“Alisher Navoiy Ijodi ma’navifat Durdonasi” deb nomladik.
1-boshlovchi:
Assalom tilimning shaydolariga
Assalom elimning shaydolariga
Assalom onadek tilni qutlovchi
Assalom bilimning shaydolariga
2-boshlovchi:
Assalom murabbiy aziz ustozlar.
Tantanadir koshonalarda
Madh etaman buyuk bobom nomini
Ruhlarin shod etib tavallud kunda.
Assalom Navoiy mo’tabar ustoz.
Xalqimiz e'zozlagan buyuk ajdodim.
Assalom bobomiz buyuk alloma
Yo'limiz yoritguvchi porloq quyoshim.
1-boshlovchi:
Assalom – u alaykum hurmatli ustozlar, mehribon ota – onalar .
2-boshlovchi:
Assalom–u alaykum maktabdosh do’stlar–u, qadrli mehmonlar.
1-boshlovchi:
Bugungi tadbirimiz ulug’ bobomiz Alisher Navoiy tavallud kuniga bag’ishlanadi.
2-boshlovchi:
Chunki har birimiz ulug’ bobomiz ijodini o’rganishimiz lozim.
1-boshlovchi:
Shuning uchun ham kechamizni “Alisher Navoiy Ijodi ma’navifat Durdonasi”deb nomladik.
2-boshlovchi:
Endi esa o’quvchilarimiz o’zlari A.Navoiy bobomiz hayoti va ijodining qisqacha solnomasi haqida ma’lumot berib o’tadilar.
1- o’quvchi:
1441 – yil 9 – fevral A.Navoiy tavallud topgan sana. Hirot A.Navoiy tavallud topgan shahar.Huroson davlatining poytaxti.
2- o’quvchi:
G’iyosiddin Bahodir – A.Navoiyning otasi Temuriylar xonadoniga yaqin amaldorlardan. Otasining ismi hechbir tarixiy manbaalarda uchamaydi.Ammo otasi va onasi o’z davrining Temuriylar saroyida xizmat qilgan.
Otam bu ostonanning xokbezi, Onam ham bu sara bo’ston kanizi.
3- o’quvchi:
Mirsaid Kabuliy, Muhammad Ali G'aribiy - Alisher Navoiyning tog'alari o'z davrining ma'rifatli kishilaridan bo'lgan.
1445-yil 4 yoshili Alisher Navoiy oliy nasab xonalarning farzandlari ta'lim oladigan maktabga boradi, shu paytdan yozish, o'qishni o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |