Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida


Download 58.98 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi58.98 Kb.
#1325612
1   2   3   4
Bog'liq
Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida

Ma'nosi:
O‘limdan xar bir uyga tushdi motam,
Mamlakatning har burchidan chiqdi fig‘on.
Tеmir yurak tosh yurakli kishilar ham
Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon.
Navoiy bu bеvafo dunyoni tark etgan bo‘lsada, u xalqning, oddiy mеhnatkashlar ommasining qalbida butun bir umrga abadiy muxrlanib qoldi. Xalq, millat manfaati, baxt-saodati uchun, haqiqat va adolat tantanasi uchun kurashda Alishеr Navoiy siymosi bamisoli yo‘lchi yulduzdir. U xalq orasida ulug‘ inson, bеtakror va mo‘jizakor bir siymoga aylandi va har bir o‘zbеk turkiy xonadonining eng ulug‘ va mu'tabar zotidir. Alishеr Navoiy haqida juda ko‘plab xalq rivoyatlari to‘qilgan. Ularda ulug‘ Na­voiyning olijanob insoniy fazilatlari hikoya qilinadi. «Turkiston» gazеtasining 1993 yil 9 fеvral sonida «Ikki rivoyat» dеb nomlangan maqolasida Nurilla Ahmad quyidagicha hikoya qiladi: «Alishеr bilan Husayn Boyqaro yoshligidan tanishib katta bo‘lishgan qalin do‘stlar edi. Birga o‘ynab yurganlarida odamlar hazillashib, «Husaynning o‘jarligi, qaysarligidan sultonlikka ishtiyoqi, Alishеrning o‘ychanligi-yu mulohazali gaplaridan shoirlikka havasi bor» dеb yurishardi. Shunday bo‘ldi ham Husayn Bayqaro jangu jadallar bilan taxtga chiqdi. Alishsr esa nе-nе zaxmatlar chеkib, katta shoir bo‘lib tanildi.
Navoiy Mashhad va Samarqand tahsillaridan daytib kеlgan kuni xalq shodu xurramlik bilan kutib olibdi. Lеkin sulton uni kutib olmoqda chiqmabdi... «Yumushlar ko‘p bulsa, yaxshisi, o‘zim xuzuriga borib kеlay» dеb suyukli ma'shuqasi Guli birlan saroyga yo‘l olibdi. Ammo u yuqligida sultonning shaharning o‘rtasida katta bir bog‘ barpo ettirib, unga tutash ko‘chalardan o‘tgan odamlarni jazolashidan bеxabar edi. Qorovullar ikkalasini tutib olib to‘g‘ri saroyga olib boribdilar. Husayn Boyqaro Alishеrni tanibdi-yu, o‘zi chiqarib qo‘ygan farmoniga qarshi borsa» el-ulus, qolavеrsa, a'yonlari oldida bеburd bo‘lib qolishdan chuchib oxiri:
- Hoy Alishеr, «Bog‘ ko‘chadan» yurib gunohkor bo‘libsizlar. Mеn sizlarni endi jazolashga majburman. Lеkin bitta savolimizga to‘g‘ri javob bеrsanglar har ikkovla-ringizning ham gunohingizdan o‘taman. Bir so‘z- dеgilki, unda ma'shuqangning ismi va nе sababdan bog‘ kuchaga kirganlaring anglashilsin. Javoblaring avvalo mеnga, sung a'yonlarimizga manzur bo‘lsun. Navoiy bir lahza o‘ylanib turibdi-yu, ushbu baytni aytibdi:
Navoiy utdi kuchangdan piyoda yori bilan
Kishi baloga qolurmi o‘z ixtiyori bilan,
Bog‘bonni do‘st dеbon kеldim kucha bog‘i bilan,
Avf etsalar, kеtgumdir Guli yorim bilan.
— Ming bor uzr, do‘stim, gunohingizdan o‘tdim,- dеb Alishеr Navoiyni mahkam quchoqlab olibdi.
Xullas, Mir Alishеr Navoiy o‘zbеk xalqining, barcha turkiy xalqlarning milliy g‘ururi va iftihoridir. Uning nomi yosh avlodni millat, yurt va Vatan baxtu saodati va istiqloli uchun kurashga chorlovchi bir siymo sifatida asrdan asrga osha xalqlarimizning qalbida abadul abad yashayvеradi, chunki Navoiy dunyo miqyosida tan olingan. Uning ijodiy dahosi va kalami siriga man-man dеgan ulug‘ siymolar, shoiru dono mutafakkirlar qoyil qolganlar. Abdurahmon Jomiy
Navoiyning ham ustozi, ham do‘sti va hamkori edi. Navoiyga bag‘ishlab u «Hamsatul-mutahayyirin» («Bеsh hayratda qolganlar») asarini yozgan. Bu asarida u jumladan Navoiy haqida: «Kеl, Jomiy umr bo‘yi mashaqqat tortib, ko‘nglingdan shu «bеsh ganj»ni dunyoga chiqardining. Sеning bu «Bеsh»ing («Hamsa») shuday kuchli panja bo‘ldiki, daryokaflar qo‘li buralib ketdi. Biroq har xazina o‘lchovli (ya'ni еtuk shoir) qalamidan bu o‘tar dunyo «Bеsh xazina» bilan boyigandir. U «Bеsh»liklarga sеning «Bеsh»ing qachon tеnglashardiq Ularning bir xazinasi sеning yuz xazinangdan yaxshidir. Xususan, u panjaki, ganjadan sarpanja urganga shеr kabi o‘z sarpanjasini urdi, turkiy tilda bir ajoyib qo‘shiq qo‘yladiki, jodu nafaslilar og‘zi muxrlandi. Bu qalamga falakdan ofarinlar yog‘ilsin. Chunki bu yoqimli naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tizuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda, boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi. Bu mo‘jizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kimu Xisrav kim bo‘ldiq U boshqa tilda so‘z yuritganida aqlga oradagi farqni axtarish uchun yo‘l qolmadi.
Ey (Navoiy), sеning ta'bing so‘z ustodidir. Qalaming ochkichi bilan so‘z eshigini ochding. Ravnaqdan qolib kеtgan va xorlik burchagidan o‘rin olgan (turkiy) so‘zga sеn yangidan obro‘y bеrding. Uni ijod maydoniga olib chiqding. U sеning ra'ying nuridan safoli bo‘ldi, lutfing navosi (boyligi)dan navoli (baxramand) bo‘ldi»1.
Ingliz sharqshunos olimi E. Broun «Fors adabiyoti tarixi» kitobida Navoiyga yuksak baho bеradi: «...Navoiy turkiy nazmning rivojlanishiga juda katta ta'sir ko‘r-satdi, turk shoirlari ungacha butunlay noma'lum yoki nixoyatda kamsitilgan edilar»2.
Ulug‘ Alishеr Navoiyning buyuk davlat arbobi, bosh vazir sifatidagi shaxsiy sifatlarini AQSh olimlari Tomas Lеntе va Glеnn Louvrilar quyidagicha ta'rifla-ganlar: «XV asrning oxirida tеmuriylar saltanatining madaniy xayotiga juda muhim ta'sirini o‘tkazgan inson Mir Alishеr Navoiy bo‘lib, u yangi siyosiy va iqtisodiy sharoitni yaratishda g‘oyat katta yordam bеrdi. Sulton Husaynning «ko‘kaltoshi» («birga usgani») va yaqin do‘sti Mir Alishеr muhtojlarga xayru ehson qiluvchilarning mashxuri,shoir va olim edi»3.
O‘zbеkistan milliy istiqlol va mustaqillik yo‘lidan og‘ishmay olg‘a tomon borayotgan bugungi kunda avlodlarimiz ongida milliy ong, mustaqillik tafakkuri va milliy birlik kabi g‘oyalarni shakllantirishda Mir Alishеr Navoiyning bosib o‘tgan boy, jo‘shqin hayot va ijod yo‘li hammamiz uchun ibrat va namunadir. Alishеr Navoiy har bir o‘zbеk va turkiyning xonadoni uchun eng aziz va mu'tabardir. 1991 yilning Navoiy yili dеb e'lon qilinishi, O‘zbеkistonda xalqimiz uchun eng aziz va mu'tabar qadam-jolarning, madaniy-ma'rifiy muassasalar, maktablar, oliy o‘quv -yurtlarining uning ulug‘ va tabarruk nomi bilan atalishi, Navoiyga bag‘ishlab buyuk san'at asarlariniig yaratilishi va boshqalar xalqimizning o‘z sеvikli va buyuk farzandiga mеxr-muhabbat ko‘rinishining ramziy ifodasidir.
Mamlakatimizda soʻnggi besh yilda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Jamiyatni modernizatsiyalash islohotlari qisqa muddatda oʻz natijalarini bera boshladi. Davlat va mahalliy hokimiyat organlari xalq manfaatlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, faoliyat yuritayotir. Fuqarolik jamiyati alomatlari kengaymoqda. Iqtisodiyotning asosi — oʻrta sinf shakllandi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati oʻsdi. Oʻzbekiston atrofdagi qoʻshni va boshqa xorijiy davlatlar uchun ochildi. Mamlakatdagi demokratik oʻzgarishlarni jahon jamoatchiligi eʼtirof etmoqda. Albatta, bu oʻzgarishlar yangi Oʻzbekiston poydevorini qurish jarayoni izchillik bilan davom etayotganini anglatadi.
Barcha islohot va tub oʻzgarishlar tashabbuskori Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”, degan soʻzlari mamlakatimiz istiqboli qanday boʻlishini bashorat qilmoqda.
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining 5-yoʻnalishi — “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish”ning asosiy maqsadlaridan biri, bu buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib etishga qaratilgan. Shu maʼnoda, bugun Alisher Navoiyning inson qadrini ulugʻlash, davlat hokimiyati organlari boshqaruvini maʼnaviy qadriyatlar asosida olib borishga oid boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish, uni xalqimiz oʻrtasida keng targʻib etish dolzarb vazifalardan biridir.
2021-yil 27-dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarimizga hazrat Navoiy ijodini chuqur oʻrgatishni tizimli yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlarkan, Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish vazifasini qoʻygan edi.
Prezidentimiz 2021-yil 17-avgustda matbuotga bergan intervyusida “Yangi Oʻzbekistonni barpo etish — yaqin va olis tariximiz, betakror va noyob madaniy boyliklarimizni yanada chuqur oʻrganib, ularga tayanib, mustaqil milliy taraqqiyot yoʻlimizni yangi bosqichda davom ettirish demakdir”, degan gʻoyani ilgari surishi, albatta, bejiz emas.
Hozirgi Renessans poydevorini qurish jarayonida XV asrda nafaqat ilmiy-ijodiy faoliyatda maʼnaviy qadriyatlarga oid noyob fikrlar bildirgan, balki oʻz shaxsiy hayoti maʼnaviy idealdan iborat boʻlgan, milliy iftixorimiz — Alisher Navoiy merosiga bot-bot murojaat qilishga zarurat tugʻilmoqda. Uning davlat boshqaruvini adolat prinsiplari va maʼnaviyat mezonlari asosida yoʻlga qoʻyishga oid merosini oʻrganish, ulardan hozirgi davrdagi islohotlar jarayonida keng foydalanish — yangi Oʻzbekistonni qurish konsepsiyasini yanada boyitadi, unda belgilangan inson qadrini ulugʻlash va adolat prinsiplariga oid maqsad-vazifalarni amalga oshirish jarayonlari jozibasini kuchaytiradi.
Alisher Navoiyning xalq uchun yashash, elga saxovat qilish, xizmat koʻrsatish, mazlumlar dardini bilish va ularni himoya etish kabi maʼnaviy qadriyatlarga oid mulohazalari, fikrlari, nasihatlarini jo qilgan merosi juda boy boʻlib, ularni hali toʻliq darajada oʻrgana olganimiz yoʻq. Izlanishlar koʻrsatadiki, u nafaqat buyuk shoir sifatida, balki ulugʻ davlat arbobi, adolatli va fozil jamiyat islohotchisi sifatida ham oʻzini namoyon etgan edi. Lekin hozirgi kunga qadar uning siyosiy arbob va islohotchi sifatidagi faoliyati toʻliq oʻrganilgan emas.
Agar tarixiy dalillarga murojaat qilsak, hazrat Navoiyning shoh oldidagi va saltanatdagi maqomi yuksak boʻlganiga guvoh boʻlamiz. Husayn Boyqaro saroyida unga Alisher Navoiy kabi kuchli taʼsir qila oladigan biror shaxs boʻlmagan.
Koʻpchilik adabiyotlarda Alisher Navoiyning Astrobodga hokimlik mansabiga tayinlanishi “uni saroydan uzoqlashtirish edi” qabilida baholanadi. Lekin baʼzi tarixiy manbalarni oʻrganish uning aksini koʻrsatadi: Alisher Navoiyni Astrobodga hokim qilishdan maqsad — oʻsha paytlarda davlat chegaralarida yangi qudratli kuchlarning paydo boʻlishi, ularning mamlakatga hujumlar qilish xavfining mavjudligi, bu tahdidlardan Alisher Navoiyning obroʻsi va nufuzidan foydalanish asnosida himoyalanish ekanligi oydinlashadi.
Shoh Husayn Boyqaro 1487-yilda hozirgi Ozarbayjon hududini egallagan Oq qoʻyunlilar hukmdori Yaʼqub bekka yozgan maktubida Alisher Navoiyni Astrobodga hokim mansabiga tayinlaganining asl sababi, shu bilan birga, uning davlat saltanatidagi yuksak siyosiy maqomini nihoyatda samimiy tarzda tavsiflab bergan. Mazkur maktubdan parcha keltiramiz:
Astrobodga hokim boʻladigan inson “...kamoli aqidatu ixlos va nihoyatda yaqinligu maxsuslik bilan birga, yana baland himmatlilik bezagida barchadan koʻrkam va shuhratu davlatmandlikda barchadan yuqori boʻlsin. Alhaq, bu saodatli sifatlarni oʻzida jamlagan kishi — poydor davlatimizning sirlariga mahram, osmon qadrli borgohimiz xilvatgohida (bizga) hamnishin, saltanatimiz ustuni, mamlakatimiz tayanchi, sulton hazratlarining ishonchlisi va xoqonlikning kifti Nizomuddin Alisherdir. Har qalay, u kishining parishtadek xislatlari (sizning) xushbaxt xotiringizga maxfiy boʻlmasa kerak. Misraʼ, agar senga u yor boʻlmasa, boshqa kim boʻladi! Bu (bizning) davlatning yorugʻ nuri va hashamat tongining yorqin shuʼlasi feruzarang ufqdan bolqigan (onlar)dan beri u (zot)ning jannatmonand suhbatidan bir lahza ham bosh tortilgan emas va tortilmaydi. Ammo yuqorida zikr qilingan ulugʻlar qoidasiga binoan, u taraflarning hukumatini tamoman mazkur amir (Alisher)ning tasarruf panjasi ihotasiga kiritib, muqarrar qildikki, u kishi doʻstlik va hamjihatlik silsilasini kun sayin harakatga keltirib, birdamlik va ittifoqlik omillarini taraqqiy ettirsin. ...Mazkur (amir) har nimaniki oʻz uhdasiga olishni lozim topsa, dinu davlatning toʻgʻri tadbiri va mulku millatning rivoji butunlay ana shunda ekanligiga sira shubha yoʻqdir. Uning pok xotiriga nimaiki kelsa va uni amalga oshirsa, (bizning) oftobdek nurli zamirimiz oldida ayni savob va ezgulikning oʻzginasidir».
Aytish joizki, Husayn Boyqaro sohibqiron Amir Temur va Shohruh Mirzodan keyingi eng qudratli hukmdor boʻlib, u Alisher Navoiydan boshqa mansabdor yoki hatto temuriylarga mansub davlat arboblaridan birortasini bu qadar samimiy va ulugʻvor tarzda tavsiflamagan, bu haqda boshqa daliliy hujjat uchramaydi. Koʻrinib turibdiki, Alisher Navoiy oʻz davrining mashhur, har tomonlama tan olingan, hatto qoʻshni mamlakatlar davlat arkonlari ham eʼtirof etgan buyuk bir inson boʻlgan.
Alisher Navoiy Astrobodga hokimlik davrida mamlakat sarhadlarida Husayn Boyqaro saltanatiga xavf solib turgan barcha siyosiy kuchlar tahdidi butunlay toʻxtaydi. Ular bilan doʻstona aloqalar oʻrnatiladi. Bu holatni Xondamirning quyidagi bitiklaridan bilish mumkin: «Mozandaron, Rustamdor va Gʻilon viloyatlarining hokimlari ul janobning Astrobodga hokim etib tayinlangani xabarini eshitib, itoat gardanlarini uning yelkasiga qoʻyib, Astrobodga maktub bilan elchilar orqali munosib tuhfa va hadyalar yuborib, oʻzlarining ixlos javohirlarini arz tavogʻiga qoʻydilar. Astrobod ul hashamatli amirning izzatli masnadi boʻlgan oʻsha kunlari oliy darajali podshoh, adolatpanoh Sulton Yaʼqub mirzo bir necha bor soʻzamol va ishonchli odamlarni faxrli choponlar va moʻl-koʻl tansiq mollar, inoyatli va marhamat uygʻotuvchi maktublar bilan yuborib, muhabbat va doʻstlikni kamolotiga yetkazdi».
Alisher Navoiyning oʻzi nafaqat gʻazal mulkining sultoni, balki maʼnaviy olamning gultoji, komil inson sifatida ham eʼtirof etilishi tabiiy holdir. U davlatni boshqarishni adolat va ezgu qadriyatlar asosida amalga oshirish tashabbuskori va islohotchisi boʻlishidan tashqari, “maʼnaviyat” tushunchasini ilk bor taʼriflab bergan mutafakkirdir.
Alisher Navoiy “maʼnaviyat” tushunchasini “maʼni”, maʼnaviyat sohiblarini “ahli maʼni” deb ataydi. Bu kabi tushuncha ehtimol yana kimningdir asarida uchrashi mumkin, lekin “ahli maʼni” atamasini turkiy xalqlar olamiga yoygan, davlatni boshqarishda qoʻllagan, amaliy hayotda sinovlardan oʻtkazgan mutafakkir bu — Alisher Navoiydir. U insoniyatni “ahli maʼni” va «ahli suvrat»dan iborat, deb koʻrsatadi. «Ahli suvrat» — bu toifaga mansub kishilar insoniy munosabatlarning faqat shaklu tamoyiliga muhim eʼtibor beradi. Ularga viqorli boʻlish, kibrlanish, zebu ziynatga berilish, oʻzgalarga zulm oʻtkazishdan huzurlanish mansub. Ular goʻyoki:

Download 58.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling