Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammolari va yechimlari Abrorqulova Gulnoza
Download 27.26 Kb.
|
Maqola Gulnoza Charos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammolari va yechimlari Abrorqulova Gulnoza Gʻoibnazarova Charos Jizzax davlat pedagogika universiteti maktab menejmenti 4-kurs talabalari Annotatsiya: ushbu maqolada ta’lim, taʼlim texnalogiyalari umumiy izohi, ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Abstarct: this article provides information on education, a general explanation of educational technologies, and the use of innovative technologies in education. Kalit so’zlar: pedagogik texnalogiya, innovatsion ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar, Aqliy hujum, FSMU, Bumerang, Nilufar guli, Kalster texnalogiyalari, muammoli oʻqitish metodi. Keywords: pedagogical technology, innovative educational technologies, interactive methods, Brainstorming, FSMU, Boomerang, Nilufar guli, Kalster technologies, problem-based teaching method. Bilishni hamma nodon ham eplashi mumkin. Eng asosiysi tushunishdir. Albert Eynshteyn Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish – jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi. Ta'lim, insonning bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishning tizimli jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon orqali insonlar o'zlarini shaxsiy va professional ravishda rivojlantirishadi. Ta'lim olgan insonlar jamiyatga xizmat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu, ilmiy tadqiqotlar, texnologiyalar va ijtimoiy muammolar yechishda o'z hissalarini qo'shishlari orqali jamiyatni rivojlanishi bilan bog'liqdir. Ta'lim olgan insonlar, dunyoni tushunishda kengaytirilgan tajriba va bilimga ega bo'ladi. Bu, ularning hayotda muvaffaqiyatli bo'lishi uchun kerak bo'lgan tushunchalarni tushunish va g'alaba qozonishlariga imkon beradi. Shu sababli, ta’limning barcha tur, hamda shakllari insonning shaxs sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Texnologiya so’zi (yunon. “texno” – san’at, mahorat, malaka, “logos” – fan, ta’limot, tushuncha, fikr, ma’no) so’zi ishlab chiqarishda yangi sifat va miqdor o’zgarishlariga olib keluvchi samarali usullar yig’indisi, tizim ma’nosida qo’llaniladi. O’qitish, ta’lim jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan texnik vositalar, kompyuter, masofaviy o’qitishdan foydalanish deb belgilanadi. Ta’lim texnologiyalarining eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchiva talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida talaba mustaqil fikrlay olsa, ijodiy ishlay olsa, izlansa, tahlil eta olsa, o’zi xulosa qila olsa, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonida o’qitish texnologiyasi – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Quyida innovatsion texnologiyalar taʼlim jarayonini samarali tashkil etish uchun foydalidir: -"Aqliy hujum". Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qollaniladigan koplab goyalarni ishlab chikish mumkin bodgan metoddir. Bu haqiqatan ham oquvchilarning oquv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli goyalarni bayon qilish chogida boshqalarni ham qizgin ishga yollashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga, ragbatlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina goya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda oziga tortib oladi. Oqituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa oquv faoliyati 5- 10 daqiqa oraligidagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli tarzda qollanishi mumkin, masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun, yangi savol qoyish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun. -"FSMU” texnologiyasi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etish hamda o’quvjarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini asoslashga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga baxs-munozara madaniyatiga o’rgatadi. Maqsad: Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. O’tkazilish tartibi: 1.FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlar tayyorlanadi. F – fikringizni bayon eting. S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating. M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi misol, dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring 2. Tinglovchilar bilan bahs mavzusini yoki muammoni belgilab oling. 3. Kichik guruhlarga bo’ling va ularga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog’ozlarni tarqating. 4. Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan xolda 4 bosqich bo’yichayozishlarini taklif eting. 5. Kichik guruhlarni yozgan fikrlarini o’qib himoya qilishlariniso’rang. 6. Trener-o’qituvchi tomonidan muammo bo’yicha fikrlar umumlashtiriladi. -"Bumerang” texnologiyasi. Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma shakllarni qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi. Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; adabiyotlar va matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodda saqlab qolish, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.Maqsad – trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallar (mavzuga oid eng ahamiyatli yoki qo’shimcha ma’lumotlar)ni ular tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda o’zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qaydarajada o’zlashtirilganini nazorat qilish,trening davomida talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish. Baho sistemasi – to’liq javob uchun – 5 baho, qo’shimcha uchun –4 baho, luqma tashlansa – 3 baho, javob bermasa – 2 baho. -"Nilufar guli” texnologiyasi. Muammoni yechish maqsadida qo’llaniladigan grafik organayzer. O’zida nilufar guli obrazini namoyon qiladi. Uning asosini har biri 9 ta kvadratdan iborat yana 9 ta katta kvadrat tashkil etadi. Tizimli, ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantiradi va faollashtiradi. Ish tartibi: Talabalarsxemani tuzish qoidalari bilan tanishtiriladilar. Individual yoki kichik guruh bilan sxema tuzadilar. Asosiy muammo (vazifa)ni markaziy kvadratga yozadilar. Uning hal qilinish choralari markaziy kvadratning atrofidagi 8 ta kvadratga yoziladi.Ana shu 8 ta fikrning har birini katta 8 ta kvadratning markaziga olib o’tiladi, ya’ni fikrlarni nilufar gulidan uning yaproqlariga o’tkaziladi. Shunday qilib, ularning har biri o’z navbatida yana bir muammo sifatida ko’rib chiqiladi. - "Klaster” (tarmoqlar) metodi. Fikrlarni tarmoqlashtirish – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni (assotsiativ) erkin va ochiq ravishda ketmaketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashtirishga o’rgatadi.Bu metod biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval talabalarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo’yichatasavvurlarini ijodiy yondashgan holda chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu esa talabalarga o’z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi. Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi: 1. Xayolga kelgan har qanday fikr ketma-ket yoziladi. 2. Belgilangan vaqt tugaguncha yozishda davom etish kerak. Mabodo fikrlar tugab qolsa, u holda yangi fikr kelguncha boshqa tarmoqdan davom ettirib ketish lozim. 3. Iloji boricha fikrlarning ketma-ketligi, tarmoqlari va o’zaro bog’liqligini ko’paytirishga intiling.Ushbu metod yakka, kichik guruh, jamoa bilan ishlashda qo’llanilishi mumkin. Guruh holatida qo’llanilishi guruhlar fikrini to’plash va ularni bir tizimdagi qurilmaga keltirishda muhim hisoblanadi. «Talim to’grisida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalga oshirishda inovatsion pedagogik texnologiyalar. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish – ijtimoiy zaruriyat ekanligi, bo’lajak o’qituvchilarininng zamonaviy pedogogik texnologiyalar nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; yangi pedogogik darajada pedogogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo’lishlari; zamonaviy pedogogik texnologiyalar, goyalar maktablar, yo’nalishlar, keng turlarida yo’l topa bilish mahorati; pedogogik faoliyatni ijodiy va metodik to’gri bajarishga tayyorlikni shakllantirish; mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o’zini tarbiyalash va o’zini mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish zarurligi aytilgan. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1. Fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; 2. Darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta'minlash; 3. O’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish; 4. O’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish; 5. Ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish; 6. Shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; 7. O’quv-tarbiyaviy faOliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi; 8. Pedagogik vositalardan samarali foydalanish; 9. Zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faOliyat ratsional usullarini shakllantirish; 10. Mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish; 11. Har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va ta'min qilish. Muammoli oqitish metodi. Muammoli vazifalar usuli oquvchilarga muammoli vaziyatlarni va ularning faol bilish faOliyatini tashkil etishga asoslangan usuldir. U aniq vaziyatlarni tahlil qilish, baholash va keyinchalik qaror qabul qilishdan iborat. Bu usulning yetakchi funktsiyalari: - orgatuvchi: bilimlarni aktuallashtirishga asoslangan; - rivojlantiruvchi: tahliliy tafakkurni, alohida faktlar orqasidagi hodisa va qonuniylikni kora bilishni shakllantirish; - tarbiyalovchi: kommunikativ konikmalarni shakllantirish. Muammoli vazifalardan foydalanish usuli bizga, materialni oquvchilar uchun aktualroq qilish, nazariyani amaliyot bilan bog``lash imkonini beradi. Xulosa o’rnida shuni aytsak bo’ladiki, ta’limning samaradorligini va uzluksizligini ta’minlashda barcha ta’lim texnalogiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ta'lim tizimidagi zamonaviy yutuqlarni tahlil qilish orqali, yurtimizda fan yutuqlarini qo'llashimiz, ta'limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning asosiy mazmuni ta'lim sifatini boyitishga, ta'lim jarayonida beriladigan bilim va ko'nikmalarning tahsil oluvchilar tomonidan to'laqonli o'zlashtirilishiga hamda ularning o'z ustilarida mustaqil ishlab yuqori marralarga erishishidir. Natijada erkin fikrli, dunyoqarashi keng, ijodkor, innovatorlar yetishib chiqadi bu esa bizning oily maqsadimiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish haqida (baxtiyor.uz) 2.Adamashvili s.a. Maktab o'quvchilarining ta'limotlarini baholashning o'quv va o'quv funktsiyalari. M. - 1984 yil. 3. Zagaashev I.O., Zair-Bek S.I. Tanqidiy fikrlash. Rivojlanish texnologiyasi. SBP Alliance delta. - 2003. 4.Kulitkin Yu.N., Mushtavinskaya I.V. Ta'lim texnologiyalari va pedagogik mulohaza. SPB: SPB Gupm. - 2002, 2003 Download 27.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling