Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha tahliliy m a ‘ L u m o t I
Download 237.78 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlarni o‘tkazilishi to‘g‘risida
- Foto-rasmlar ko‘rgazmasi, tanlovlar, filmlar namoyishi
- Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar (ilmiy anjuman, davra suhbati, xotira kechasi, ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy kecha)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha tahliliy M A ‘ L U M O T I O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-son, 2011 yil 23 fevraldagi “2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurslari xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1487-son, 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi PQ-1729-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2017 yil 17 avgustdagi “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3223, 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi o‘rinlarda – Milliy kutubxona deb yuritiladi) tomonidan 2017 yil to‘qqiz oyligida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Milliy kutubxonaning umumiy fondi – 7 287 202 nusxani tashkil etib, shundan bosma fond 10 296 nusxaga ko‘paydi va umumiy soni – 6 723 540 nusxani, elektron ko‘rinishdagi resurslar – 45 571 nusxaga ko‘payib, umumiy soni 563 662 taga yetdi. Milliy kutubxona ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar soni jami – 177 343 nafarni tashkil etib, hisobot davrida kutubxonada 20 718 nafar foydalanuvchi ro‘yxatga olindi. O‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilarning jami tashrifi – 695 193 marotabani, shundan: kutubxonaga tashrif buyurganlar – 593 599, kutubxona veb-saytidan foydalanganlar – 101 594 ni tashkil qildi, kitob berish – 4 060 529 nusxani tashkil qilib, veb-saytdagi ichki manbalarga – 346 176 ta murojaatlar bo‘ldi. Avtomatlashtirish jarayonlarini joriy etish bo‘yicha elektron resurslarni yaratish, jumladan elektron katalogni to‘ldirish ishlari – 663 510 elektron bibliografik yozuvlarni elektron nashrlarni tashkil etdi. Skanerlash va nusxa ko‘paytirish xizmati tomonidan foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan hamda yangi adabiyotlarni elektron nusxasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilib, hisobot davrida jami 18 740 ta nashrlarni to‘liq elektron nusxalarining elektron shakli yaratildi. Jumladan: kitoblar – 3083, avtoreferatlar – 745, qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar 347, gazetalar – 14 565 nusxa. Hisobot davrida Milliy kutubxonani moliyalashtirishi uchun davlat byudjetidan 3 234 214,0 ming so‘m, shu jumladan xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlariga – 1 266 798,0 ming so‘m, ijtimoiy to‘lovlar uchun – 314 166,0 ming so‘m va boshqa harajatlarga – 1 653 250,0 ming so‘m miqdorida mablag‘lar ajratildi. O‘rtacha oylik maosh 1100,0 ming so‘mni tashkil etdi. Milliy kutubxonaning muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi mavjud emas. Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida Milliy kutubxona tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatini ayrim turlari (axborot-kutubxona tarmog‘i) bo‘yicha to‘lov asosida jami 550 367,4 ming so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi.
2. Ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlarni o‘tkazilishi to‘g‘risida “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar Rejasi” ishlab chiqilib, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan kelishildi (12 yanvar 2017 yil). Hisobot davrida Milliy kutubxona jami 238 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazdi. Shundan: O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalariga bag‘ishlangan 95 ta mavzuli va shaxsga oid ko‘rgazmalar, 17 ta “Milliy kutubxonaga kelib tushgan yangi nashrlar” ko‘rgazmalari; rasmlar va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi 9 ta; muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlikda 45 ta ijtimoiy-madaniy tadbirlar va Milliy kutubxonaning 2017 yilga mo‘ljallangan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar rejasiga asosan 72 ta tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan:
Adabiyotshunos olim, professor, pedogog Botirxon Akramning “Fasohat mulkining sohibqironi”, “Ma’rifat fidoyisi” hamda “Hayratlar olami” deb nomlangan uch kitob taqdimoti; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist G‘ulom Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli kitobi taqdimoti; O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy- tadqiqot markazi (endilikda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti) hamkorligida Muxammadaziz Faxriddinovning “O‘zbekistonda limonchilikni rivojlantirish sinoatlari” va «Osobennosti vыraщivaniya sitrusov v Uzbekistane» nomli kitoblari taqdimoti; Imom Buxoriy xalqaro markazi bilan hamkorlikda “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” taqdimoti; “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ilmiy jamoasi tomonidan chiqarilgan yangi nashrlar taqdimoti; Psixoterapevt, psixolog Zebiniso Ahmedovaning “Aqlli xotin bo‘lish qoidalari” nomli kitobi taqdimoti; Toshkentlik shoira Adel Chilyakovaning “Jemchujinы cheshskoy poezii” (Chex she’riyatining durdonalari) nomli she’riy to‘plam taqdimoti; Tarix fanlari doktori Shohistaxon O‘ljaevaning “Amir Temur davlat boshqaruvi” nomli kitobi taqdimoti; Yozuvchi Nurali Qobulning “Sohibqiron” tarixiy epopeyasi taqdimoti; San’atshunoslik fanlari doktori, professor Oltinoy Tojiboevaning “Epos va teatr” nomli kitobi taqdimoti; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘raevning Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan “Yurak bo‘ronlari” nomli kitobi taqdimoti; Siyosiy fanlar doktori, ikki karra “Eyfel”(Fransiya) stipendiyasi laureati Sardor Usmanovning “Iskusstvo masshtabnogo mыshleniya” (Keng fikrlash san’ati) nomli kitobi taqdimoti; Xalqaro jurnalist Laziz Rahmatovning “Onalik va bolalik: o‘zgarayotgan dunyo” nomli kitobi taqdimoti; “Ajoyib kishilar hayoti” turkumida chop etilgan, O‘zbekiston Qahramoni Z. Muhammadjonov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Nurli mangulik” nomli kitobi taqdimoti;
Zamonaviy qozoq adabiyotining taniqli namoyandasi, Qozog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti va Sholoxov nomidagi Xalqaro mukofot sovrindori, Rossiya pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining akademigi Sobit Do‘sanovning “Qashqir uligan tun” nomli kitobi taqdimoti Professor Yunus Turaevning «XX asr o‘zbek estrada qo‘shiqlari» nomli kitobi taqdimoti; Psixolog Zebiniso Ahmedovaning “Faqat ajrama” nomli kitobi taqdimoti; Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan L.Xachaturovaning “Kosmicheskaya skazka ili Marsianskie xroniki kota Belisha i yego druzey” va “Bolshoy sekret ili vesyolыe priklyucheniya gnomov Tika i Taka” nomli kitoblari taqdimoti; Venger yozuvchisi Yanosh Aranning “Skazka o volshebnom olene” nomli kitobining taqdimoti Isroil yozuvchisi Leya Goldbergning “Ijara uchun uy” nomli bolalar uchun mo‘ljallangan kitobi taqdimoti (Isroil elchixonasi bilan birgalikda); Iste’dodli shoira Malika Salimovaning “Uchinchi dunyo” nomli kitobining taqdimoti; Musiqashunos, professor Adiba Sharipovaning “Ijrochilik va pedagogika alkimyosi” nomli kitobining taqdimoti va boshqalar. Adabiyotlar ko‘rgazmasi O‘zbekiston xalq artisti, teatr aktyori Rixsi Avazov tavalludining 75 (1942) yilligi munosabati bilan “Sahna qonuni, bu...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, bolalar yozuvchisi, dramaturg Shukur Sa’dulla tavalludining (1912-1972) 105 yilligi munosabati bilan “Bolalarning bolajon yozuvchisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori va professor Nasriddin Abrorovich Sirojiddinov tavalludining 85 (1932) yilligiga bag‘ishlangan “O‘zimizning al-kimyogar” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbek bolalar shoiri Zafar Diyor tavalludining 105 yilligi (1912-1946) munosabati bilan “Avlodlardan avlodlarga atalgan ijod” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi; O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun (1938 yil 30 yanvar) munosabati bilan “Mustaqilligimiz fidoyisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan “Fasohat mulkining sohibqironi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan “Andadur joni Boburning...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Jo‘ra Abdullaev tavalludining 90 yilligi (1927) munosabati bilan “Haqiqiy tadqiqotchi va ixtirochi olim” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa, rejissyor Zaynab Sodiqova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “San’atdan kuch olgan ayol” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston FA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor Akmaljon Qosimov, tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Akademikni yod olib” deb nomlangan kitob- rasmli ko‘rgazma; Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan “Ma’naviy boylik timsoli” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston FA akademigi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Vladimir Popov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Insoniyatga qoldirilgan meros” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ona borki, olam munavvar” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan “Quyosh va yurakdan uzilgan parcha” deb nomlangan ko‘rgazma; Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadaminga hasanot Navro‘z” mavzusida ko‘rgazma; Xalqaro teatr kuni munosabati bilan “Sahna san’ati-qalblar mushtarakligi” mavzusida adabiyotlar ko‘rgazmasi; O‘zbek futboliga bag‘ishlangan “Millionlarni maftun etgan futbol” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Ko‘plardan ulug‘dir o‘qigan farzand” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Qomusiy olim, buyuk matematik, astronom Abu Abbos Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1220 yilligi munosabati bilan “Dunyoga dars bergan olim” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan “Kitob ezgulikka chorlaydi” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazma; O‘zbekiston FA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor Abdusattor Abdukarimov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Biologiya olamidagi buyuk ixtirochi” deb nomlangan kitob ko‘rgazma; Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temurga ehtirom” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazma; Ilm-fan kuniga bag‘ishlangan “Ilm-fan yutuqlari va taraqqiyoti” nomlangan kitob- rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston xalq artisti, operator, rejissyor Malik Qayumov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlab “Tasvir va so‘z uyg‘unligi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlari” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, genetik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom Abram Malsev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Serqirra bilim sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Xalqaro raqs kuniga bag‘ishlangan “Raqs –asl go‘zallik ramzi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan «Bepoyon koinotga yo‘l» nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston Qahramoni unvoni, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun munosabati bilan ko‘rgazma; Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Inson xotirasi-aziz, qadri sarbaland” nomli ko‘rgazma; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor Ibrohimjon Iskandarov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Iqtisodiyotning barqaror rivoji” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Vohid Abdullaev tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Adabiyot – maslagim mening” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi; Xalqaro oilalar kuni munosabati bilan “Oila farovonligi– jamiyat barqarorligi negizi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan “Muzey-tarixiy xotirani tiklash maskani” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston xalq hofizi, musiqashunos, jamoat arbobi Orif Alimaxsumov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan El ardoqlagan xofiz” adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi; Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalarga beraylik dunyoni” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Buyuk rus shoiri, dramaturg va nosir Aleksandr Pushkin tavalludining 218 yilligiga bag‘ishlangan “Avlodlar shoiri” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Ulug‘ turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli ijodiga bag‘ishlangan “Maxtumquli – ikki xalqning shoiri” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Bastakor, dirijyor, o‘zbek operasi asoschilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Muxtor Ashrafiy tavalludining 105 yilligiga “Ohanglarga hamohang umr” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Butunjahon bolalar futboli kuniga bag‘ishlangan «Bolalar futboli - futbolimiz kelajagi poydevori» deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan “Ommaviy axborot vositalari - jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan “G‘urur va iftixorimiz ramzi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston xalq yozuvchisi, hajv ustasi, noshir, jamoat arbobi Ne’mat Aminov (1937-2005) tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Qalamidan hajv yog‘ilgan adib” nomlangan kitob rasmli ko‘rgazma; Butunjahon shaxmat kuniga bag‘ishlangan “Kataklarda naqshlangan zehn” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma (1802-1870) tavalludining 215 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk Farangiston adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov (1912-1995) tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Go‘zallikka intilib” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Fidoying bo‘lgaymiz sening O‘zbekiston!” deb nomlangan kitob rasmli ko‘rgazma; O‘zbekiston FA akademigi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Habib Abdullaev (1912-1962) tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Ilmga baxshida umr” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan “Xotira abadiy, ajdodlar ruhi muqaddas” deb nomlangan kitob rasmli ko‘rgazma Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan “Xotira abadiy, ajdodlar ruhi muqaddas” deb nomlangan kitob rasmli ko‘rgazma;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, fizika- matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston FAning birinchi prezidenti Qori- Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Matematikaning betakror olamida” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zulmatni yoritgan chaqmoq” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;
O‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973– 1048) tavalludiga bag‘ishlangan “Buyuk qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va boshqalar. Foto-rasmlar ko‘rgazmasi, tanlovlar, filmlar namoyishi “Mutolaaga bir daqiqangni bag‘ishla!” aksiyasi; “Mushtum” jurnali sahifalaridan o‘rin olgan karikaturalar ko‘rgazmasi; Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan «Birgalikda o‘qiymiz” loyihasi doirasida mahorat darsi; “Toshkentning keng bag‘ri” (“Bolshoe serdse Tashkenta”) deb nomlangan hujjatli film taqdimoti; O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidagi mumtoz qo‘shiqlarni o‘zida aks ettirgan gramplastinkalar ko‘rgazmasi; “Leningradskiy” zavodida ishlab chiqilgan: xalq kuylari, komedik va dramatik janrdagi, opera, estrada janri hamda kinofilmlarga ishlangan musiqalar ijrosidagi gramplastinkalar ko‘rgazmasi; “Noginskiy” zavodida ishlab ishlab chiqilgan: simfonik orkestr, balalayka, fortopiano va xor ijrosidagi rus xalq kuylari gramplastinkalar ko‘rgazmasi; O‘zbek klassik yo‘nalishi bo‘yicha keksa san’at ustalari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar jamlangan gramplastinkalar (maqomchilik yo‘nalishi) Mulla To‘ychi Toshmuxamedov nomli zovodda ishlab chiqilgan gramplastinkalar ko‘rgazmasi; O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosbati bilan “O‘zbekiston” deb nomlangan hujjatli film namoyishi; O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy tavalludining 120 yilligi munosabati bilan “Taqdir bu - davr” nomli film taqdimoti; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova ijodiga bag‘ishlangan foto-rasmlar ko‘rgazmasi; O‘zbekiston xalq artisti G.Yoqubova ijodidan parchalar muhrlangan hujjatli filmlar va foto rasmlar namoyishi; Aktyor, kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov faoliyatiga bag‘ishlangan film namoyishi va boshqalar.
Bastakor, xonanda va sozanda, o‘zbek musiqa merosi to‘plovchisi, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston FA akademigi Yunus Rajabiy (1897-1976) tavalludining 120 yilligi munosabati bilan “Mangu musiqamiz darg‘asi” mavzusida xotira kechasi; Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatandin yaxshi yor bo‘lmas” mavzusida tadbir; “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda “Shaxs kamolotida kitobxonlik madaniyati” mavzusida davra suhbati; O‘zbekiston xalq artisti, professor, o‘zbek rejissyori Shuhrat Abbosov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Shuhrat Abbos shuhrati” mavzusida ijodiy uchrashuv; O‘zbekiston xalq artisti, sozanda Turg‘un Alimatov (1922-2008) tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Dargohi azaldan xabar berguvchi tanbur” mavzusida xotira kechasi;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Natan Mallaev (1922-1996) tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Mumtoz adabiyot ilmining zargari” mavzusida xotira kechasi; O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi Xakim Sattoriyning “Hazrat Sohibqiron” va “Sohibqiron abadiyati” nomli kitoblari taqdimoti; “O‘qi degani, bu-ilohiy kalom” mavzusida davra-suhbati; O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kunga bag‘ishlangan “Mustaqilligimiz fidoyisi” deb nomlangan davra suhbati; Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Navoiy asarlaridagi ezgu g‘oyalarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida adabiy kecha; Alisher Navoiy baytlari, g‘azallari va ruboiylaridan iborat bo‘lgan mushoira; Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlangan “Yoshlar kamolotida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida adabiy kecha; O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Hayotning har lahzasi go‘zal...” deb nomlangan davra suhbati; O‘zbekiston xalq artisti, ustoz san’atkor Baxtiyor Ixtiyorov bilan “Baxti kulgan Baxtiyor” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; Atoqli shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi Nodirabegim tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan «Yorning vasli emas ozorsiz...» deb nomlangan anjuman; Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan “Til madaniy merosni asrab avaylash va rivojlantirish vositasidir” mavzusida tadbir; “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Toshkent viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Farovon hayot – qo‘limizda” mavzusida davra suhbati; “Kitobxonlik – ma’naviy barkamollik belgisi” mavzusida davra-suhbati; O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati tomonidan “O‘zbekiston “Adolat” SDP tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi” mavzusida o‘quv-seminar; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sharqshunos, filologiya fanlari doktori Ismatilla Abdullaev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Mashriqzamin alloma” mavzusida davra suhbati; Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishining “Kitob - yuksak ma’naviyat manbai” mavzusida davra-suhbati; Yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida «Mushoira etadi davom» rukni ostida she’riyat kechasi; “Mushtum” jurnalining 94 yilligi munosabati bilan jurnal ijodkorlari ishtirokida “Hamon safda, hamon haqgo‘y” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zingdan aylanay!” deb nomlangan adabiy-musiqiy kecha; O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning 70 yilligiga bag‘ishlangan “Odamiylik mulki” deb nomlangan davra-suhbati; Xalqaro teatr kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti Abror Hidoyatov ijodiga bag‘ishlangan “San’atning barhayot siymosi” deb nomlangan xotira kechasi; Qomusiy olim, buyuk matematik, astronom Abu Abbos Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1220 yilligi munosabati bilan “Al Farg‘oniy saodati” deb nomlangan davra suhbati; Ilm-fan kuniga bag‘ishlangan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA akademigi Jo‘ra Abdullaev bilan ijodiy uchrashuv; Sharqshunos olim, diplomat, Shamsiddinxon Boboxonovning 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi; Bahodir Abdullaevning “Kapalak umriga qiyos lahzalar” deb nomlangan kitob taqdimoti; O‘zbekiston xalq artisti, operator, rejissyor Malik Qayumov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi; "Kitob yoshlar ma’naviy kamolotining asosiy mezoni" rukni ostida “Abdulla Qodiriy saboqlari” deb nomlangan davra suhbati; Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda «Bolalarni ma’naviy va jismoniy rivojlanishida axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya; O‘zbekistonda Internet jurnalistika rivojining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Talabalarning VIII an’anaviy mediakonferensiyasi; O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi ingliz tili so‘zlashuv klubi a’zolari ishtirokida “O‘zbekistonda ta’lim” mavzusida davra-suhbati; 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Faxriylarimiz ehtirom va e’zozda” deb nomlangan davra suhbati; Boshqird-tatar milliy madaniyat markazining “Agidel” klubi bilan hamkorlikda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy kecha; O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotirangiz kalblarda mangu” deb nomlangan tadbirlar turkumi; O‘zbekiston xalq hofizi, musiqashunos, jamoat arbobi Orif Alimaxsumov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Cho‘li Iroq qo‘shig‘ini aytib... ” deb nomlangan xotira kechasi; Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan O‘zbek akademik drama teatri ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv; Xalqaro raqs kuni va M.Turg‘unboeva nomidagi “Bahor” raqs ansamblining 60 yilligi munosabati bilan “Raqs –asl go‘zallik ramzi” deb nomlangan musiqiy kecha; Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Har bir farzandga mehr, e’tibor” mavzusida tadbir; Buyuk rus shoiri A.S. Pushkin tavalludining 218 yilligiga bag‘ishlangan “Pushkinni yod etib” nomli adabiy-badiiy kecha; Ulug‘ turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli ijodiga bag‘ishlangan “Maxtumquli yurtidan navolar” nomli davra suhbati; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik Pavel Georgievich Bulgakov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Mangulikka xizmat qilgan alloma” mavzusida xotira kechasi; “Shodlik” davlat ashula va raqs ansamblining 80 yilligi munosabati bilan “Shodlik ulashgan... ” deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha; O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “ Qalblardan joy olgan aktyor” deb nomlangan davra suhbati; Toshkentdagi Birlashgan Britaniya Qirolligi va Shimoliy Irlandiya elchixonasi bilan hamkorlikda “Buyuk Britaniyada ta’lim” mavzusida davra suhbati; O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi marosimi; O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Fidoying bo‘lgaymiz sening O‘zbekiston!” deb nomlangan davra suhbati;
"Asian fight-2017" xalqaro turnir oldi matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova bilan “Sahnada ochilgan gul” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 110 yilligi munosbati bilan “Betakror uslub va jozibadorlik sohibi” mavzusida xotira kechasi; O‘zbekiston xalq artisti Gulsara Yoqubova tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Sahnamizning guli sarasi” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 110 yilligi munosbati bilan “Betakror uslub va jozibadorlik sohibi” mavzusida xotira kechasi; “KAFOLAT sug`urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida davra-suhbati; Aktyor, kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov xotirasiga bag‘ishlangan kecha
va boshqalar. Shuningdek, kutubxona faoliyati bilan tanishtiruvchi ekskursiyalar tashkil qilinib, o‘tgan davr mobaynida 128 tashkilotdan 4 803 kishi qatnashdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning barchasi Milliy kutubxonaning rasmiy veb-sayti www.natlib.uz hamda elektron ommaviy axborot-vositalarida yoritilib borildi. Download 237.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling