Ruboiylaridan 4ta


Download 41.94 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi41.94 Kb.
#1817759
1   2   3
Bog'liq
Navoiyshunoslik mustaqil ish

Fardlaridan 4ta:

Ulki haq borinda maqsud istagay har zotdin,
Mehr borinda yorug’lug’ ko’z tutar zarrotdin.
***
Nabi shar’ig’a topmoq istiqomat,
Erur solikka mushkilrok karomat.
***
Ta’ma etma, ko’p o’lsa el moli,
Ko’rmayin haq xazinasin holi.
***
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo’q,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo’q.
***

  1. 1ta g’azal:

Ey, visol ahli mening holim ko’rub rahm aylangiz,
Yor zulmi gah-gahe yetsa, shikoyat qilmangiz.
Ey, ibodat xayli, pandim berguncha tengri uchun,
Yorga rahmu manga sabru tahammul istangiz.
Aqlu sabru zuhdu taqvo jonima qilmang g’ulu,
Chiqti mast ul sho’x, turmay endi har yon butrangiz.
Ko’zu ko’nglumdin edi ranjim ani ko’r ayladim,
Bo’lsa bu devona paydo o’tqa solib o’rtangiz.
Men fano dashtida tufrog’ o’lsam, ey ahli niyoz,
Ishlarim dostonlarin olmoqqa talqin asrangiz.
Egma qaddim xam bo’lub turmoq uchun, ey sho’xlar,
Yashidur cholokliklar birla sekrib o’ynangiz.
Bir parivash ishqidin miskin Navoiydur biling,
Dasht aro oshuftayu majnun sifatliq ko’rsangiz.
***


  1. 10bayt masnaviy:

Sano haqqakim, koshifi hol erur,
Xirad mushkilotig’a halol erur,
Alimeki, yo’qtur bidoyat anga,
Azimeki, yo’qtur nihoyat anga,
Hazar ichra bechoralar yovari,
Safar ichra ovoralar rahbari,
Ne solikkakim, dasht etib jilvagoh,
Tavakkulni aylab anga zodi roh,
Musofirni yo’ldin kecha gum qilib,
Yonig’a aning qumni qoqum qilib,
Anikim, qilib ishqdin yoralig’
Nasib aylabon anga ovoralig’,
Birovga necha g’urbat izhor etib,
Chu bir yerda ko’p turg’uzub, xor etib,
Biravnikim aylab bir el ichra xor,
Anga chora aylab ul eldin firor,
Safarni tamug’din nishon aylabon,
Tamug’ ranjin andin ayon aylabon,
Ko’ngulsizga mushfiq, kishisizga yor,
Umidi yo’q el andin ummidvor.
***


  1. Download 41.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling