Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Mundin o‘zga ishni naylarsen manga irshod etib? 
Istama la’lin, Navoiykim, marazda emganur
Tab’ini sihhatlig‘ el sharbat bila mu’tod etib. 
73 
So‘zi hajring ichra har dam za’flig‘ jismim yonib,
O‘tqa tushgan qil masallik o‘rtanurmen to‘lg‘anib. 
Ochqil o‘tlug‘ orazing, ey sham’kim, parvonadek
O‘rtanay boshing uza bir necha qatla aylanib. 
Solg‘asen olamg‘a o‘t, gar gul sovug‘i tobidin
G‘unchadek gulshang‘a chiqsang‘ hullalarg‘a chirmanib. 
Biym erurkim ofarinishdin chiqarg‘aysen damor,
Bazmdin usruk chiqib maydong‘a chopsang otlanib. 
Yor ila xo‘y aylag‘an ko‘nglum erur ul nav’ qush,
Kim kishidin ayrila olmas kichikdin o‘rganib. 
Qabrim uzra qo‘yg‘asiz tosheki, za’f ayyomida
Ul pari ko‘yida yotmishmen boshimg‘a yastanib. 
Moldin umrungg‘a osoyish agar yetmas, ne sud,
Nuh umri hosil etsang, ganji Qorun qozg‘onib? 
Ey Navoiy, tushta gar ko‘rmak ani mumkin esa,
Barcha gar xud so‘ngg‘i uyqudur, netarsen uyg‘onib? 
74 
Qon yoshim yo‘lungda tommaydur ko‘zum giryon bo‘lub,
Kim ayog‘ingg‘a tushubtur ko‘z qarosi qon bo‘lub. 
G‘unchadek ko‘nglum chekar ul g‘arq o‘lub xunob aro,
So‘z deganda og‘zing ikki la’l aro pinhon bo‘lub. 
So‘rsa Majnun ishq dashtida meni, ayt, ey rafiq,
Kim quyundek itti bu vodiyda sargardon bo‘lub. 
Hajri ko‘nglumni bo‘zub, g‘am seli hamvor etti, voy,
Kim asar ham yo‘qtur ul ma’muradin vayron bo‘lub. 
Tiyg‘i xud o‘tti, suubat ko‘rki, muhlik yorasi 
Bu zamon boshimg‘a qolibtur baloyi jon bo‘lub. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Har zamon og‘zing xayoli sanchilur ko‘nglum aro,
Go‘yiyo bu g‘uncha oni zaxm etar paykon bo‘lub. 
Charx ushshoq ohi o‘tidin magar vahm ettikim,
Qubba qildi mehrini o‘z hay’ati qalqon bo‘lub. 
Hashr xurshidig‘a moni’ fikr qilmassen, ne sud,
Atlasi gardunsaro pardangg‘a shodurvon bo‘lub. 
Ey Navoiy, foniy o‘l yor istasangkim, xo‘b emas
Jonni sevmaklik bahona o‘rtada jonon bo‘lub. 
75 
O‘lukni tirguzur la’ling Masihoso kalom aylab,
Takallum choshnisin sharbati yuhyil-izom aylab. 
Azalda la’lingga sayd etgali ko‘nglum qushin go‘yo
Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab. 
Chamanda tozalig‘din har quruq shoxe erur Xizre,
Magarkim andin o‘tmish obi hayvonim xirom aylab. 
Agar harf o‘lsa mudg‘am, vahki, xoling nuqta idg‘omin
Ayon qildi ko‘zumnung mardumi ichra maqom aylab. 
Ne bo‘lg‘ay tiyra bo‘lmay ro‘zgorimkim, ochib gisu
Qaro shomimni muhlik aylading subhumni shom aylab. 
G‘araz ul yuzni mastur asramoqdurkim, hakimi sun’
Ulusqa oh etar qismat ani oyinafom aylab. 
Chu haq dargohidin mardud etar, naylarsen, ey zohid,
Qabuli xalq uchun ortqusi toat iltizom aylab. 
Yoshingni dona, bag‘ringni suv qilkim, tutti faqr ahli 
Hidoyat qushlarin bu donavu suv birla rom aylab. 
Navoiy kunda chun bir qursi maqsum ortmas, ne yeud,
Falakdek bo‘lmog‘ing sargashta tun-kun ihtimom aylab. 
76 
Tuganmas mehri yo‘q hajrim tuni sharhin savod aydab
Varaq aflok o‘lub, ul tun savodin-o‘q midod aylab. 
Ulusni oqizur ashkim, falakni kuydurur ohim,
Chekib un yig‘lasam g‘am shomi ul mahvashni yod aylab. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling