Алишер Навоий туркий тил наздида
Download 336.4 Kb.
|
TIL HAQIDA SHER
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONA TILI HAQIDA Alisher Navoiy TURKIY TIL NAZDIDA
- Abdulla Avloniy HIFZI LISON
Ирода Умарова
ОНА ТИЛИМ Она тилим – юрак қатимдан Меҳр бўлиб сочилган жаранг. Қулоғимга гўдак пайтимдан Алла бўлиб сингиган оҳанг. Она тилим – неча асрлар Курашида енгган полвоним. Неча аждод, неча насллар Суйиб ўтган туркий забоним. Она тилим – дўппи кийган Сўз, Доим янги йўлча-атласи. Бир сатрига ташласангиз кўз, Товланади минг-минг қирраси. Она тилим – асалчой таъмли, Булбулталқин, муҳаббатшева. Лабларимга кўчиргум доим Талаффузин мен сева-сева. Она тилим – юрак қатимдан Меҳр бўлиб сочилган жаранг. Қулоғимга гўдак пайтимдан Алла бўлиб сингиган оҳанг… 2010 йил, октябр O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar (Abdulla Qodiriy). ONA TILI HAQIDA Alisher Navoiy TURKIY TIL NAZDIDA Chunki toptim ul kalom ichra kamol, Turk alfozi bila surdum maqol… Turk nazmida chu men tortib qalam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam… * * * Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat; Kim shuhrati jahonga to’lg’ay, Turki bila dag’i bahra olg’ay. Chunki bu kun jahonda atrok Ko’ptur xush tab’, sof idrok… Abdulla Avloniy HIFZI LISON Hifzi lison deb har bir millat o’z ona til va adabiyotini saqlamagini aytilur. Har bir millatning dunyoda borlig’in ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adаbiyotidur . Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur. Hayhot! Biz turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun kundan-kun unutmak va yo’qotmaqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz bo’lg’on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin o’z yerinda ishlatmak va so’zlamak lozimdur. Zig’ir yog’i solub moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur. «Yohu! Bizga na bo’ldi? Bobolarimiz yo’lidan chiqub ketduk. Yaxshi qo’shningdan olguncha yomon uyingni qidir», – demishlar. Bobolarimizga yetushg’on va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O’z uyimizni qidirsak va axtarsak yo’qolganlarini ham toparmiz. «Yo’qolsa yo’qolsun , o’zi boshimga tor edi», – deb Yovrupo qalpog’ini kiyub, kulgi bo’lmak zo’r ayb va uyatdur. Payg’ambarimiz: «Erlarda jamol lison va tildur», – demishlar. Ey ona til, aziz qadrdonim, Iltifoti ruhim, Rahmonim. Tug’dig’im kundan aylading ulfat, O’lguncha ayilma, ey jonim. Menga ilm-u adab san o’rgatding, Chin adib, muallim, shonim. Millatning ruhini ko’targuchisan, Ey muqaddas karamli sultonim. Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og’iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur. Chunki so’z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurgan tarozusidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so’zlagan so’zidan bilurlar. «Quruq so’z quloqg’a yoqmas» – demishlar. Agar so’z aql va hikmatga muvofiq bo’lub, o’ziga yoki eshituvchiga bir foyda chiqadurgan bo’lmasa, asalarilari orasida g’ung’ullab yurgan qovoqari kabi quruq g’o’ng’ullamoq faqat bosh og’rig’idan boshqa bir narsa emasdur . Boshimizga keladurgan qattig’ kulfatlarning ko’pi yumshoq tilimizdan keladur. Shuning uchun: «Ko’p o’yla, oz so’yla», – demishlar. Tillarning eng yaxshisi so’zga usta til, so’zlarning eng yaxshisi bilub, oxirini o’ylab so’ylangan so’zdur. Go’zallik yuzda ermas, ey birodar, So’zi shirin kishi har kimga yoqar. So’zing oz bo’lsinu ma’noli bo’lsun, Eshitkanlar qulog’i durga to’lsun. So’zing bo’lsa kumush, jim turmak oltin, Misi chiqg’ay so’zing ko’p bo’lsa bir kun. Ko’paygan so’zni bo’lgay to’g’risi oz, Shakarning ko’pidan ozi bo’lur soz. Download 336.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling