Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 Sho‘x yoshlardekki o‘ynarlar chubuq markab qilib. Ushbu hijron kechasin tush ko‘rsam erdi nogahon, O‘lgay erdim vahmdin, albatta, zahram yorilib. Na’lim ichra dog‘ uchun qo‘yg‘on fatnlam dud ila Dard o‘choqida tutaydur anduh o‘ti yoqilib. Ul quyosh birla borur el soyadek, men xoksor, Vahki, qolurmen izining tufrog‘idek ayrilib. Sirri vahdat chun fano dayrida sig‘mas lafz aro, Nevchun, oyo, xonaqah ichra tuganmas aytilib? Nuktayi tavhidni bilgan qila olmas bayon, Kim bayon qildim desa, bilginki, qilmaydur bilib. Ey Navoiy, mayda soqiy la’lidin ermish furug‘, Kayfiyatni chunki fahm etting, netarsen oyilib? 70 Ko‘z yoshim bo‘ldi ravon bir nargisi jodu ko‘rub Tifl yanglig‘kim yugurgay har taraf ohu ko‘rub. Qoldi hayron zohid ashkimda ko‘rub har yon hubob, Rustoyidekki hayrat aylagay o‘rdu ko‘rub. Jon aro tig‘ing ko‘rub ko‘nglum qushi tuzdi navo, To‘tiedekkim takallo‘m aylagay ko‘zgu ko‘rub. Vodiyi ishqing makon qildi ko‘ngul ko‘rgach yuzung, El biyobon ichra manzil aylgandek su ko‘rub. Jonda o‘z dog‘in ko‘rub oshiqlig‘imni angladi, Ul kishidekkim tonig‘ay o‘z qo‘lin belgu ko‘rub. Boda tutqach dema behud bo‘ldi kim ul ko‘zgudin, Bordi hushum yor husni jilvasin o‘tru ko‘rub. Ey Navoiy, daf’ o‘lur holin ko‘rub ko‘hi g‘amim, Fil yanglig‘kim hazimat aylagay hindu ko‘rub. 71 Xasta jonim za’fin angla ko‘nglum afg‘onin ko‘rub, So‘rma ko‘nglum yorasin, fahm et ko‘zum qonin ko‘rub. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 53 Vaslida la’li uza holin ko‘rub kuygan kibi O‘rtanurmen jonda emdi dog‘i hijronin ko‘rub. Vodiyi sabrimdag‘i xori xashak qildim gumon, Ko‘nglum atrofida har yon no‘gi paykonin ko‘rub. Angladim qilmish ko‘zi olg‘on ko‘ngul saydig‘a qasd, Har tarafdin chirga tuzgan xayli mujgonin ko‘rub. Yeru ko‘kta istabon paydo emas Xizru Masih, Qochtilar go‘yo dudog‘ing obi hayvonin ko‘rub. Jism bog‘ida ravon shakle tasavvur qildi aql, Bo‘stoni husn aro sarvi xiromonin ko‘rub. Shabnam ermas, nargis ashkidur, nedin qon yig‘lamas Ko‘z yumub-ochquncha gulshan umri poyonin ko‘rub? Charxdin sidq ahli motam ichradur, fahm aylagil, Har sahargah subhnung choki giribonin ko‘rub. Nomasin, vahkim, ochib solmoq nazar mumkin emas, Chun Navoiy hushi zoyil bo‘ldi unvonin ko‘rub. 72 Ichsangiz may suyidin ishrat uyin obod etib, Jur’ae ham quyg‘asiz tufroqqa bizni yod etib. Soz eting avval g‘amimdin nag‘makim, barasl erur Uy imorat aylamak xoro bila bunyod etib. To havoyiymen ul oy hajrida andoqkim bulut, Toqqa har dam yuzlanurmen yosh to‘kub, faryod etib. Va’dayi vasl etsa ul Shirin sanam, g‘am tog‘ini Qozg‘amen tirnog‘larimni teshayi Farhod etib. Ul quyundurmen fano dashtidakim, bo‘ldum adam, Har ne borimni boshimdin chivurub, ozod etib. Har zamon ko‘nglum qatiq ermas, dema, ey siymbar, Yoshurun qolmas bilur ichra nihon fo‘lod etib, Voqif o‘lkim, dahr dehqoni sening qasdingdadur, Ismin oning gul qilib, otin munung shamshod etib. Mayg‘a targ‘ib etmaging kofiydurur, ey piri dayr, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling