Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Malak qolib buroqingdin, emas vasfi falak sur’at,
Qamar yorub jamolingdin, emas na’ting qamar siymo. 
Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab,
Aningdekkim quyoshdin oyu oydin qiyrgun g‘abro. 
Falak vodiylari qatig‘a azming chun surub markab,
Xirad paykiga ham avval qadamda ranj o‘lub paydo. 
Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud,
Buroqing soyir anjum shohi ostida sariroso. 
Qilib bu sayr aro ma’shuq vasli ko‘yida manzil,
Tilab sargashta ushshoqig‘a ham rahmat evin ma’vo. 
Navoiy xush ko‘rar olamni oning yodidin, yo‘qsa
Anga xoshok aro o‘tdekdurur dunyovu mofiho. 
8 
Zihi hiloling o‘lub oy boshig‘a tiyg‘i balo,
Bir olma san ikki yorg‘on senu quyosh maslo. 
Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat,
Shafoating urub ikki jahon eliga salo. 
Risolating damidin shar’ ko‘zgusida jilo, 
Siyosating o‘tidin kufr rohibig‘a jalo. 
Ham ahli ravzag‘a firdavs sensizin chahi vayl,
Ham ahli vayl ishi hajring o‘tida vovaylo. 
Xumor dofi’i bo‘lg‘aymu, soqiyi kavsar
Bu dayr ichiada mayi ishqing ichmaganga to‘lo. 
Tilimda zikringu ko‘nglumda xayolingdur, shukr,
Ki bori sensiz emas suhbatim xalovu malo. 
Navoiy o‘ldi base xoru past xas yanglig‘,
Sening yo‘lungda esa bas anga bu izzu alo. 
9 
Har gadokim, bo‘ryoyi faqr erur kisvat anga,
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga. 
Kim fano tufrog‘ig‘a yotib qo‘yar tosh uzra bosh,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga. 
Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar;
Ham o‘zung insof bergilkim, bu ne nisbat anga?! 
Har ne shah maqsudidur — darveshning mardudidur
Ko‘r nedur himmat munga, ne nav’ erur holat anga. 
Faqr ko‘yi tufrog‘in shah mulkiga bermas faqir,
Mulk, ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga. 
Shah sipah cheksa, faqir ahvolig‘a yetmas futur,
Bu vale chekkach nafas, barbod o‘lur hashmat anga. 
Shoh emastur bir nafas osuda do‘zax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga. 
Shahg‘a sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur,
Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga. 
Shohg‘a shahlig‘ musallamdur, agar bo‘lg‘ay mudom
Shohg‘a tarkin qilib, darvesh o‘lur niyat anga. 
Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatlig‘, magar
Shohi G‘oziykim, muyassar bo‘ldi bu davlat anga. 
Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor
Shohlig‘ surat anga, darveshlik siyrat anga. 
To shahu darvesh bo‘lg‘ay, aylagil, yo rab, ayon
Shohdin xizmat anga, darveshdin himmat anga. 
Gar Navoiy so‘z uzatti, faqrdin ermas demang,
Bo‘lmag‘uncha hukm shahdin, qayda bu jur’at anga?
10 
Falak nilufaridin chashmayi mehr o‘ldi gar paydo,
Yuzungda nildin ul chashma qilmish nilufar paydo. 
O‘qung ko‘nglumga yetgach, qatra qonlar tomdi, kim ko‘rmish
Nihol andoqki oni tekkach o‘q, bo‘lg‘ay samar paydo. 
Achig‘ so‘z birla bel qatlimg‘a bog‘lar, turfaroq, bukim,
Nazarg‘a ne og‘iz zohirdur andin, ne kamar paydo. 
Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas.
Yuzida la’l yutqonning bo‘lur derlar asar paydo. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling