Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети педагогика факультетининг Бошланғич таълим ва спорт бўлимининг сиртқи бўлим курс талабаси Очилова Дилфуза синф «Ўқиш китоби»да А
Maktabgacha ta'lim tashkilotida yangi innovatsion g‘oyalar asosida bilim berib, tarbiyalanuvchilarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash
Download 53.02 Kb.
|
ZAMONAVIY SHAROITDA MAKTABGACHA TA’LIM O‘QUV TARBIYA JARAYONIDA
2.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotida yangi innovatsion g‘oyalar asosida bilim berib, tarbiyalanuvchilarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 11-moddasida1: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi», deyilgan. Maktabgacha ta’lim hujjatlarida maktabgacha ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi ekanligi va maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vazifalar qatorida maktabgacha ta’limning samarali psixologik pedagogik-uslublarini izlash va joriy etish kerakligi belgilangan. Shuningdek, barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshirishi ma’lum. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi turi bo‘libgina qolmay, balki ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi birinchi pog‘ona hamdir. Maktabgacha ta’lim tashkilot(MTT)larida ta’lim va tarbiya jarayonini qanchalik yuqori saviyada tashkil etilsa, tarbiyalanuvchi bolalar, shunchalik ta’limning keyingi turlarida qiynalmasdan muvvaffaqiyat qozona olishlariga imkoniyat yaratiladi. Maktabgacha ta’lim, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga, o‘qishga bo‘lgan havaslarini uyg‘otishga muntazam ravishda ta’lim olishlariga imkon yaratadi va maktabgacha ta’lim muaassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga Davlat talablari va maktabgacha ta’lim konsepsiyasida ham, “eksprimental maktabgacha muassasalar asosida yangi pedagogik texnologiyalar aprobatsiyasini o‘tkazish va ularni ommaviy amaliyotga tatbiq etish”, “Yangi texnik vositalardan foydalanish”larga e’tibor qaratilgan. Ushbu talablarni qisman amalga oshirish maqsadida MTTlarning ta’lim– tarbiya jarayoniga tatbiq etish uchun samarali multimedia texnologiyasi ishlab chiqildi. MTTlarda multimedia texnologiyasining tub mazmuni-multimediali kompyuter ta’limni amalga oshirishdan iborat. MTTlarda ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasi an’anaviy uslublarga nisbatan malum bir afzalliklarga ega. Jumladan: - bolalarning fikrlash qobiliyatini oshiradi; - bola bir vaqtning o‘zida ham ko‘radi, ham eshitadi (miyaning o‘ng va chap yarim sharlari bir vaqtda faollik ko‘rsatadi); - an’anaviy usulga nisbatan bolalarga o‘rgatiladigan materiallarning hajmi ortadi; - mashg‘ulotlarning samaradorligi oshadi; - MTT bolalarining kompyuter savodxonliklarini shakllantirishga yordam beradi; - didaktik materiallarni animatsiyalar orqali ko‘rsatish imkoniyati mavjud; -turli xil jangarilik, qo‘poruvchi o‘yinlar o‘rniga ta’limiy-rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalanish mumkin. MTTlarda multimedia texnologiyasidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, bu xususiyatlarni o‘rganish texnologiyalarni joriy etish jarayonida bolalarning yoshlarini hisobga olish va didaktik materiallarni ularga mos tanlash, ta’lim jarayonida pedagogik va psixologik ta’sir etish usullarini o‘rganish va joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Multimedia texnologiyasidan va uning asosiy vositasi bo‘lgan kompyuterlardan MTTlarning ta’lim-tarbiya jarayoniga foydalanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar (masalan, Rossiya)ning olimlaridan S.V.Gurev, N.Z.Frolova, N.I.Klifsova, V.P.Kustova, L.A.Savina, N.M.Klimeshova, M.V.Osmakovalar, AQShda multimedia texnologiyasidan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha D.Jonassen, R.Grabindger, S.Carver, R.Lehrer, D.Davidson, A.Mullon va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirganlar. Ma’lumki, multimedia texnologiyasi, asosan, kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. Ammo, hozirgi kunda respublikamiz MTTlarining ko‘pchiligi kompyuterlar bilan to‘la ta’minlanmagan. Birinchi muammodan vaqtinchalik chiqish uchun, ayrim MTTlarda kompyuterli mashg‘ulotlarining birinchi bosqichini televizor va DVD qurilmalari orqali amalga oshirilishining imkoniyati mavjud. Buning uchun, dasturli yoki rolli (ijroli) multimedia ta’lim vositalari tayyorlab diskka ko‘chiriladi. Ikkinchi muammo shundan iboratki, multimediali mashg‘ulotlar asosan kompyuter ërdamida amalga oshirilishi tufayli tarbiyalanuvchilar ular bilan elementar ishlash darajasiga ega bo‘lishlari lozim. Bu o‘z navbatida tarbiyalanuvchilarda kompyuter savodxonlikni shakllantirilishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qulllangan, “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga quyiladigan Davlat talablari”da minimal talablar qatorida bolalar 15-20 daqiqadan ko‘p vaqt kompyuterda shug‘ullanishiga yul qo‘ymaslik ta’kidlangan. Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirish uchun MTT kamida bitta shaxsiy kompyuter bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Uchinchi muammo, MTT pedagog-tarbiyachilarining o‘zlari ham kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishlari lozim va shu bilan birga multimedia texnologiyasini o‘zlashtirishlari zarur. Hozirgi davrda, multimedia texnologiyasidan oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, umumiy o‘rta-ta’lim maktablarida foydalanib kelinmoqda. Shu bilan birga, uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan MTTlarda ham multimedia texnologiyasidan foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud. Jumladan, MTT tarbiyalanuvchilariga harflarni o‘rgatishda elementar matematik tushunchalar bilan tanishtirishda, ijobiy va salbiy ekologik ta’sirlarni bayon qilishda, ta’limiy va rivojlantiruvchi kompyuterli o‘yinlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Masofali ta’lim o‘qitishing zamonaviy shakllaridan biri sifatida ta’lim tizimining barcha sohalarida o‘z o‘rnini topmoqda. Jumladan, Internet tarmog‘idagi o‘quv materiallaridan keng foydalanilmoqda. Internetdan olinadigan materiallarning aksariyati multimediali taqdimot shaklida yaratilgan. Masalan, MTTlar uchun “Kimning uyi qayerda?”, “Uy yasash” taqdimotlari va turli xil kompyuter o‘yinlari shular jumlasidandir. Shunday qilib, MTT tarbiyachilari multimedia to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lganlarida, undan MTTlarning ta’lim-tarbiya jarayoniga foydalanishlari oson kechadi. Yuqorida bayon qilingan dalillar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, mashg‘ulotlar jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuterdan elementar tarzda foydalanishga o‘rgatish va maktab ta’limiga tayyorlash dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Respublikamizda qabul qilingan bir qator me’yoriy hujjatlarda, ta’lim sohasiga yangi innovatsion texnologiyalardan, jumladan, multimedia texnologiyasidan foydalanish dolzarb masala ekanligi qayd etilgan. Hozirgi kunda ta’lim sohasida multimediaga asoslangan elektron darslik, qo‘llanma va turli elektron didaktik vositalar yaratilmoqda hamda ulardan foydalanib kelinmoqda. Ammo maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia texnologiyasidan foydalanish va shu asosda mashg‘ulotlar jarayonida innovatsion uslublarni tatbiq etish imkoniyatlari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi bo‘lgan maktabgacha ta’limda ham innovatsion texnologiyalarni izlash, ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalaridan biri ta’limiy multimedia texnologiyasi hisoblanadi. Multimedia texnologiyasi zamonaviy axborot texnologiyasining tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, quyidagi tashkil etuvchilaridan iborat: matn, jadval, grafika, musiqa, bezak, animatsiya, audio, video. Muallifning fikricha, ta’limda multimedia texnologiyasi va vositalaridan foydalanish uslubi «multimedia- viy hujum» uslubi deb nomlandi2. «Multimediaviy hujum» uslubidan mashg‘ulotning yangi materialni o‘rgatish qismida qo‘llaniladi. «Multimediaviy hujum» uslubining afzalligi quyidagilardan iborat: multimediali didaktik vosita jozibali, ta’sirchan, harakatchan (dinamik holat) samara beradi; o‘quv materialining multimediali ko‘rinishda taqdim etilishi natijasida bola miyasining ikkala yarim shari bir vaqtda ishlaydi; multimediaviy hujum natijasida bolalarning diqqatlari barqarorlashadi, fikrlashlari ortadi va o‘quv materiallari ko‘proq qabul qilinadi; guruhlardagi bolalarning faolliklari ortadi; multimediali didaktik vosita interfaol dasturiy mahsulot hisobida ma’lum bir miqdorda vaqt tejaladi, tejalgan vaqt hisobiga bolaga qo‘shimcha ma’lumot berish imkoniyati yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan multimediali texnologiya fikrimizcha, an’anaviy texnologiyalarga nisbatan quyidagilar bilan farqlanadi: bolalarning psixologik jihatlari; bolalarning yoshi (6-7 yosh); kompyuterli mashg‘ulotning davomiyligi (15 daqiqa); materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida); materialning hajmi(30 daqiqaga mo‘ljallangan); materialning murakkablik darajasi (bolalar uchun sodda materiallar tanlanadi); ularning faollik darajalari Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan multimediali kompyuter texnologiyasi variantida texnologik yondashuv quyidagicha kechadi: maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchisining o‘rganiladigan materialni o‘zlashtirishini qulaylashtirish va osonlashtirish maqsadida material bir-biri bilan bog‘liq qismlar, bo‘laklarga ajratiladi, so‘ngra ta’limdan mo‘ljallangan natija olish uchun amallar ketma-ket bajarilishi va loyihalashtirilgan ishlar poyoniga yetkazilishi ko‘zda tutiladi. Eng muhimi, ushbu texnologiyada o‘rganiladigan material multimedia asosida taqdim etiladi. XULOSA Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan kompyuterlashtirilgan pedagogik texnologiyalarni taqqoslaydigan bo`lsak, kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi. Kompyuter ekranida axborotning o`yin shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan diqqat va qiziqishini uyg‘otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida uzoq vaqt taassurot qoldiradi. AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana biri zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog xodimlar kompetentligining yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan hamnafas ravishda o`z bilim va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur Xulosa o`rnida shuni ta‘kidlash joizki, axborot kommunikatsiya texnologiyalari maktabgacha ta‘lim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishda, uzluksiz metodik xizmat ko`rsatishda, metodik faoliyatni rejalashtirishda, pedagoglar, tibbiy xodimlar va boshqa mutaxassislar faoliyatini nazorat qilishda, butun bir tizimning aniq monitoringini olib borishda qulaylik yaratadi. Shu bilan birga ulardan noto`g‘ri foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Mazkur jarayon pedagoglar va ota-onalardan katta mas’uliyatni talab qiladi. Ular hamkorlikda bolaning har tomonlama riojlanishi uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to`g‘ri foydalanishni ta’minlaydi. Zero, bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ham kelajak egalari bo`lgan yosh avlodga maktabgacha ta’lim bosqichidanoq sifatli ta’lim va tarbiya berishdan iborat. Yuqorida bayon etilganlardan quyidagi xulosa va takliflarga kelish mumkin: maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi bo‘lgani uchun uning uzluksiz ta’lim tizimida boshqa ta’lim turlari bilan uzviyligini ta’minlash; maktabgacha ta’limga tegishli o‘ziga xos va mos multimedia texnologiyasidan foydalanish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish va ularning metodikasini shakllantirish; kompyuterdan o‘yin vositasida emas, balki ta’lim berish vositasi sifatida foydalanish, turli ta’limiy va rivojlantiruvchi kompyuter o‘yinlarini yaratish; maktabgacha ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari, shu jumladan, multimedia texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga oid ilmiy- tadqiqot ishlariga ko‘proq jalb etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu esa barkamol avlod tarbiyasi hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining mashg‘ulotlar jarayonida innovatsion yondashuv bo‘lib hisoblanadi. Download 53.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling