Ishning yozilishida qo'lanilgan metod
Albatta, boshlang'ich ta'lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O'qish kitobi» darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Safar Barnoyev, Miraziz A'zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she'rlarini o'qish va o'rganish, mustaqil ishlar tashkil qilish o'qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o'tkaziladi. Bu o'z navbatida, o'qituvchi tomonidan puxta o'ylangan, rejalashtirilgan, ma'lum sistemaga solingan va mazmunli bo'lishi talab qilinadi.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizni Past Darg'om tumanidagi 53 umum ta'lim maktabining 4 sinfda o'tkazgan tajribamiz asosida yoritishga lozim topdik.
4 - sinfimizda hozirgi kunda 42 talaba tahsil olayapti. Bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o'tgan maktabdagi o'qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishda harakat qildik.
Ishning ilmiy yangiligi
Darhaqiqat, Safar Barnoyev, Miraziz A'zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini, she'rlarini dars jarayonida o'qish ishlarini, tahlil qilish shuningdek, mustaqil o'qish ishlarini tashkil etish o'z e'tibori bilan yangilik sanaladi. Chunki, mustaqil o'qish boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun yangilik bo'lmasada, uni tashkil etish, unumli va foydali bo'lishiga erishish ko'p jihatdan sinf o'qituvchisining mahoratiga bog'liq.
O'qish jarayoni o'quvchilar ongini rivojlantiradi. Fikrlash qobiliyatini o'stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O'z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo'l ochib beradi.
Ishning amaliy ahamiyati
Mazkur bitiruv ishidan pedagogika va psixologiya, defektologiya bo'limlarining talablari kurs va bitiruv ishlarini yozishda, o'zbek adabiyoti tarixini o'rganishda, shuningdek, boshlang'ich sinf o'qituvchilari fakultativ
mashg'ulotlarda, sinf rahbarlari va adabiyot o'qituvchilari esa, sinfdan tashqari badiiy kechalarni o'tkazishda, xalq og'zaki ijodi va folklorga doir adabiy munozara va suhbatlar o'tkazishda foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |