Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 Behini tiyg‘ ila chun qat’ qilmoq rasm emas qat’o. Yuzum tufrog‘dadur har dam qurug‘on jism ranjidin, Behiga sarnigunluk shoxi za’fidin bo‘lur go‘yo. Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yanglig‘ Kiyib pashminayi toat qadin ham asramoq avlo. Navoiy gar quyosh noranjidin behrak ko‘rar, tong yo‘q Behikim lutf qilmish mahdi ul’yo ismatud-dunyo. 40 Yor aksi chunki aylar jilva may ko‘zgusida, May icharmenkim, yuzi bo‘lg‘ay yuzum o‘trusida. Ul sabohat birlakim kuldung, manga mehr o‘ldi fahm, Mehr fahm o‘lmoq, tong ermas, subhning kulgusida. Uylakim xayli hubob ichra tushar xas, bormen Ashk aro sargashta ul sultoni husn o‘rdusida. Urdi olam buzg‘ali bir-birga kirpik saflarin, Fitnalar bedor qilmoq, ko‘r, ul oy uyqusida. Ne xato qilg‘ay ko‘ngullarga ko‘zung mujgon o‘qin Har qayon chun boqsa, saydedur aning qobusida. Navbahori dahrg‘a qo‘ymang ko‘ngulkim, yo‘q vafo Ne guli bo‘stonida, ne lolayi xudro‘sida. Shohlar pobo‘sung etgandin, Navoiy, yaxshiroq Kim boshingni xoki rah etsang aning pobo‘sida. 41 Kimsa hargiz ko‘rmadi chun ahli davrondin vafo Ulki davron ofatidur, ne tama’ ondin vafo?! Jonimu umrumdur ul oy, bevafo bo‘lsa, ne tong, Qayda ko‘rmish kimsa hargiz umr ila jondii vafo? Gar vafo qilsang erur, andinki, bordursen, pari, Yo‘qsa, kim olamda ko‘rmish nav’i insondin vafo? Vahki, davron ahlidin juz bevafolig‘ kelmadi, Har nechakim ko‘rdilar men zoru hayrondin vafo. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 37 Chun vafo gulbargi davron bog‘ida yer topmadi, Bejihatdur kimki istar bu gulistondin vafo. Kimsa qo‘nglin kimsadin istab vafo, oldurmasun, Kim manga xud yetmadi ul ko‘nglum olg‘ondin vafo. 42 Mir’oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro, Ravshanlig‘i mumkin emas chun sham’ qoldi dud aro. Butganga o‘xshar degasen har yon qizil tol uzra barg, Har soridin paykonlaring bu jismi xunolud aro. Shomi g‘am ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar, Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qiyrandud aro. Xo‘y qatrasidan g‘arq erur xoling savodi, vah, netar, Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas’ud aro. Ochting chu zulf, ul ikki ko‘z har yon hadang otmoq, ne tong, Kim qolmish ikki turki Chin hinduyi noma’dud aro. Ul ko‘y qasdi etmisham, ey voiz, oni man’ etib, Har dam dema jannat so‘zin, so‘z solmag‘il maqsud aro. Qochsa Navoiy shayxdin piri mug‘on sori, ne ayb, Kim bor tafovutlar base maqbul ila mardud aro. 43 Yer tutar ko‘nglumda gardundin judo bo‘lg‘on balo, Jondadur devona ko‘nglumdin xato bo‘lg‘on balo. Istamonkim ishq mendin o‘zgani qilg‘ay asir, Hech kishiga bo‘lmasun, yo rab, manga bo‘lg‘on balo. Shod yuzlanmang, balolar, bizgakim, bo‘lmas xalos Bu ko‘ngul zindoni ichra mubtalo bo‘lg‘on balo. Xo‘blardin har kishiga bir balo yetgan kuni Bizga yetmish otidur javru jafo bo‘lg‘on balo. Vaslida rashk o‘lturur hajrida g‘am, vahkim, manga Vasl aro bo‘lg‘on balodur hajr aro bo‘lg‘on balo. O‘ltururlar hamdaming bo‘lsam, o‘larmen bo‘lmasam Bo‘lmag‘on, jono, sening birla balo bo‘lg‘on balo. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling