Ruboiylaridan 4ta
Download 41.94 Kb.
|
Navoiyshunoslik mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuyuqlaridan 4ta
- Qit’alaridan 4ta
Navoiyshunoslik mustaqil ish. Ruboiylaridan 4ta: Vasling bo’lubon jong’a muyassar, yo rab, Chehrang qilibon ko’zni munavvar, yo rab. Nutqing sochibon bazmda gavhar, yo rab, Yo rabki, ijobat aylagil, yo rab. *** Gar oshiq esang zeb-u takallufni unut, Yaxshi-yu yomon ishda taxallufni unut. O’tkan gar erur yomon taassufni unut, Kelgan gar erur yaxshi tasarrufni unut. *** Chun xanjari hajring manga qat’ etti hayot, Bori g’amu darding o’qini tinmayin ot. Kim, oncha qovursun par o’lub butsa qanot, Toyir bo’lubon yetkamen oxir sanga bot. *** Yoshimg’a bag’ir qoni chu erdi monand, Ko’z asradi yoshdek bo’lub andin xursand. Turmadi ko’zumda yetkach ul sarvibaland, Bo’lmas kishi farzandi kishiga farzand. *** Tuyuqlaridan 4ta: Javr o’qin jonimg’a soqiy yozmadi, Vasl jomidin xumorim yozmadi. Kilki qudrat sabz xatlar ishqidin, O’zga ish ollimg’a go’yo yozmadi. *** Yo qoshingdin necha bir o’q ko’z tutay, Otki, o’trusig’a aning ko’z tutay. Necha ko’rgacha o’zga mahvashlar qoshin, Yangi oy ko’rgan kishidek ko’z tutay. *** Charx tortib xanjari hijron but un, Qo’ymadi bir zarra bag’rimni butun. Tunga borib bizni behol aylading, Ne balolig’ yer emish, yo rab, but un. *** Necha dedim ul sanamg’a bormag’in, Qilmadi ul tark oxir bormag’in. Munchakim xudroyliq ko’rguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormag’in. *** Qit’alaridan 4ta: Tojning tarkin istab, dardisardin shikoyat qilur Toj ko’p dardisar berur bizga, Zulmidur aql-u hush toroji. Boshimizdin bu tojni gum qil, Barcha gar bo’lsa saltanat toji. *** Tiyralar taqaddumin ahli safog’akim Bulut bila quyoshdin zohirdur, dalil ko’rgazmaq. Gar tiyralar taqaddumi ahli safog’a bor, Bu nuktani muomaladin ko’rma tashqari. Davron aroki ko’rayi so’zu gudoz erur, Shu’la erur hamisha quyi, dud yuqori. *** O’zi so’zi bobida derkim, muqobalada har kim ilik urg’ay, ammo qalam sura olmag’ay va orzu qilg’ay va lekin tilg’a keltira olmag’ay Ey, Navoiy, so’z ila oncha guhar sochtingkim, Bahru kon kirdi qora yerga sening kilkingdin. Biriga, yo o’nig’a, yo yuziga, yo mingiga, Degay el naylagay ortug’ esa ellik mingdin. *** O’z nazmining rutbasi poyasin ti’dod Qilur va har birig’a martabayi isnod qilur Navoiy she’ri to’qquz baytu, o’n bir bayt, o’n uch bayt, Ki lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin. Bukim albatta yeti baytdin o’ksuk emas, ya’ni Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin. *** Download 41.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling