Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, qilmish erdi bu kishvarni manzil.  
Bu ishkim togʻ aro men soz etibmen  
Ariq qozmoq ishin ogʻoz etibmen.  
Hamono ul yigitni Hayyi Soni’,  
Mening ranjimni qilmasliqqa zoyi’.  
Bu marzu bum sori kelturubtur  
Ki, sarvaqtimgʻa oni yetkurubtur.  
Ani gar tormasoq bu ish qililmas,  
Vagar yuz qarn sa’y etsak qozilmas.  
Kishilar har sori chormoq keraktur,  
Qayon boʻlsa ani tormoq keraktur».  
Mihinbonu ul oy jahdu shitobin,  
Chu koʻrdi fahm qildi iztirobin  
Ki, xopokan damidin shu’lai garm  
Qilibtur xoradek koʻnglin aning narm.  
Nasihat bildikim koʻp naf’ bermas,  
Oʻziga keltururning vaqti ermas.  
Qilib ul ishda hikmatlar rioyat,  
Ani tormoqqa jahd etti bagʻoyat.  
Topib, filhol qildilar xabar fosh  
Ki, oriqda burungʻidek qozar tosh.  
Bilib, oygʻa tarab yuzlandi chandon  
Ki, boʻldi lablari gulbargi xandon.  
Qila boshladi mahzun koʻngli chora  
Ki, ne nav’ aylagay oni nazora.  
Kamingohe topib boqqoy anga toʻq,  
Bu koʻrgay oni, ammo ul muni yoʻq  
Kim, ul koʻrsa qilib bedilliq ogʻoz,  
Yana koʻrroq ochilgʻay rardai roz.  
Vale aylab Mihinbonu hamesha,  
Aning qoshigʻa bormogʻliqni resha.  
SOʻpub ahvolin oning gohu begoh,  
Tilab maxfiy gʻamidin boʻlmoq ogoh.  
Topib holin nechakim aylab idpok,  
Hunardin mamlu, ammo aybdin pok.  
Xati mehrini koʻngli ichra tortib,  
Vale ul mehr kundin-kunga ortib.  
Havas aylabki, mundoq pok rayvand,  
Manga ne boʻlgʻay erdi boʻlsa farzand.  
Va lekin hajrdin zor erdi Shirin,  
Kecha to subh bedor erdi Shirin.  
Ne dardin derga bir hamdardi oning,  
Ne subhu shom xobu xoʻrdi oning.  
Ne bir hamdam anga boʻlmoqqa ma’nus.  
Ne qoʻyub holi izhorigʻa nomus.  
Qoshigʻa borgʻoli aylab taammul  
Ki, nogah boʻlmagʻay ul betahammul.  
Desakim bormayin gulchehri zebo,  
Boʻla olmay hazin koʻngli shikebo.  
Firoq oʻtida miskin joni oning  
Ki, boʻlgʻay dardu yoʻq darmoni oning.  
Ketur, soqiy, mayi gulrangi xushboʻ  
Ki, urgʻay chorasiz dard oʻtigʻa suv.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling