Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan nizom asosida ish yurituvchi direktor U


Xizmat (mahsulot)ni topshirish va qabul qilish


Download 18.57 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi18.57 Kb.
#1392294
1   2   3
Bog'liq
ISBN-C-41394

3. Xizmat (mahsulot)ni topshirish va qabul qilish
3.1. “Buyurtmachi” shartnomaning 1.1. bandida ko'rsatilgan umumiy summaning 30 % ini “Bajaruvchi”ning tegishli xisobraqamiga oldindan pul o'tkazish yo'li bilan o'tkazgandan kundan boshlab “Bajaruvchi” 10 bank kuni ichida xizmat (mahsulot)ni o'rnatilgan tartibda topshiradi.
3.2. “Buyurtmachi” shartnomaning 1.1. bandida ko'rsatilgan umumiy summaning 70 % ini “Bajaruvchi”ning tegishli xisobraqamiga oldindan pul o'tkazish yo'li bilan o'tkazgandan kundan boshlab “Buyurtmachi” 10 bank kuni ichida xizmat (mahsulot)ni o'rnatilgan tartibda qabul qilib oladi.


4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
4.1. “Buyurtmachi” tomonidan shartnomaning 2.1. bandi bajarilmagan holda “Bajaruvchi” ushbu shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
4.2. “Buyurtmachi” tomonidan shartnomaning 2.2. bandi bajarilmagan holda kechiktirilgan har bir kun uchun to'lanmagan summaning 0,4 % miqdorida jarima to'laydi. Umumiy jarima summasi shartnoma umumiy summasining 50 % idan oshmasligi shart.
4.3. “Bajaruvchi” tomonidan shartnomaning 3.1. bandi bajarilmagan, kechiktirilgan har bir kun uchun shartnoma umumiy summasining 0,4 % miqdorida jarima to'laydi. Umumiy jarima summasi shartnoma umumiy summasining 50 % idan oshmasligi shart.
4.4. Tomonlar mazkur shartnomada ko'zda tutilmagan holatlarda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ish yuritadilar.

5. Fors-major
5.1. Agar shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik yengib bo'lmas kuch oqibatida (“fors-major” holatlarida), shartnoma tuzilgandan so'ng yuzaga kelgan favqulodda hodisalar natijasida (tabiiy ofatlar, hukumat qarorlari v.x.) vujudga kelgan bo'lsa, Tomonlar shartnoma bo'yicha majburiyatlari qisman yoki to'liq bajarilmagani uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.


6. Qo'shimcha shartlar
6.1. Nizolar tomonlarning o'zaro muzokaralari orqali, o'zaro muzokaralar orqali hal etilmagan holatda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida hal etiladi.



Download 18.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling