Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
37 
library.ziyonet.uz/ 
 
gʻalat sharh ayladim, behushdoru.  
Dimogʻigʻa qoʻyub qildi tavaqquf  
Ki, hushi zoyil oʻlgʻay betaxalluf.  
Anga qolmaydur erdi hushidan bahr,  
Quyar erdi oʻlukning komigʻa zahr.  
Chu hushi xaylin etti boʻyla gʻorat,  
QOʻpub far’yod etib qildi ishorat.  
Uyumush erdi bir tosh uzra Shorur,  
Yamon tush koʻrmagidin erdi ranjur.  
Ul undin seskanib, borib qarori,  
Sarosima boqib Farhod sori.  
Ne koʻrdigʻ Borib oʻzdin ul malakvash,  
Boʻlub shaytonvashe har dam navokash.  
Anga bildiki andin boʻlmish ul rev  
Ki, yetti har tarafdin ul suruk dev.  
Chu fahm ettiki bormish ilgidin ish,  
Yiqilmay bagʻrigʻa mahkam qilib tish.  
Toʻkub Farhodning ul holigʻa yosh,  
Qoʻnqordi ul qayodin bir ogʻir tosh.  
Biyikrak yerda tutmish erdi manzil,  
Ayogʻ ostida hiylatsoz gʻofil.  
Aningdek urdi ul tosh birla oni  
Ki, avval magʻzi, soʻngra chiqti joni.  
Usholdi tosh birla ul qotiq bosh,  
Masaldurkim, «ushotur boshni tosh»
(4)
.  
Agar ul xastagʻa yetkurdi ofot,  
Yana ofotdin torti mukofot.  
Chu yettilar suruk xayli jafokesh,  
Boʻlub Farhod holigʻa badandesh.  
Biri deb sudroli Xusravgʻa tegru,  
Biri deb eltoli boshini ayru.  
Chu koʻrdilar jamoli jonfizoyin,  
Unuttilar taaddi rasmu royin.  
Koʻtardilar ani aylab yuz ikrom,  
Qilib avd urdilar Xusrav sori gom.  
Oʻlukdek oʻzda yoʻq Farhodi mahjur,  
Yovushub oʻzni oʻlturmakka Shorur.  
Boʻlub chun togʻ aro ul navharardoz,  
Sadodin togʻ etib ham navha ogʻoz.  
Bu yangligʻkim falak aylab sitezi,  
Tushub qoʻrgʻon eliga rustaxezi.  
Va lekin yoshurub ul ishni nokom  
Ki, nogah bilmagay sarvi gulandom.  
Ki, fahm etsa yumub jondin koʻzini,  
Shake yoʻqturki oʻlturgay oʻzini.  
Alar aylab asir ul notavonni,  
Mashaqqat togʻida bexonumonni.  
Chorib Xusravning oʻrdusigʻa tegru,  
Qayu oʻrduki, qarshusigʻa tegru.  
Tutub joʻldu olur yormoqqa qalqon,  
Degilkim aylamishlar togʻni talqon.  
Ketur soqiy, qadahkim, benavomen,  
Xumori hajr eliga mubtalomen.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling