Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 114 library.ziyonet.uz/ goʻzallignning tavsifi desa boʻladi» (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent. 1979. 6- bet). Bobning avvalgi yetti baytida shoir yana majoziy ma’nodagi «dard bogʻi», «lola», «gul bargi», «sunbul», «oqar suv», «gʻuncha», «otashin vard» (Kizil gul) kabi soʻzlar orqali ishq, uning alamlari, iztiroblari haqida soʻz yuritadi. Buni shoir ilmi bade’dagi uygʻunlashtirish san’ati vositasida amalga oshiradi. Shuningdek, bobdagn «qazo Farhodi amri rahnamuni» misrasidan to «Kelib kam zarralardin dogʻi Xusrav» misrasigacha boʻlgan qismda «Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun togʻiga, aqlni Chin xoqonining vaziri Mulkoroga va Suqrotga, tunnn Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning doʻsti Shopurga, ajalni otasini oʻldirgan Parvezning oʻgʻli Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga oʻxshatgan holda «shirin», «tilism» soʻzlari Besutun, Xusrav va uning xonandasi Borbad nomlarini tilga olib, muqaddimani dostoniing mundarijasiga uygʻunlashtirgan» (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati, 149-bet). Ayni choqda, bu oʻxshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va personajlar faoliyatn qaysn koʻlamda kechishi, ular dostonda ijobiy, salbiy rol' oʻynaydimi yoki oʻtkinchimi degan masalalarga ham e’tiborni jalb etadi. 2. Fafham – arabcha (undov soʻz). Tushun! Angla! Diqqat qil! demakdir. 3. Vallohu a’lam– arabcha: xudo biluvchandir demakdir. Bu baytda shoir yana oʻsha panteistik ta’limotlarga koʻra yaratuvchi bilan yaratilganlar bir-biriga oshiq, buni idrok etish kerak, demoqchi boʻladi. 4. Moarafnok – arabcha: seni keragicha bilmaganmiz, ma’nosini bildiradi. 5. Navoiy yozishga kirishayotgan dostoniing personajlari ta’rifini bosh qahramon Farhoddan boshlaydi. Ma’lumki, oʻz manmalarini fol'klordan olgan Farhod obrazi Firdavsiy «Shohnoma‖sida Afrosiyobning jangovar sipohsolori sifatida tilga olinadi. Dastavval bu obraz Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostonida asosiy personajlardan biri sifatida kiritiladi. Nizomiy Farhodi xalq namoyandasi, toshyoʻnar usta. U oqil va insonparvar, gʻoyat savodli va pahlavon. Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rol' oʻynamasa-da, muallifning yetakchi gʻoyasini tushunishda ahamiyati kattadir. Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonida esa Farhod oliy nasab shahzoda, taqdirga tan beruvchi baxtsiz oshiq qilib tasvirlanadi. Farhod obrazini ilk daf’a birinchi oʻringa koʻchirib talqin qilgan shoir ozarbayjon adabiyoti tarixida Nizomiy an’analarini davom ettirgan, fors tilida ijod qilgan Orif Ardabiliy (XIV asr) edi. Lekin Orifning Farhodida qator manfiy jihatlar, jiddiy qusurlar mavjud. Farhod oʻz hunar va muhabbati ila Xusravdan juda ustun koʻtarilsa-da, muhabbatga munosabati va shaxsiy ma’naviyati jihatdan undan farqlanmaydn. «Farhod oʻzining sevgilisi Gulistonni tezda yodidan chiqaradi». «Muallif oʻz qahramoni (ya’ni Farhod) oʻlimini uning Rum Qaysari oʻgʻli Garoyni oʻldirganligi bilan aloqador qilib talqin qiladi... Bu esa obraz qimmatini ozaytiradi» (Arasli N. Arif Ardabili va onun «Ferhadname» poyemasi. Baki, 88–89- betlar). Alisher Navoiy oʻz dostonida Farhodni asosiy, markaziy qahramon qilib oldi. Uni tom ma’noda ijobiy qahramon sifatidagi yangicha talqinini berdi. «Farhod obrazida oʻz davrining ilgʻor gʻoyalarini kuylaydi, xalq ommasiga xos qator olijanob xususiyatlarni ideallashtiradi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi masalalari. 93-bet). 6. Xito – Chin (Xitoy) mamlakatining shimolidagi viloyat nomi (Sinszyan yoki Koshgʻar koʻzda tutiladi) (Farhangi zaboni tochik, 471-bet). 7. Mulkoro – Navoiy asarlarida Chin xoqoni vazirining nomi. U gʻoyat donishmand va tadbirkor qilib tasvirlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling