Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 Necha bayramlarda kiygan jandasin faqr ahlining Xor ko‘rma, eyki, xil’attur necha alvon sanga. Iydgoh ahlin dame qilma parishon, ey sipehr, Kim erur bu jam’ bir-ikki zamon mehmon sanga. Ey Navoiy, durri nazming xutbadek topqay sharaf, Lutf ila qilsa nazar bayram kuni sulton sanga. 29 Javru zulming garchi o‘lmaklik nishonidur manga, Chunki sendindur hayoti jovidonidur manga. Ul parivash ishqidin, nosih, meni man’ etmakim, Telbalik vaqtiyu oshiqlik zamonidur manga. To o‘qubmen ishq harfin darsu takroru sabaq Vomiqu Farhodu Majnun dostonidur manga. Muztaribmen charx yanglig‘kim, nujumi tiyradin Tanda har kun yuz tuman dog‘i nihonidur manga. Hech ranje zohir o‘lmay men xud o‘ldum, ey tabib, Lek bilkim, qasdi jon etgan falonidur manga. Eyki, dersen ishq aro o‘lmoq ziyondur, umr sud, Har ne sudedur sanga, nekim ziyonidur manga. Ko‘rmisham vojib baqosin ravshan andoqkim quyosh, Toki imkon soya yanglig‘ ko‘zda fonidur manga. Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim, El surudi ishrati Motam fig‘onidur manga. Ey Navoiy, voizu firdavsi a’lo zikrikim, Bog‘i xuld ul huri paykar ostonidur manga. 30 Ul malohat kunji hajrida buzug‘ maskan manga, Uyladurkim jondin ayru yuz yarolig‘ tan manga. Mehr ila mah partavidin ko‘zni ravshan qilmadim, Bo‘lg‘ali mehri ruxung mohiyati ravshan manga. Bo‘ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin ko‘ngul, Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 31 Jon qushi chiqmoqqa bir yo‘l angla har ravzan manga. Men o‘larmen g‘amdinu yig‘lab kuyub boshimda sham’, Dudidin chirmab haro har tun tutar shevan manga. Rahm ztib holimg‘a dushman do‘st bo‘lmoq, vah, ne sud, Do‘st uchun rahm aylamay bo‘lmishturur dushman manga, G‘am tuni zulmida xandon bo‘lmadi holimg‘a subh, Subhdek, ne tongki, bo‘lg‘ay chok pirohan manga. Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay, Eyla gar bu ish hunar bo‘lsa, bo‘lubtur fan manga. 31 Vahki, ishqing zohir etsam vahm erur o‘lmak manga, Gar nihon tutsam dog‘i jon xavfidur beshak manga. Kelgan ermish ul Masih o‘lganlarin tirguzgali, Men tirik, vah, yaxshiroq bu umrdin o‘lmak manga. Juzv-juzvimni, fig‘onkim, munfak etti tiyg‘i hajr, Bir-biridin lek o‘zidur juzvi loyanfak manga. Ko‘nglum o‘tidin yig‘och kuldur, boshoq bir qatra suv, Nogah ul sho‘xi jafokash otsa bir novak manga. Oltun ezib, erib kuygan soyi xolis bo‘lur, Ne ajab, sorg‘orsa yuz yetgan soyi emgak manga. Chok aylarmen yaqo ul qoshi yoni ko‘rgach-o‘q, Kim xadangin otsa hoyil bo‘lmag‘ay ko‘nglak manga. Boda hajridin oqarmish ko‘zlarim, ei piri dayr, Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga. Sarsari hijron, vujudum xirmanin andoq sovur, Kim fano yo‘lida sarsar bo‘lmasun hamtak manga. Ey Navoiy, gar manga ko‘prak emas ummedi vasl, Bas nag‘o‘ ushshoqdin javri erur ko‘prak manga, 32 Agarchi yo‘q talabingdin dame qaror manga, Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga?! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling