Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8



Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
 
 
Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
Farhod Va Shirin 

Bihamdik fath abvob ul-maoni,  
Nasib et koʻngluma fath oʻlmak oni.  
Koʻzumga ul eshik quflin radid et,  
Aning fathigʻa kilkimni kalid et.  
Ochib ul ganj quflin bu kalidim,  
Nasibim ayla neki bor umidim.  
Nechakim istasam naqdi javohir,  
Qayon boqsam koʻzumga ayla zohir.  
Terarga har nafas koʻrroq havas ber,  
Havas bergach olurga dastras ber.  
Anga tegur qoʻlumnikim yiroqdur,  
Qoʻlumgʻa sol anikim yaxshiroqdur.  
Nima koʻp olmogʻimga mone’ etma,  
Necha koʻp olgʻonimga qone’ etma.  
Bu maxzan birla koʻnglumga gʻino sol,  
Nechakim sochsam ilgimga yano sol.  
Durafshonliqqa kilkim fosh qilgʻil,  
Tilimni dogʻi gavharrosh qilgʻil.  
Bu durlarkim koʻzumni andin ochting,  
Mening ilgim bila olamgʻa sochting,  
Tamannosin hazin koʻnglumdin olma,  
Sochilgʻon birla tufrogʻ ichra solma.  
Buyursang sochmogʻin men benavogʻa,  
Chiqor yuz benavo ilgin havogʻa.  
Ayurgʻoch bazl ila bu benavodin,  
Navosizlargʻa qormotqil havodin.  
Gadolargʻa dagʻi andin ato ber,  
Gʻanilargʻa dagʻi oni tuto ber.  
Shah olsa dogʻi qilsun toji torak,  
Qul olsa ham anga boʻlsun muborak.  
Anga ishq ahlini qil orzumand,  
Aning birla alarni ham barumand.  
Durin qil koʻzlariga har zamon yosh  
Va lekin la’lu yoqutini qon yosh.  
Alargʻa oshkorovu nihoni,  
Koʻz ichra ashkdek asratqil oni.  
Takallum ahligʻa sarmoya ayla,  
Ne dur nazm etsalar riroya ayla.  
Zamona durjini andin toʻlo qil.  
Falak javfini andin imtilo qil.  
Ani sindurgʻon elni qil shikasta,  
Xujasta koʻrgan elga tut xujasta. 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling