarzida olib borish. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, she’rlar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib o’rganiladi. Tabiyki ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda o’qib o’rganish taqozo qilinadi. Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy o’qishlardir. Atoqli emetodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi: o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emosional idrok etishlarini t’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi; o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadida ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim g’oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo’naltirilgan suhbat uyushtirish yoki o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo’yilishi; d) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi. Avvalo, o’qituvchi shunday temani bir butun holda tasavvur qilishi zarur, ya’ni turmushni bilish nuqtai nazaridan bu tema o’quvchilar uchun qanday yangiliklar berishi, bu tema bolani axloqiy-estetik jihatdan qanday tarbiyalashi, badiiy mahoratni tushunish va o’quvchilarning nutqini o’stirish kabi she’ralar o’qituvchining diqqat markazida turishi zarur. Mana shunday umumiy vazifalar aniqlangandan so’ng, adabiy materiallarni har bir darsga bo’li zarur. Har bir dars metod va usul tomonidan xilma-xil bo’lishi mumkin va o’quvchilarning qiziqishlarini so’ndirmaslik, ularning asardan olgan taassurotlarini zaoiflashtirmaslik lozim. Har bir dars tamomlangan bo’lishi va o’tgan dars bilan, kelgusi yangi dars bilan bog’lanishi zarur. O’qituvchi dars planini tuzayotgan vaqtida sinfning ahvoli uning diqqat markazida turishi kerak. Agar darsga kirgan ilmiy bo’lim mudiri yoki biror ona tili va adabiyot o’qituvchisi asarni murakkab va zerikarli deb topsa, dars planini qaytadan tuzish va materialga ijodiy munosabat bo’lish zarur. Download 38.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling