Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 44 library.ziyonet.uz/ Agarchi tab’ida devonaligʻ bor, Tariqi aqldin begonaligʻ bor. Va lekin soʻzlaridur rostmonand, Taammul farz erur qilmoq, xudovand. Buyuk togʻ uzra gar torsoq maqome, Aning habsigʻa qilsoq ehtimome. Iki-uch oycha zindon ichra tursa, Iki-uch yuz nigahbon ichra tursa. Soʻzida rostligʻ gar boʻlsa raydo, Tirik boʻlsa ne gʻam ul zor, shaydo. Soʻzi yolgʻon ekandin boʻlsoq ogoh, Qila olurbiz ul dam ulcha dilxoh». Chu dono nukta surdi hikmatomiz, Rizo berdi aning rayigʻa Rarvez. Bor erdi ul yaqinda bir biyik togʻ, Qoʻyub tigʻi qamar ruxsorigʻa dogʻ. Hisore anda mahkam charxmonand, Qilib asrar uchun jurm ahlini band. Yasab devi hamul qoʻrgʻonni hosil Ki, bor ermish aning oti Salosil.5 Salosil qoʻrgʻoni el ichra mashhur, Aning oti bilakim qildi ma’mur. Uzottilar ani ul qal’a sori Kim, oʻz dildoridek boʻlgʻay hisori. Qoʻshub hushyorvash besh yuz nigahbon, Aningdekkim but atrofida rahbon. Kel, ey soqiy, meni majnunni mast et, Soching zanjiri birla roybast et. Ki, bu qayd ichra boʻlsa mubtaloligʻ, Vujudim qaydidin boʻlgʻay raholigʻ. XLII Farhodni junun ahlidek Pari silsilai ishqi bila Salosil dev qoʻrgʻonigʻa yiborganlari va nigahbonlar aning malakiy sifat va farishta zotligʻin bilib qaydin itloqqa badal qilib dasht yuzlari va togʻ qullarida mutlaqulinon qilgʻonlari va aning vuhush galasida roʻya qilib sibo’ halqasida moʻya qilmogʻi va tuyur qatorida forigʻulbol boʻlub riyoh gʻuborida Parishon hol kezmoki va shom zillida gʻurbati qaro kunin ravshan qilib subh ollida hajri shomi qarosin savod qilgʻoni va quyoshda mehri oʻtin yorutub bulutqa ishq havosida faryod bila ashki yomgʻurin koʻrguzgoni Bu dasht ichra hakimi hushrayvand, Aningdek oldi soʻz majnunidin band Ki, chun Farhod ul qoʻrgʻongʻa bordi, Nigahbonlar bila zindongʻa bordi. Ani asrarlar erdi ros birla, Yoʻlida qum toʻshab almos birla Ki, Xusrav hukm etib erdiki nogoh, Qochursa ul el oni boʻlmay ogoh Yevaz ba’zisining boʻynini urgʻay, Yana ba’zini qoʻrgʻondin uchurgʻay. Alargʻa bu tavahhumdin hamesha, Tunu-kun voqif oʻlmoq erdi resha. Va lekin ohu faryodidin oning, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling