Алишер Навоий туркий тил наздида
Download 336.4 Kb.
|
TIL HAQIDA SHER
Shukur Qurbon
ONA TILIM Qasida Yuragimning qoshida Sayrab turgan bulbulim, Sensiz ochilmas gulim Ruhiyat bo’stonimda, Ona tilim, jon tilim. Qadim ajdod qonida Seni tanidi dunyo, Insoniyat tongida Berding qalbdan aks-sado. Suvrat bo’lib chekilding G’orlar ichra birma-bir: «Ona qo’shuv bola», sevmoq bu, «Yurak qo’shuv yoy o’qi»—sabr. Ashshuriy, bobil, okkad Taraqqiyoti bir yon, Bir yon bo’ldi quyoshli – O’lka quchgan sharaf-shon. Ma’naviyat ufqida Noming mangu aylandi. Shumerlar mixxatiga Ohanglaring joylandi. Tosh, deganni kim-kimlar Tepib o’tmagan befarq, Lekin sen bois uni Boshga ko’tardi bashar. Misli ong dengizida Zarrin mavj bo’lib qalqding. Buyuk «O’rxun-Enasoy Yozuvlari»da balqding. Shakl—misli libosdir, O’zgarar o’tib zamon. Ayniqsa, bosqinchi yov Bo’lsa boshda hukmron. Ayniqsa, u bor yerda So’zlashsang o’z tilingda, Bilmay xunob bo’lsa u Ne borligin dilingda. Zo’rlab-da o’z yozug’in Peshonangga o’yar u, Yot tilda chuldiratib Tomoshangni ko’rar u. Biroq mazmun-mohiyat Hokim erur shaklga. Arab imlosi bo’yin Egdi turkiy aqlga. Navoiyday farzanding Dunyoga keldi shu kez. Seni deb sarg’ardi u, Qon tupurdi erta-kech. Parvoz etib nazm aro, Osmonlarga urding bosh, Lekin tuproqni qo’msab, Pinhona to’karding yosh. Ta’zimda bo’y-bastingga Yetmish olam bosh egdi. Go’zal «Boburnoma»da Oyog’ing yerga tegdi. Yer dardlari shu ondan Seniki bo’ldi butkul, Falakdan baxt so’radi Mashrab – isyonkor o’g’il. Yana shoir zarur bo’ldi Sening so’z minbaringga, Ona-tilim, chiqdi shoir Turdi, yarab koringga. Muqimlikni ko’rding yillab, Yig’lab yurding furqatda. Ko’plar seni unutdi Davomli bu kulfatda. Tumtaroq xonliklardan Turfa jaholat qoldi. Kim necha yillar yanglish Xalqim omi sanaldi. Kim aytar «bu g’alvirdan Oson o’tdi vatanim». Men aytarman, “ne baxtki, Omon o’tdi vatanim». Bois – har so’zing uni Kelajakka chorlardi. She’riyat osmoningda Cho’lponlaring porlardi. Yangrarding avj pardada Yana-da hur, yana shan. Lekin, odat, boqdilar Senga ham hasad bilan: Bir burchakda to’planib Til bilmas uch-to’rt g’alcha, Farzandlaring boshiga Musibat soldi qancha. Kitob ko’targan kimsa Tahlikali ko’rindi, Nonday aziz bitiklar Yerga pinhon ko’mildi. Asil shoirlaringni Xalq dushmani dedilar, Qarg’adilar, so’kdilar, Bir-bir boshin yedilar. Shoirni o’ldirarlar, O’ldirib bo’lmas so’zni. Sen tirik qolding yana, Xalqimning ko’rar ko’zi. Ne tong, Mustaqillikning Shamollari esib shan, Olding davlat maqomin Qancha til aro rasman. Peshonangga taqdirning Saodati yozilgan. Bugun senda Qur’oni Karim, hadis bosilgan. Men ham—ulug’ligingga Orqa qilgan qalamkash. Senda qanday kuyladim, Elga havola yakkash. Tasodif ko’p dunyoda, Shoir bo’lsam-da bir kun— Hikmating men uchun bu, Muruvvating men uchun. Bo’lolmasam, ayb menda, Sevolmabman seni, oh. Har ikki holatda ham Senga sodiqman biroq, Ona-tilim, jon tilim. Zero men senikiman, Sen tuygan zavqnikiman, Sen kuygan qayg’uniki, Ona-tilim, jon tilim. Sen mangusan, baqosan, Men esam – o’tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot. Ona tilim, jon tilim. Sensiz men so’ladirman, Devona bo’ladirman. Tuqqanimga yetti yot Begona bo’ladirman, Ona-tilim, jon tilim – Yuragimning qoshida Sayrab turgan bulbulim. Download 336.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling