Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Murodi nomurod o‘lmoqdin ortug‘roq emas mumkin,
Murodin gar topar ul sho‘x bizni nomurod aylab. 
Inonib vaslig‘a hajrin unuttung, ey ko‘ngul, lekin
Qutulg‘aymu o‘lumdin umrig‘a el i’timod aylab? 
Meni xud ul pari hajri qilib sahroda sargardon,
Chekib bechora Layli ohu Majnun e’tiqod aylab. 
Sovurg‘il aql evin, gardun, meni majnun qachon o‘lsam,
Tanim tufrog‘iyu ohim yelidin girdibod aylab. 
Ayog‘ yolang borib qilding imorat Ka’bani go‘yo,
Ayog‘ing o‘pmaki birla buzuq ko‘nglumni shod aylab. 
Boshim ham zuhd uyotidin quyi tushmush, ham andinkim
Borurmen dayr sori xonaqahg‘a xayrbod aylab. 
Navoiy ko‘nglini ko‘p mehr ila oldi ul oy andoq,
Ki olg‘ay mushtariy qalloshlar molin muzod aylab. 
77 
Mendin ul chobukning, ey payki sabo, maydonin o‘p
Ko‘yiga boshim niyozin yetkurub, chavgonin o‘p. 
Bodpoyi sayrig‘a hamtaklik aylay olmasang,
Yerga mendin yuz qo‘yub ko‘rgan soyi javlonin o‘p. 
Gar ayog‘i raxshining o‘pmak muyassar bo‘lmasa, 
Ko‘z solib har yerdakim topsang ayoq bosqonin o‘p 
Qoshi yosi g‘amza o‘qin otsa, vah, men xastadin,
Ko‘zlaringga surtubon suvforini, paykonin o‘p. 
Kulsa la’li, vahki, qolmas menda bir o‘pguncha hush,
Hashv erur, ko‘nglumki, aytursen labi xandonin o‘p. 
Pok etak istar esang, bir pok etaklik istabon,
Xoki na’laynig‘a yuz qo‘y, go‘shayi domonin o‘p. 
Ey Navoiy, Ka’bayi maqsud vaslin istasang,
Shohi G‘oziy qasrining dargohi oliy shonin o‘p. 
78 
Qasri johingg‘a sipehr avjida ayvon bo‘ldi tut,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
Ham sipehr osiybidin yer birla yakson bo‘ldi tut. 
La’li rummoniy tilarsen dam-badam ziynat uchun,
Qatra-qatra bag‘ring andin nordek qon bo‘ldi tut. 
Naf’ chun kuymaktin o‘zga ko‘rmagung parvonadek,
Bir quyosh har tun sanga sham’i shabiston bo‘ldi tut. 
Dayr qasdi qilmag‘il har lahza oshiq bo‘lg‘ali,
Qasdi dining qilg‘asen bir nomusulmon bo‘ldi tut. 
Istading dunyo arusin tushtagi mahbubdek,
Topmas erkach kom la’lidin, pushaymon bo‘ldi tut. 
Sho‘xlar qoshin tilarsen, lek andoqkim hilol
Jong‘a yetganda ko‘rungach ko‘zga pinhon bo‘ldi tut. 
Bir mug‘anniydin navo topmoq tilarsen changdek,
Egri qad birla ishing faryodu afg‘on bo‘ldi tut. 
Ko‘si shavkat yetti do‘zaxqa eshik qoqmoq durur,
Bas yeti iqlim mulki uzra sulton bo‘ldi tut. 
Ey Navoiy, o‘zni jam’ et, yo‘qsa olam maxzanin
Qon yutub jam’ aylabon o‘lgach parishon bo‘ldi sut. 
79 
Ey ko‘ngul, ul ahdi yolg‘on mehr shartin qildi tut,
Ahdini poyoniga yetkurmayin ayrildi tut. 
Xanjari hijron bila oxir kesar chun rishtani, . 
Mehr torin rishtayi joningg‘a mahkam qildi tut. 
Chun mayi vasl o‘zgalar ichmakka bois bo‘lg‘usi,
Har nafas xunobi hijron yutmog‘ingni bildi tut. 
Yo eshitmas, yo eshitgach zulmin aylar birga yuz,
Holing ul zolimg‘a yuz ming qatla bas aytildi tut. 
Dema, sanchib neshi hijron, yetkuray no‘shi visol,
Chun bu no‘shung o‘lturur, ul nesh ham sanchildi tut. 
Motam ashki durri chun tufrog‘ingga sochilg‘usi,
Gavhari anjum falakdin boshingga sochildi tut. 
Ey Navoiy, kisvati faqr ista, yo‘qsa charxning
Atlasin kiyding, gumon zt oqibat eskildi tut. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling