Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha tahliliy m a ‘ L u m o t I


Download 237.78 Kb.

bet1/3
Sana01.11.2017
Hajmi237.78 Kb.
  1   2   3

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 

2017 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha tahliliy 

M A ‘ L U M O T I 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  20  iyundagi  “Respublika 

aholisini  axborot-kutubxona  bilan  ta’minlashni  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  PQ-381-son, 

2011  yil  23  fevraldagi  “2011-2015  yillarda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 

asosida axborot-kutubxona va axborot-resurslari xizmatlarini  yanada sifatli rivojlantirish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-1487-son,  2012  yil  20  martdagi  “Alisher  Navoiy 

nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi  –  axborot  resurs  markazi  faoliyatini  tashkil 

etish  choralari  to‘g‘risida”gi  PQ-1729-son,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2017  yil  7  fevraldagi  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 

Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son,  2017 yil 17 avgustdagi “O‘zbekiston 

matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3223, 

2017  yil  13  sentyabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  nashr  etish  va  tarqatish  tizimini 

rivojlantirish,  kitob  mutolaasi  va  kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ib  qilish 

bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlar  dasturi  to‘g‘risida”gi  PQ-3271-sonli  qarorlari  ijrosini 

ta’minlash  maqsadida,  Alisher  Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi 

(keyingi  o‘rinlarda  –  Milliy  kutubxona  deb  yuritiladi)  tomonidan  2017  yil  to‘qqiz 

oyligida quyidagi ishlar amalga oshirildi. 

1.

 

Milliy kutubxonaning asosiy ko‘rsatkichlari  

Milliy  kutubxonaning  umumiy  fondi  –  7 287 202  nusxani  tashkil  etib,  shundan 

bosma  fond  10  296  nusxaga  ko‘paydi  va  umumiy  soni  –  6 723  540  nusxani,  elektron 

ko‘rinishdagi resurslar – 45 571 nusxaga ko‘payib, umumiy soni 563 662 taga yetdi. 

Milliy  kutubxona  ro‘yxatidan  o‘tgan  foydalanuvchilar  soni  jami  –  177 343  nafarni 

tashkil  etib,  hisobot  davrida  kutubxonada  20  718  nafar  foydalanuvchi  ro‘yxatga  olindi. 

O‘tgan  davr  mobaynida  foydalanuvchilarning  jami  tashrifi  –  695  193  marotabani, 

shundan:  kutubxonaga  tashrif  buyurganlar  –  593  599,    kutubxona  veb-saytidan  

foydalanganlar – 101 594 ni tashkil qildi, kitob berish – 4 060 529 nusxani tashkil qilib, 

veb-saytdagi ichki manbalarga  – 346 176 ta murojaatlar bo‘ldi.  

Avtomatlashtirish  jarayonlarini  joriy  etish  bo‘yicha  elektron  resurslarni  yaratish, 

jumladan  elektron  katalogni  to‘ldirish  ishlari  –  663 510  elektron  bibliografik  yozuvlarni 

elektron nashrlarni tashkil etdi.  

Skanerlash  va  nusxa  ko‘paytirish  xizmati  tomonidan  foydalanuvchilar  tomonidan 

ko‘p  so‘raladigan  hamda  yangi  adabiyotlarni  elektron  nusxasini  yaratish  bo‘yicha  ishlar 

olib  borilib,  hisobot  davrida  jami  18  740  ta  nashrlarni  to‘liq  elektron  nusxalarining 

elektron  shakli  yaratildi.  Jumladan:  kitoblar  –  3083,  avtoreferatlar  –  745,  qo‘lyozmalar, 

nodir va alohida qimmatga ega nashrlar 347, gazetalar – 14 565 nusxa.   

Hisobot  davrida  Milliy  kutubxonani  moliyalashtirishi  uchun  davlat  byudjetidan       

3  234  214,0  ming  so‘m,  shu  jumladan  xodimlarning  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan 

to‘lovlariga – 1 266 798,0 ming so‘m, ijtimoiy to‘lovlar uchun – 314 166,0 ming so‘m va 

boshqa  harajatlarga  –  1  653  250,0  ming  so‘m  miqdorida  mablag‘lar  ajratildi.  O‘rtacha 

oylik  maosh  1100,0  ming  so‘mni  tashkil  etdi.  Milliy  kutubxonaning  muddati  o‘tgan 

debitorlik  va  kreditorlik  qarzdorligi  mavjud  emas.  Shu  bilan  birga,  o‘tgan  davr 

mobaynida  Milliy  kutubxona  tomonidan  aholiga  axborot-kutubxona  xizmatini  ayrim 

turlari  (axborot-kutubxona  tarmog‘i)  bo‘yicha  to‘lov  asosida  jami  550  367,4  ming 

so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi. 

 


2. Ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlarni o‘tkazilishi to‘g‘risida 

“Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil ma’naviy-

ma’rifiy  tadbirlar  Rejasi”  ishlab  chiqilib,  Respublika  ma’naviyat  targ‘ibot  markazi 

tomonidan kelishildi (12 yanvar 2017 yil).          

Hisobot  davrida  Milliy  kutubxona  jami  238  ta  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarni 

o‘tkazdi. Shundan:  

O‘zbekistonning  muhim  va  unutilmas  sanalariga  bag‘ishlangan  95  ta  mavzuli  va 

shaxsga  oid  ko‘rgazmalar,  17  ta  “Milliy  kutubxonaga  kelib  tushgan  yangi  nashrlar” 

ko‘rgazmalari; 

 rasmlar va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi 9 ta;  

muassasa  va  tashkilotlar  bilan  hamkorlikda  45  ta  ijtimoiy-madaniy  tadbirlar  va 

Milliy  kutubxonaning  2017  yilga  mo‘ljallangan  ma’naviy-  ma’rifiy  tadbirlar  rejasiga 

asosan  72 ta tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan:   

Kitob taqdimoti 

Adabiyotshunos olim, professor, pedogog  Botirxon Akramning “Fasohat mulkining 

sohibqironi”,  “Ma’rifat  fidoyisi”  hamda  “Hayratlar  olami”  deb  nomlangan  uch  kitob 

taqdimoti; 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  jurnalist  G‘ulom  Mirzoning  “Mustaqillikning 

zalvorli odimlari” nomli kitobi taqdimoti; 

O‘zbekiston  Milliy  universiteti  qoshidagi  Polimerlar  kimyosi  va  fizikasi  ilmiy-

tadqiqot  markazi  (endilikda  O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  qoshidagi  Polimerlar 

kimyosi  va  fizikasi  ilmiy-tadqiqot  instituti)  hamkorligida   

Muxammadaziz  

Faxriddinovning    “O‘zbekistonda    limonchilikni  rivojlantirish  sinoatlari”    va 

«Osobennosti vыraщivaniya sitrusov v Uzbekistane» nomli kitoblari taqdimoti; 

Imom  Buxoriy  xalqaro  markazi  bilan  hamkorlikda    “O‘rta  asr  Sharq  allomalari  va 

mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” taqdimoti; 

“Qatag‘on  qurbonlari  xotirasi”  muzeyi  ilmiy  jamoasi  tomonidan  chiqarilgan  yangi 

nashrlar taqdimoti; 

Psixoterapevt,  psixolog  Zebiniso  Ahmedovaning  “Aqlli  xotin  bo‘lish  qoidalari” 

nomli kitobi taqdimoti; 

Toshkentlik  shoira  Adel  Chilyakovaning  “Jemchujinы  cheshskoy  poezii”  (Chex 

she’riyatining durdonalari) nomli she’riy to‘plam taqdimoti; 

Tarix  fanlari  doktori  Shohistaxon  O‘ljaevaning  “Amir  Temur  davlat  boshqaruvi” 

nomli kitobi taqdimoti; 

 Yozuvchi Nurali Qobulning “Sohibqiron” tarixiy epopeyasi taqdimoti; 

San’atshunoslik  fanlari  doktori,  professor  Oltinoy  Tojiboevaning  “Epos  va  teatr” 

nomli kitobi taqdimoti; 

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘raevning Botir 

Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan “Yurak bo‘ronlari” nomli kitobi taqdimoti; 

Siyosiy  fanlar  doktori,  ikki  karra  “Eyfel”(Fransiya)  stipendiyasi  laureati  Sardor 

Usmanovning  “Iskusstvo  masshtabnogo  mыshleniya”  (Keng  fikrlash  san’ati)  nomli 

kitobi taqdimoti; 

Xalqaro  jurnalist  Laziz  Rahmatovning  “Onalik  va  bolalik:  o‘zgarayotgan  dunyo” 

nomli kitobi taqdimoti; 

“Ajoyib  kishilar  hayoti”  turkumida  chop  etilgan,  O‘zbekiston    Qahramoni  Z. 

Muhammadjonov  hayoti  va  ijodiga  bag‘ishlangan    “Nurli  mangulik”  nomli  kitobi 

taqdimoti; 


Zamonaviy  qozoq  adabiyotining  taniqli  namoyandasi,  Qozog‘iston  Respublikasi 

Davlat mukofoti va Sholoxov nomidagi Xalqaro mukofot sovrindori, Rossiya pedagogika 

va ijtimoiy fanlar akademiyasining akademigi Sobit Do‘sanovning “Qashqir uligan tun” 

nomli kitobi taqdimoti 

Professor  Yunus  Turaevning  «XX  asr  o‘zbek  estrada  qo‘shiqlari»  nomli  kitobi 

taqdimoti; 

Psixolog  Zebiniso Ahmedovaning “Faqat ajrama” nomli kitobi taqdimoti; 

Xalqaro  bolalarni  himoya  qilish  kuni  munosabati  bilan  L.Xachaturovaning 

“Kosmicheskaya skazka ili Marsianskie xroniki kota Belisha i yego druzey” va “Bolshoy 

sekret ili vesyolыe priklyucheniya gnomov Tika i Taka” nomli kitoblari taqdimoti; 

Venger  yozuvchisi  Yanosh  Aranning  “Skazka  o  volshebnom  olene”  nomli 

kitobining taqdimoti 

Isroil  yozuvchisi  Leya  Goldbergning  “Ijara  uchun  uy  nomli  bolalar  uchun 

mo‘ljallangan kitobi taqdimoti (Isroil elchixonasi bilan birgalikda); 

Iste’dodli  shoira  Malika  Salimovaning  “Uchinchi  dunyo”    nomli  kitobining 

taqdimoti; 

Musiqashunos,  professor  Adiba  Sharipovaning  “Ijrochilik  va  pedagogika 

alkimyosi” nomli kitobining taqdimoti va boshqalar. 



 Adabiyotlar ko‘rgazmasi 

O‘zbekiston xalq artisti, teatr aktyori  Rixsi Avazov tavalludining 75 (1942)  yilligi 

munosabati bilan “Sahna qonuni, bu...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  san’at  arbobi,  bolalar  yozuvchisi,  dramaturg 

Shukur  Sa’dulla  tavalludining  (1912-1972)  105  yilligi  munosabati  bilan  “Bolalarning 

bolajon yozuvchisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  kimyo  fanlari  doktori  va  professor 

Nasriddin  Abrorovich  Sirojiddinov  tavalludining  85  (1932)    yilligiga  bag‘ishlangan 

“O‘zimizning al-kimyogar” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbek bolalar shoiri Zafar Diyor tavalludining 105 yilligi (1912-1946) munosabati 

bilan “Avlodlardan avlodlarga atalgan ijod” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi; 

O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom  Abdug‘anievich  Karimov 

tavallud  topgan    kun  (1938  yil  30  yanvar)  munosabati  bilan  “Mustaqilligimiz  fidoyisi” 

deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

G‘azal  mulkining  sultoni    Mir  Alisher  Navoiy  tavalludining  576  yilligiga 

bag‘ishlangan “Fasohat mulkining sohibqironi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbek  mumtoz  adabiyotining  yirik  vakili,  shoir,  tarixchi,  davlat  arbobi,  mohir 

sarkarda  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  tavalludining  534  yilligi  munosabati  bilan 

“Andadur joni Boburning...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekiston FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat 

ko‘rsatgan  fan  arbobi  Jo‘ra  Abdullaev  tavalludining  90  yilligi  (1927)  munosabati  bilan 

“Haqiqiy tadqiqotchi va ixtirochi olim” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa, rejissyor Zaynab Sodiqova tavalludining 100 

yilligi  munosabati  bilan  “San’atdan  kuch  olgan  ayol”  deb  nomlangan  kitob-rasmli 

ko‘rgazma; 

O‘zbekiston FA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor Akmaljon Qosimov, 

tavalludining  80  yilligi  munosabati  bilan  “Akademikni  yod  olib”  deb  nomlangan  kitob-

rasmli ko‘rgazma; 

Xalqaro  ona  tili  kuni  munosabati  bilan  “Ma’naviy  boylik  timsoli”  deb  nomlangan 

kitob-rasmli ko‘rgazma; 



O‘zbekiston  FA  akademigi,  geologiya-mineralogiya  fanlari  doktori,  professor, 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Vladimir Popov tavalludining 110 

yilligi  munosabati  bilan  “Insoniyatga  qoldirilgan  meros”  deb  nomlangan  kitob-rasmli 

ko‘rgazma; 

Xalqaro  xotin-qizlar  kuniga  bag‘ishlangan  “Ona  borki,  olam  munavvar”  nomli 

kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekiston  xalq  shoirasi  Zulfiya  tavalludiga  bag‘ishlangan  “Quyosh  va  yurakdan 

uzilgan parcha” deb nomlangan ko‘rgazma; 

Navro‘z  umumxalq  bayrami  munosabati  bilan  “Qadaminga  hasanot  Navro‘z” 

mavzusida ko‘rgazma;  

Xalqaro  teatr  kuni  munosabati  bilan  “Sahna  san’ati-qalblar  mushtarakligi” 

mavzusida adabiyotlar ko‘rgazmasi; 

O‘zbek  futboliga  bag‘ishlangan  “Millionlarni  maftun  etgan  futbol”  deb  nomlangan  

kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Ko‘plardan ulug‘dir o‘qigan farzand” 

deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Qomusiy  olim,  buyuk  matematik,  astronom  Abu  Abbos  Ahmad  al-Farg‘oniy 

tavalludining 1220 yilligi munosabati bilan “Dunyoga dars bergan olim” deb nomlangan 

kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Xalqaro  bolalar  kitobi  kuniga  bag‘ishlangan  “Kitob  ezgulikka  chorlaydi”  deb 

nomlangan kitoblar ko‘rgazma; 

O‘zbekiston  FA  akademigi,  biologiya    fanlari  doktori,  professor  Abdusattor 

Abdukarimov  tavalludining  75  yilligiga  bag‘ishlangan  “Biologiya  olamidagi  buyuk 

ixtirochi” deb nomlangan kitob ko‘rgazma; 

Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan 

“Sohibqiron Amir Temurga ehtirom” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazma; 

Ilm-fan  kuniga  bag‘ishlangan  “Ilm-fan  yutuqlari  va  taraqqiyoti”  nomlangan  kitob-

rasmli ko‘rgazma;  

O‘zbekiston  xalq  artisti,  operator,  rejissyor  Malik  Qayumov  tavalludining  105  

yilligiga bag‘ishlab “Tasvir va so‘z uyg‘unligi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Xalqaro  yodgorliklarni  va  tarixiy  joylarni  asrash  kuniga  bag‘ishlangan 

“O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlari” deb nomlangan kitob-rasmli  ko‘rgazma; 

O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  a’zosi,  genetik  olim,  O‘zbekistonda  xizmat 

ko‘rsatgan  agronom  Abram  Malsev  tavalludining  120  yilligiga  bag‘ishlangan  “Serqirra 

bilim sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli  ko‘rgazma; 

Xalqaro  raqs  kuniga bag‘ishlangan “Raqs –asl go‘zallik ramzi” nomli kitob-rasmli 

ko‘rgazma; 

Butunjahon  aviatsiya  va  kosmonavtika  kuniga  bag‘ishlangan  «Bepoyon  koinotga 

yo‘l» nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekiston  Qahramoni  unvoni,  “Mustaqillik”,  “Do‘stlik”  ordenlari,  “Jasorat”  va 

“Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun munosabati bilan ko‘rgazma; 

Xotira  va  qadrlash  kuniga  bag‘ishlangan  “Inson  xotirasi-aziz,  qadri  sarbaland” 

nomli ko‘rgazma; 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  iqtisod  fanlari  doktori,  professor 

Ibrohimjon  Iskandarov  tavalludining  85  yilligiga    bag‘ishlangan    “Iqtisodiyotning 

barqaror rivoji” deb nomlangan kitob-rasmli  ko‘rgazma; 



O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  filologiya  fanlari  doktori,  professor 

Vohid  Abdullaev    tavalludining  105  yilligiga  bag‘ishlangan    “Adabiyot  –  maslagim 

mening” deb nomlangan  adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi; 

Xalqaro  oilalar  kuni  munosabati  bilan  “Oila  farovonligi–  jamiyat  barqarorligi 

negizi”  nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Xalqaro muzeylar  kuni munosabati bilan “Muzey-tarixiy xotirani tiklash maskani” 

deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekiston  xalq  hofizi,  musiqashunos,  jamoat  arbobi    Orif  Alimaxsumov 

tavalludining  90  yilligiga  bag‘ishlangan  El  ardoqlagan  xofiz”  adabiyotlarning  ochiq 

ko‘rgazmasi; 

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalarga beraylik dunyoni” 

deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Buyuk rus shoiri, dramaturg va nosir Aleksandr Pushkin tavalludining 218 yilligiga 

bag‘ishlangan “Avlodlar shoiri” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Ulug‘  turkman  shoiri  va  mutafakkiri  Maxtumquli  ijodiga  bag‘ishlangan 

“Maxtumquli – ikki xalqning shoiri” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Bastakor,  dirijyor,  o‘zbek  operasi  asoschilaridan  biri,  O‘zbekiston  xalq  artisti 

Muxtor  Ashrafiy    tavalludining  105  yilligiga  “Ohanglarga    hamohang  umr”  deb 

nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

Butunjahon  bolalar  futboli  kuniga  bag‘ishlangan      «Bolalar  futboli  -  futbolimiz 

kelajagi poydevori» deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekiston  matbuot  va  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlari  kuniga 

bag‘ishlangan  “Ommaviy  axborot  vositalari  -  jamiyat  taraqqiyotining  ko‘zgusi” 

mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan “G‘urur 

va iftixorimiz ramzi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

         O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi,  hajv  ustasi,  noshir,  jamoat  arbobi  Ne’mat  Aminov 

(1937-2005)  tavalludining  80  yilligiga  bag‘ishlangan  “Qalamidan  hajv  yog‘ilgan  adib” 

nomlangan kitob rasmli ko‘rgazma; 

        Butunjahon  shaxmat  kuniga  bag‘ishlangan  “Kataklarda  naqshlangan  zehn”  nomli 

kitob-rasmli ko‘rgazma; 

        Fransuz  yozuvchisi  Aleksandr  Dyuma  (1802-1870)  tavalludining  215  yilligiga 

bag‘ishlangan “Buyuk Farangiston adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma; 

        O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov (1912-1995) tavalludining 105 yilligiga 

bag‘ishlangan “Go‘zallikka  intilib” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

       O‘zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligining  26  yilligiga  bag‘ishlangan    “Fidoying 

bo‘lgaymiz sening O‘zbekiston!” deb nomlangan  kitob rasmli ko‘rgazma; 

         O‘zbekiston  FA  akademigi,  geologiya-mineralogiya  fanlari  doktori  Habib 

Abdullaev (1912-1962)  tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Ilmga baxshida umr” 

deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

        Qatag‘on  qurbonlarini  yod  etish  kuni  munosabati  bilan    “Xotira  abadiy,  ajdodlar 

ruhi muqaddas” deb nomlangan kitob rasmli ko‘rgazma Qatag‘on qurbonlarini yod etish 

kuni  munosabati  bilan    “Xotira  abadiy,  ajdodlar  ruhi  muqaddas”  deb  nomlangan  kitob 

rasmli ko‘rgazma; 

 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  O‘zbekiston  FA  akademigi,  fizika-



matematika  fanlari  doktori,  professor,  O‘zbekiston  FAning  birinchi  prezidenti  Qori-

Niyoziy  Toshmuhammad  Niyozovich  tavalludining    120  yilligiga  bag‘ishlangan 

“Matematikaning betakror olamida” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 


    

O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi  Abdulla  Qahhor  tavalludining  110  yilligiga 

bag‘ishlangan “Zulmatni yoritgan chaqmoq” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma; 

 

O‘zbek  mutafakkir  olimi  Abu  Rayhon  Muhammad  ibn  Ahmad  Beruniy  (973–



1048) tavalludiga bag‘ishlangan “Buyuk qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va 

boshqalar.  



Foto-rasmlar ko‘rgazmasi, tanlovlar, filmlar namoyishi 

“Mutolaaga bir daqiqangni bag‘ishla!” aksiyasi;  

“Mushtum” jurnali sahifalaridan o‘rin olgan karikaturalar ko‘rgazmasi; 

Xalqaro  bolalar  kitobi  kuni  munosabati  bilan  «Birgalikda  o‘qiymiz”  loyihasi 

doirasida mahorat darsi; 

“Toshkentning  keng  bag‘ri”  (“Bolshoe  serdse  Tashkenta”)  deb  nomlangan  hujjatli 

film taqdimoti; 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidagi mumtoz qo‘shiqlarni o‘zida aks ettirgan 

gramplastinkalar ko‘rgazmasi; 

“Leningradskiy”  zavodida  ishlab  chiqilgan:  xalq  kuylari,  komedik  va  dramatik 

janrdagi,  opera,  estrada  janri  hamda  kinofilmlarga  ishlangan  musiqalar  ijrosidagi 

gramplastinkalar ko‘rgazmasi; 

“Noginskiy”  zavodida  ishlab  ishlab  chiqilgan:  simfonik  orkestr,  balalayka, 

fortopiano va xor ijrosidagi rus xalq kuylari gramplastinkalar ko‘rgazmasi; 

O‘zbek klassik yo‘nalishi bo‘yicha keksa san’at ustalari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar 

jamlangan  gramplastinkalar  (maqomchilik  yo‘nalishi)  Mulla  To‘ychi  Toshmuxamedov 

nomli zovodda ishlab chiqilgan gramplastinkalar ko‘rgazmasi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining  26  yilligi  munosbati  bilan 

“O‘zbekiston” deb nomlangan hujjatli film namoyishi; 

O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasining  birinchi  prezidenti  Toshmuhammad 

Niyozovich  Qori-Niyoziy  tavalludining  120  yilligi  munosabati  bilan  “Taqdir  bu  - 

davr” nomli film taqdimoti; 

O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Madina  Muxtorova 

ijodiga bag‘ishlangan foto-rasmlar ko‘rgazmasi; 

O‘zbekiston  xalq  artisti  G.Yoqubova  ijodidan  parchalar  muhrlangan  hujjatli 

filmlar va foto rasmlar namoyishi; 

Aktyor, kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov faoliyatiga bag‘ishlangan 

film namoyishi va boshqalar.  

  

Ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  (ilmiy  anjuman,  davra  suhbati,  xotira  kechasi, 

ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy kecha) 

Bastakor, xonanda va sozanda, o‘zbek musiqa merosi to‘plovchisi, O‘zbekiston xalq 

artisti,  O‘zbekiston  FA  akademigi  Yunus  Rajabiy  (1897-1976)  tavalludining  120  yilligi 

munosabati bilan “Mangu musiqamiz darg‘asi” mavzusida xotira kechasi; 

Vatan  himoyachilari  kuni  munosabati  bilan  “Vatandin  yaxshi  yor  bo‘lmas” 

mavzusida tadbir; 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda “Shaxs kamolotida kitobxonlik 

madaniyati” mavzusida davra suhbati; 

O‘zbekiston xalq artisti, professor, o‘zbek rejissyori Shuhrat Abbosov tavalludining 

85 yilligi munosabati bilan “Shuhrat Abbos shuhrati” mavzusida ijodiy uchrashuv; 

O‘zbekiston  xalq  artisti,  sozanda  Turg‘un  Alimatov  (1922-2008)  tavalludining  95 

yilligi  munosabati  bilan  “Dargohi  azaldan  xabar  berguvchi  tanbur”  mavzusida  xotira 

kechasi; 


O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  filologiya  fanlari  doktori,  professor 

Natan Mallaev (1922-1996) tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Mumtoz adabiyot 

ilmining zargari” mavzusida xotira kechasi; 

O‘zbekiston  yozuvchilari  uyushmasi  a’zosi  Xakim  Sattoriyning  “Hazrat 

Sohibqiron” va “Sohibqiron abadiyati” nomli kitoblari taqdimoti; 

“O‘qi degani, bu-ilohiy kalom” mavzusida davra-suhbati; 

O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom  Abdug‘anievich  Karimov 

tavallud  topgan    kunga  bag‘ishlangan  “Mustaqilligimiz  fidoyisi”  deb  nomlangan  davra 

suhbati; 

Alisher  Navoiy  tavalludiga  bag‘ishlangan  “Navoiy  asarlaridagi  ezgu  g‘oyalarning 

yoshlarni vatanparvarlik  ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida  adabiy kecha; 

Alisher Navoiy baytlari, g‘azallari va ruboiylaridan iborat bo‘lgan mushoira; 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  tavalludining  534  yilligiga  bag‘ishlangan  “Yoshlar 

kamolotida  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  ijodiy  merosining  o‘rni  va  ahamiyati” 

mavzusida adabiy kecha; 

O‘zbekiston  xalq  shoiri  Anvar  Obidjon  tavalludining  70  yilligiga  bag‘ishlangan 

“Hayotning har lahzasi go‘zal...” deb nomlangan davra suhbati; 

O‘zbekiston  xalq  artisti,  ustoz  san’atkor  Baxtiyor  Ixtiyorov  bilan  “Baxti  kulgan 

Baxtiyor” deb nomlangan  ijodiy uchrashuv; 

Atoqli  shoira,  ma’rifatparvar  va  davlat  arbobi  Nodirabegim  tavalludining  225 

yilligiga bag‘ishlangan «Yorning vasli emas ozorsiz...» deb nomlangan anjuman; 

Xalqaro  ona  tili  kuni  munosabati  bilan  “Til  madaniy  merosni  asrab  avaylash  va 

rivojlantirish vositasidir” mavzusida tadbir; 

“Tadbirkor  ayol”  O‘zbekiston  ishbilarmon  ayollar  assotsiatsiyasi  Toshkent  viloyat 

hududiy  bo‘linmasi  bilan  hamkorlikda  “Farovon  hayot  –  qo‘limizda”  mavzusida  davra 

suhbati; 

“Kitobxonlik – ma’naviy barkamollik belgisi” mavzusida davra-suhbati; 

O‘zbekiston  “Adolat”  SDP  Siyosiy  Kengashi  Markaziy  apparati  tomonidan 

“O‘zbekiston “Adolat” SDP tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan 

ishlash tartibi” mavzusida o‘quv-seminar; 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sharqshunos, filologiya fanlari doktori 

Ismatilla  Abdullaev  tavalludining  90  yilligi    munosabati  bilan  “Mashriqzamin  alloma” 

mavzusida davra suhbati; 

Xalq  deputatlari  Toshkent  shahar  Kengashining  doimiy  komissiyalari  qo‘shma 

yig‘ilishining “Kitob - yuksak ma’naviyat manbai” mavzusida davra-suhbati; 

Yoshlarning  mutolaaga  bo‘lgan  qiziqishini,  kitobxonlik  madaniyatini  yanada 

oshirish maqsadida  «Mushoira etadi davom» rukni ostida she’riyat kechasi; 

“Mushtum”  jurnalining  94  yilligi  munosabati  bilan  jurnal  ijodkorlari  ishtirokida 

“Hamon safda, hamon haqgo‘y” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; 

Navro‘z  umumxalq  bayrami  munosabati  bilan  “Navro‘zingdan  aylanay!”  deb 

nomlangan adabiy-musiqiy kecha; 

O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi  Tohir  Malikning  70  yilligiga  bag‘ishlangan 

“Odamiylik mulki” deb nomlangan davra-suhbati; 

Xalqaro  teatr  kuni  munosabati  bilan  O‘zbekiston  xalq  artisti  Abror  Hidoyatov 

ijodiga bag‘ishlangan “San’atning barhayot siymosi” deb nomlangan xotira kechasi; 

Qomusiy  olim,  buyuk  matematik,  astronom  Abu  Abbos  Ahmad  al-Farg‘oniy 

tavalludining 1220 yilligi munosabati bilan “Al Farg‘oniy saodati” deb nomlangan davra 

suhbati; 



Ilm-fan  kuniga  bag‘ishlangan  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  FA 

akademigi Jo‘ra Abdullaev bilan ijodiy uchrashuv; 

Sharqshunos  olim,  diplomat,  Shamsiddinxon  Boboxonovning  80  yilligiga 

bag‘ishlangan xotira kechasi;  

Bahodir  Abdullaevning  “Kapalak  umriga  qiyos  lahzalar”  deb  nomlangan  kitob 

taqdimoti; 

O‘zbekiston  xalq  artisti,  operator,  rejissyor  Malik  Qayumov  tavalludining  105 

yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi; 

"Kitob  yoshlar  ma’naviy  kamolotining  asosiy  mezoni"  rukni  ostida  “Abdulla 

Qodiriy saboqlari” deb nomlangan davra suhbati; 

Respublika  bolalar  ijtimoiy  moslashuvi  markazi  bilan    hamkorlikda  «Bolalarni 

ma’naviy  va  jismoniy  rivojlanishida  axborot  xavfsizligini  ta’minlashning  dolzarb 

masalalari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya; 

O‘zbekistonda  Internet  jurnalistika  rivojining  dolzarb  masalalariga  bag‘ishlangan 

Talabalarning VIII an’anaviy mediakonferensiyasi; 

O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi  qoshida  faoliyat  yuritayotgan  chet  tillarni 

rivojlantirish  va  targ‘ib  etish  markazi  ingliz  tili  so‘zlashuv  klubi  a’zolari  ishtirokida 

“O‘zbekistonda ta’lim” mavzusida davra-suhbati; 

9-may    Xotira  va  qadrlash  kuni  munosabati  bilan  “Faxriylarimiz  ehtirom  va 

e’zozda” deb nomlangan davra suhbati; 

Boshqird-tatar  milliy  madaniyat  markazining  “Agidel”  klubi  bilan  hamkorlikda 

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan  adabiy-musiqiy kecha; 

O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.  Karimov  xotirasiga 

bag‘ishlangan “Xotirangiz kalblarda mangu” deb nomlangan tadbirlar turkumi; 

O‘zbekiston  xalq  hofizi,  musiqashunos,  jamoat  arbobi    Orif  Alimaxsumov 

tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Cho‘li Iroq qo‘shig‘ini aytib... ” deb nomlangan 

xotira kechasi; 

Toshkent  shahar  “SHAROIT  PLYUS”  nogironlar  jamoat  birlashmasi  tomonidan 

O‘zbek akademik drama teatri ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv; 

Xalqaro  raqs  kuni  va  M.Turg‘unboeva  nomidagi  “Bahor”  raqs  ansamblining  60 

yilligi munosabati bilan “Raqs –asl go‘zallik ramzi” deb nomlangan musiqiy kecha; 

Xalqaro  bolalarni  himoya  qilish  kuniga  bag‘ishlangan  “Har  bir  farzandga  mehr, 

e’tibor” mavzusida tadbir; 

Buyuk rus shoiri A.S. Pushkin tavalludining 218 yilligiga bag‘ishlangan “Pushkinni 

yod etib” nomli adabiy-badiiy kecha; 

Ulug‘  turkman  shoiri  va  mutafakkiri  Maxtumquli  ijodiga  bag‘ishlangan 

“Maxtumquli yurtidan navolar” nomli davra suhbati; 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  sharqshunos  olim,  filologiya  fanlari 

doktori, akademik  Pavel Georgievich Bulgakov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan 

“Mangulikka xizmat qilgan alloma” mavzusida xotira kechasi;   

“Shodlik” davlat ashula va raqs ansamblining 80 yilligi munosabati bilan “Shodlik 

ulashgan... ” deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha; 

          O‘zbekiston xalq artisti  Husan Sharipov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan 

“ Qalblardan joy olgan aktyor” deb nomlangan davra suhbati; 

          Toshkentdagi    Birlashgan  Britaniya  Qirolligi  va  Shimoliy  Irlandiya  elchixonasi 

bilan hamkorlikda “Buyuk Britaniyada ta’lim” mavzusida davra suhbati; 

        O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi o‘rtasida 

hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi marosimi; 



 

O‘zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligining  26  yilligiga  bag‘ishlangan    “Fidoying 

bo‘lgaymiz sening O‘zbekiston!” deb nomlangan  davra suhbati; 

          

 "Asian fight-2017" xalqaro turnir  oldi matbuot anjumani 

O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Madina  Muxtorova  bilan 

“Sahnada ochilgan gul” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; 

O‘zbekiston xalq  yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 110  yilligi munosbati 

bilan “Betakror uslub va jozibadorlik sohibi” mavzusida xotira kechasi; 

O‘zbekiston  xalq  artisti  Gulsara  Yoqubova  tavalludining  80  yilligiga 

bag‘ishlangan “Sahnamizning guli sarasi” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; 

O‘zbekiston xalq  yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 110  yilligi munosbati 

bilan “Betakror uslub va jozibadorlik sohibi” mavzusida xotira kechasi; 

“KAFOLAT  sug`urta  kompaniyasi”  aksiyadorlik  jamiyati  hamda  O‘zbekiston 

yoshlar  ittifoqi  bilan  hamkorlikda  “Konstitutsiya  -  huquq  va  erkinliklarimiz  kafolati” 

mavzusida davra-suhbati; 

Aktyor,  kinorejissyor  va  ssenarist  Komil  Yormatov  xotirasiga  bag‘ishlangan 

kecha


 

va boshqalar.    

Shuningdek,  kutubxona  faoliyati  bilan  tanishtiruvchi  ekskursiyalar  tashkil  qilinib, 

o‘tgan davr mobaynida 128 tashkilotdan  4 803 kishi qatnashdi.  

Ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarning  barchasi  Milliy  kutubxonaning  rasmiy  veb-sayti 

www.natlib.uz hamda elektron ommaviy axborot-vositalarida yoritilib borildi.  




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling