Alisher Navoiy hayoti va ijodi Reja Alisher Navoiy hayoti Alisher Navoiy asarlari


Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar


Download 29.15 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.15 Kb.
#1490196
1   2   3   4
Bog'liq
A. NAvoiy hayoti

Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar
G‘azallar
Qaro ko‘zum
Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,
Sochingni boshtin ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida terni ko‘rub o‘lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.

Xulosa
O‘zbekistonning har bir burchagida Navoiy nomi bilan nomlangan maskanlar va manzillar bor. Jumladan: bir viloyat (Navoiy viloyati), shahar, (Navoiy shahri), oliy o‘quv yurti (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti instituti), O‘zbekiston milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Adabiyot muzeyi, Toshkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, San’at saroyi, Toshkentdagi metro bekati, o‘nlab ko‘chalar va jamoa xo‘jaliklariga Alisher Navoiy nomi berilgan. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti hamda talabalar uchun davlat stipendiyasi ham mavjud.


Respublika hududlaridan tashqari Alisher Navoiy haykallari dunyoning Moskva, Minsk, Vashington, Tokio, Boku, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida o‘rnatilgan.

Adabiyotlar ro'yxati
I. Karimov Barkamol avlod orzusi. T.2000
2. Karimov Istiqlol va ma'naviyat T.1994
3. O'zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978.
4. N.M.Mallayev. O'zbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, "O'qituvchi". T., 1976.
5. O'zbek adabiyoti tarixi, 5 tomlik, 1-tom, "Fan", T., 1977.
6. Fozilov E. Sharqning mashhur filologlari. "Fan", T., 1971.
7. Haqqulov I. Tasavvuf va she'riyat. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T., 1990.
8 Shomuhamedov Sh. Fors-tojik adabiyoti klassiklari. O'zadabiynashr. T., 1963.
9. Homidov H. "Qirq besh alloma hikoyati". "Fan", T., 1994.
10. Haqqul I. "Tasavvuf va she'riyat". G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashr. T., 1992.
11. Ahmedov B. Ajdodlar o'giti. "Cho'lpon", T., 1991.
12. Jalolov T. Go'zallik olamida. Tanlangan asarlar. G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashr. T., 1979.
13. Valixo'jayev B. O'zbek epik poeziyasi tarixidan. "Fan", T., 1974.
14. Valixo'jayev B. O'zbek adabiyotshunosligi tarixi. X-XIX asrlar. "O'zbekiston", 1993.
Download 29.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling