Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Nafsing etsa sho‘xlug‘ charx emgagidin qil adab,
Tiflni andoqki zajr aylar falak birla adib. 
Ey Navoiy, zulmidin dermenki ishqin tark etay,
To nazardin g‘oyib o‘ldi, yo‘q yana sabru shikib. 
66 
Vah, ne qotildur, kelur oyini zulmu kin solib,
Oshiq o‘lturmak uchun har qoshig‘a yuz chin solib. 
Chun o‘tub ishq ahlidin — oshubi sabru fahm o‘lub,
Chun yetib zuhd ahlig‘a — toroji aqlu din solib. 
Har tarafkim gom urub — yuz porso yo‘lin urub,
Har qayonkim ko‘z solib — yag‘movu qatloyin solib. 
El sorikim yuzlanib — qindin chiqarib tiyg‘i kin,
Chun manga markab surub — boshimg‘a tiyg‘i kin solib. 
Bu sorig‘ ruxsora birla qon yoshimdin yod qil,
Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib. 
Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,
Borma har dam bizni mundoq bedilu g‘amgin solib. 
Bog‘i husnungkim, gul ochti rang-rang, ey mug‘bacha,
Go‘yi ichting mayg‘a bargi lolavu nasrin solib. 
Shar’siz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,
Ko‘kka chiqsang jaybing ichra subhayi parvin solib. 
Dardu g‘am qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,
Hajr elidin xonumonin bordi ul miskin solib. 
67 
Yuz to‘shuk ko‘ksumni o‘rtarsen jafodin qon qilib,
Xalq kuydurgan kibi zanbur evin vayron qilib. 
Javhari ishqing yoshurg‘ach o‘rtadim ko‘nglumga dog‘,
Uylakim qo‘yg‘ay nishon el naqdini pinhon qilib. 
Ko‘hi ohandek g‘aming ko‘nglumdin olg‘on ne osig‘,
Kim yana jonimg‘a otding barchasin paykon qilib. 
Yuz o‘luk tirguzdi la’lingg‘a yetishgan jomi may,
Go‘yiyo berding oning har qatrasin bir jon qilib. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
Aqlu din naqdin o‘g‘urlar go‘yi ul ayyorvash,
Buki behush aylar elni husnig‘a hayron qilib. 
Bo‘lubon har sham’g‘a parvona, kuyma, ey ko‘ngul,
Ishq o‘tlug‘ zulmatida o‘zni sargardon qilib. 
Ey Navoiy, dema la’lin tishlar el qatlig‘a yor,
Balki elga jon bag‘ishlar bizga qasdi jon qilib
68 
Yuz so‘zumdin biriga bermas javob ul no‘shlab,
Og‘zini yo‘qtur desam, voqi’ki, hech ermas ajab. 
Nuqtayi xoling nedin shirin labing ustidadur,
Nuqta chun ostin bo‘lur har qaydakim yozilsa «lab». 
Vasl ne yanglig‘ muyassar bo‘lg‘usidur, chun erur
Dilbarim nozikmizoju men bag‘oyat beadab. 
Gar quyosh derlar yuzungni, garm bo‘lub chekma tiyg‘,
Elga jurme yo‘q, inar chun osmondin har laqab. 
La’ling olsa choklik bemor ko‘nglumni, ne tong,
Ey malohat naxli, chunkim xastasiz bo‘lmas rutab. 
Zindadil Majnunning o‘lmish ko‘ngli chun Laylig‘a hay,
Bas, ne osig‘ oni haydin qovlamog‘liq, ey arab?! 
Tolib ulkim topmasang dog‘i bu baskim, aylamas
Bir nafas g‘ofil seni matlub yodidin talab. 
Qahr barqi birla rahmat yomg‘uri gar buyladur,
Emmin ermas Bu-l-Alo, navmid emastur Bu Lahab. 
Gar navo topsa Navoiy lablaringning zikridin,
Tong emastur, chun mudom afzun bo‘lur maydin tarab. 
69 
Xanjaring jonimg‘a yetti ko‘kragimga sanchilib,
Novaking yonimg‘a o‘lturdi iyodatg‘a kelib. 
Qirib o‘tgan o‘qlaring jon pardasin resh etgali
Safhadekdurkim, qirilg‘ay sahv xatlar yozilib. 
Yugurar har kirpigimga ortilib bir qatra yosh,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling