Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 80 Kelgil, ey qurbon ko‘ngul, ul qoshi yo mehrin unut, Chun vafodin tortilur, sen ham borib bir go‘sha tut. Chunki ul bizni unutmog‘ni sog‘indi yaxshi ish, Sen dog‘i, kel, bir nafas oni sog‘inmog‘ni unut. Ul quyosh har dam bo‘lur bir zarra birla garm mehr, Mehr sham’in sen dog‘i bir o‘zga oy birla yorut. Hayf erur har sho‘xi ra’no yuziga chun pok ishq, Shavq o‘tin, kel, sen dog‘i-bu ishvagarlardin sovut. Ey pari, bir telba gar ovora bo‘ldi g‘am yema, Odamiyvashlar bila nozuk mizojingni ovut. Gar ko‘zum yoshig‘a ul gul multafit bo‘lmas, ne g‘am, Gul bulutdin tozadur, serob emas guldin bulut. Dahr bog‘ida giyohi mehr hargiz butmadi, Gar desangkim ko‘rmayin bemehrlik bu so‘zga but. Shahdi ishqing zahr etar gardun, sen ushbu jomdin Xoh komingni ochit, xohi mazoqingni chuchut. Tark qil, sen ham Navoiydek havosin, ey ko‘ngul, Yoki har dam bir taraf maylin ko‘rub, xunoba yut. 81 Ohkim, ul oshno begona bo‘ldi oqibat, Hajridin behudlug‘um afsona bo‘ldi oqibat. Aqlu donish lofini urg‘on ko‘ngul yig‘lay yuruy, Ul parivash hajridin devona bo‘ldi oqibat. Qatra-qatra shodlig‘ ashkini sochtim vaslida, Barcha hijron qushlarig‘a dona bo‘ldi oqibat. Borg‘ali ul husn ganji g‘am buzug‘ ko‘nglumdadur, Ajdaho evi bizing vayrona bo‘ldi oqibat. Mastu behudlug‘ emish hajr anduhining dofi’i, Bas muqimiy manzilim mayxona bo‘ldi oqibat. Soqiyo, may tutki, hajr anduhidin men telbani Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 59 Forig‘ etgan sog‘aru paymona bo‘ldi oqibat. Chekma un, ohim ko‘r, ey Majnunki, bulbul ko‘p fig‘on Chekti, o‘rtangan vale parvona bo‘ldi oqibat. Butg‘a gar bosh qo‘ymadim, ko‘rgilki, dinim tuhfasi Dayr piri ollida jurmona bo‘ldi oqibat. Deding o‘lgilkim, Navoiy, seni gah-gah tirguzay, Hech bilmonkim sanga, jono, na bo‘ldi oqibat?! 82 Yoshurun dardimni zohir qildi afg‘on oqibat, Asrag‘on rozimni yoydi seli mujgon oqibat. Yoshurub erdim bag‘ir chokini, vahkim, qildi fosh Har taraf ko‘zdin tarashshuh aylagan qon oqibat. Tiyg‘i hajringdin nihon ko‘ksum shikofin, ohkim, Elga ravshan ayladi choki giribon oqibat. Voykim, ko‘ksum shikofidin ulusqa bo‘ldi fahm Ishq o‘ti bag‘rimg‘a qo‘yg‘on dog‘i pinhon oqibat. Shavqidin dam urmayin bedodig‘a xursand edim, Vahki, bo‘ldum hajridin rasvoyi davron oqibat. Gar budur kofir ko‘zu zunnor zulfi, ey faqih, Bo‘lg‘udekmen dayr aro mastu parishon oqibat. Ishq ko‘yida jununumni munodiy ayladi Dahr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat. Dahr bo‘stoni aro sarkash nihole ko‘rmaduk Soya yanglig‘ bo‘lmag‘on yer bilan yakson oqibat. Ey Navoiy, davlati boqiy tilarsen vaslidin, Oni kasb etmak fano bo‘lmay, ne imkon oqibat? 83 Jahdim andoqdur yetishgaymenmu deb vaslingg‘a bot, Kim qabul etmon og‘ir deb chiqsa egnimdin qanot. Sabr tog‘i birla qilmoq po‘ya bo‘lmas, ey ko‘ngul, Tashla ul yukni yetishmak istasang vaslig‘a bot. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling