Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha tahliliy m a ‘ L u m o t I
Milliy kutubxonada ixtisoslashgan ilmiy va ommaviy anjumanlarning
Download 237.78 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar
- 5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatiga joriy etilishi
- Axborot resurslari
- Axborot tizimi
- 6. Milliy kutubxonada texnik loyihalarning amalga oshirilish holati to‘g‘risida
3. Milliy kutubxonada ixtisoslashgan ilmiy va ommaviy anjumanlarning o‘tkazilishi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning topshirig‘i (2017 yil 7 yanvardagi Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksi majlisining 08-08-8-bayoni, 26-bandi) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F-son Farmoyishi va ushbu farmoyishda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi” (2-ilova, 12-band)ga asosan joriy yilning 21-22 fevralida “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi” II Milliy ilmiy-ta’limiy forumi tashkil qilindi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining rahbar va mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi ilmiy institutlari, respublikaning yetakchi ilmiy nashriyotlari va axborot-kutubxona muassasalari vakillari, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar qatnashdi. Clarivate Analytics, EBSCO information services, Springer Nature kabi yetakchi ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari va nashriyotlar vakillaridan iborat 368 nafar ishtirokchi qatnashdi. Forumning maqsadi – jahon ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda ilmiy ishlar salohiyatini yanada oshirish, xorijiy amaliyotni o‘rganish, yosh olimlarga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasida ilmiy ishlar va ilmiy-tadqiqotlar samaradorligiga erishish va yuqori reytingli jurnallarda nashr ettirish faolligini oshirish. Forum to‘g‘risida ma’lumot va yakuniy hujjat Milliy kutubxona sayti (natlib.uz)ga joylashtirildi. Respublikaning 120 ta ta’lim, ilmiy va axborot-kutubxona mussasalari EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan jamoaviy foydalanish ishlari davom ettirilmoqda. EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha joylarda sayyor seminarlar tashkil qilindi. Jumladan: -
markazi xodimlari; -
9 mart Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tinglovchilari; -
15 mart Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari, magistrantlari va katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi. 22 martda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Elektron kutubxonalar tarmog‘ida ilmiy-ta’limiy ma’lumotlarni yaratish texnologiyasi va foydalanish” mavzusida har yili o‘tkaziladigan ilg‘or elektron ilmiy-ta’limiy resurslar seminari va taqdimotlarining 9- tadbiri doirasida Clarivate Analytics, Springer Nature, Waley jahon nashriyotlarining taqdimoti o‘tkazildi. 3 mayda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika markazi xodimlariga va 15 mayda Inxa universiteti o‘qituvchi va talabalari uchun EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha seminar tashkil qilindi. 29 avgustada O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki ko‘mitasi xuzuridagi xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi mutaxassislari uchun EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha seminar tashkil qilindi. EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalari yangilandi va to‘ldirildi. 2017 yilning 1 iyunidan 2018 yilning 31 mayigacha Academic Search Premier; Business Source Premier; MasterFILE™ Premier; Medline with Full Text; Education Search Complete; Legal Source; Art Source; Art & Architecture Source; eBook Subscription Academic Collection; eBook Subscription Business Collection; Science & Technology Source bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F- son Farmoyishi “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ning 1-ilova 30 bandiga, Respublika axborot- kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning 2017 yil 3 martda tasdiqlangan 11-bayoni 9-11bandlariga asosan Milliy kutubxona tomonidan “Central Asia. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o‘rni” mavzusida XI Xalqaro konferensiyasi 26-28 aprel kunlari Namangan shahrida o‘tkazildi. Konferensiyada Germaniya, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasidan 10 nafar xorijlik mutaxassislar, 397
nafar respublika axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, jami 407 nafar ishtirokchi qatnashdi. Konferensiyaning tadbirlari quyidagilarni tashkil etdi: - konferensiyaning yalpi va seksiya yig‘ilishlarida tinglangan 68 ta ma’ruza; - “Maktab kutubxonasida axborot madaniyati va media-axborot savodxonligi asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari” seminar- treningi; - “Ilmiy tadqiqotlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash va nashr ettirish faolligi” mahorat darsi; - O‘zbekiston Respublikasi yig‘ma elektron katalogini shakllantirishda axborot- kutubxona muassasalarining o‘rni” o‘quv treningi; - “UZMARC formatida axborot-kutubxona resurslarini kataloglashtirish” o‘quv treningi; - EBSCO elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari” treningi. Barcha ma’ruzalardan iborat konferensiya to‘plami chop etildi va elektron shakli Milliy kutubxona sayti www.natlib.uz ga joylashtirildi. Konferensiya natijalari bo‘yicha yakuniy hujjat tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot uchun kiritildi. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashning 2017 yil 2 martdagi 11-son bayoni 3-ilovasining 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovining birinchi –tuman bosqichi 2017 yil iyun oyida o‘tkazildi va Milliy kutubxona barcha hududlardan tanlov bayonnomasini qabul qildi. Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichi respublika viloyatlarida joriy yilning 9-18 iyul kunlari o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi. Viloyatlar bo‘yicha tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnomalar yig‘ildi. 14 ta jamoaning (vazirlik va idoralar 5 nafar mutaxasslaridan iborat) tarkibi aniqlandi. Hozirgi vaqtda noyabr oyida Milliy kutubxonada tashkil qilinadigan «INFOLIB-2017» V Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislaridan iborat (70 nafar kutubxonachi) 14 jamoa o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan tanlovning uchinchi (respublika) bosqichiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Manfaatdor vazirlik va idora vakillaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilgan bo‘lib, birinchi yig‘ilishi 19 sentyabrda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Axborot-kutubxona faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 2-ishchi guruh tomonidan quyidagi ishlar, jumladan: mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni zarurligidan kelib chiqib, ularning viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha joylashish va bo‘ysunish tartibi; axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini shakllantirishda o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ro‘yxatini hamda ularni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar smetasini qayta o‘rganib chiqildi. Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar, tahlilla natijasiga ko‘ra respublikamizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hama targ‘ibot qilish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish hamda axborot- kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”loyihasi ishlab chiqildi va 2017 yil 24 fevralda 03-03/197-sonli xati bilan
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari A.Aripovga axborot va ko‘rib chiqish uchun taqdim qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari A.Aripov tomonidan 2017 yil 10 martda tasdiqlangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tegishli bandlarining ijro etilishi yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Kompleks chora-tadbirlar Dasturining 29-bandi (Respublika axborot-kutubxona muassasalariga yoshlarni faol jalb etish borasida tadbirlar ishlab chiqish) bo‘yicha Qo‘shma qaror va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Yakuniy kelishuv va tasdiqdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan 2017 yil 30 mayda QQ-1-son Qo‘shma qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori ilova Kompleks chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash bo‘yicha: II – band 3 punkti “Kitob mahsulotlari umumiy buyurtmasini shakllantirish, chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish” bo‘yicha Qo‘shma qaror; III – band 14 punkti “Mamlakatimizda axborot-kutubxona muassasalariga yoshlarni faol jalb etish borasida axborot-kutubxona muassasalarida “Kitobxonlar klubi”ni tashkil qilish” bo‘yicha Qo‘shma qaror; III – band 15 punkti “Axborot-kutubxona muassasalarini Respublika, mahalliy vaqtli nashrlari, badiiy adabiyotlari bilan doimiy to‘ldirib borish borasida respublika nashriyotlari hamkorligi”ni tashkil etish va hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha Qo‘shma qaror; IV – band 23 punkti “Axborot-kutubxona kadrlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovini tashkil qilish” bo‘yicha Ijrochilarning tadbirlar rejasi va tanlov Nizomi; IV – band 33 punkti “Mahalla fuqarolar yig‘inlarida kutubxonalar (kitoblar burchagi) tashkil etish” bo‘yicha Takliflar ishlab chiqildi. “Kitobning xalqaro tartib raqami ISBN berish to‘g‘risida”, “Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqami ISSN berish to‘g‘risida” Nizomlar (2017 yil 27 yanvardagi 11-sonli buyruq asosida) qabul qilindi. Respublika metodik kengashining 31-son bayonida belgilangan topshiriqqa muvofiq, Axborot-kutubxona muassasalari pasporti ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatiga joriy etilishi 2016 yil 21 martdan boshlab Milliy kutubxonaning rasmiy portali ishga tushirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qaror talablari asosida
interaktiv davlat xizmatlari orqali foydalanuvchilarga sifatli va keng miqyosda xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Unda: davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
tartibi to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim
etish (http://natlib.uz/uzb/InfoPage/ReadMoreById?id=83); fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish (http://natlib.uz/uzb/Home/Feedback); ilm-fan, ta’lim, axborot va madaniyat sohasi bo‘yicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot- kutubxona xizmati ko‘rsatishga doir axborotlarni, O‘zbekiston Respublikasining axborot- resurs va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalar ro‘yxatini taqdim etish (http://www.natlib.uz/); elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga buyurtma berish (http://ibs.natlib.uz) kabi xizmatlar taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi «Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog‘ida o‘zbekiston respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 232-son Qarori asosida Milliy kutubxona portali orqali «Ochiq ma’lumotlar» bo‘limi tashkil etildi (http://natlib.uz/uzb/InfoPage/ReadMoreById?id=92). O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati bilan bog‘lanish ma’lumotlari va ularning qabul qilish vaqti; - O‘zbekiston Milliy kutubxonasi manzili va geologik hududi to‘g‘risida ma’lumot; - O‘zbekiston Milliy kutubxonasining asosiy ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumot; - O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshidagi tarkibiy tuzilmasi, manzili va bog‘lanish uchun ma’lumot; - O‘zbekiston Respublikasidagi yirik axborot-kutubxona muassasasalari haqida ma’lumot; - Kutubxonaning boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi; - Kutubxonaning halqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilib borilmoqda. (https://data.gov.uz/uz/search/view?q=&sphere=&authoritie=44) Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 27-son qaroriga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan www.reestr.uz tizimida 3 ta axborot resurs hamda 1 ta axborot tizimi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
1. Ilmiy ishlar bo‘yicha qidirish (reestr.uzdagi registratsiya nomeri-0100870);
2. Qo‘lyozmalar va nodir nashrlarni qidirish (reestr.uzdagi registratsiya nomeri- 0100871);
3. Xorijiy elektron resurslariga kirish (reestr.uzdagi registratsiya nomeri-0100259). Axborot tizimi Nashrlarga elektron buyurtma berish (IBS) (reestr.uzdagi registratsiya nomeri- 0200288). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot
tizimlari va
telekommunikatsiya masalalari Kompleks majlisining 2015 yil 8 apreldagi 1- son bayoni asosida «Foydalanuvchilarga elektron katalogdan kitoblarni qidirish va buyurtma berishni ta’minlash xizmatini interaktiv shaklga o‘tkazish bo‘yicha tarmoq grafigi» 2015 yilning
iyul oyida
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda “UZINFOCOM” markazlari bilan kelishilgan bo‘lib, joriy yilning 5 martidan e’tiboran Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi bosma nashrlarni izlash va ularga buyurtma berish xizmati yo‘lga qo‘yildi (https://my.gov.uz/ru/authority/44) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 6 yanvardagi Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksi majlisining bayoni asosida Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimidagi “Ilmiy ishlar bazasi” dasturlari bazasi funksiyasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda (2017 yil 20 fevral 4-sonli shartnoma imzolandi). Kutubxonada Milliy nashrlarning elektron arxivi ma’lumotlar bazasida vaqtli matbuot nashrlarining to‘liq mantlaridan foydalanish imkoni yaratildi. Ushbu ma’lumotlar bazasi Milliy kutubxonaning rasmiy manbasi xisoblanib, foydalanuvchilar uchun qulay qidiruv tizimi, vaqtli matbuot nashrlarida chop etilgan maqolalar, ularni qiziqtirgan axborotlarni qisqa muddatda topish imkoniyati yaratilgan. (http://press.natlib.uz/) O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi 369-sonli Qonunning 15-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktorining 2016 yil 20 iyundagi 44-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 7 iyulda 2806-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Milliy kutubxona davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (ro‘yxat asosida) tomonidan 2016 yil faoliyatiga oid aks ettirlilgan axborotlar CD, DVD disklarda r qabul qilib olindi. Milliy kutubxonaning www.natlib.uz veb portaliga http://opendata.natlib.uz/ru ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 120- son qarori 4-bandidi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 fevraldagi 08/1-68-son xatiga asosan 2017 yil aprel oyida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xatlov o‘tkazildi. O‘tkazilgan xatlov natijasida 9 ta davlat xizmati ro‘yxati shakllantirilgan va Yagona reestrga kiritilgan. Bular: 1. Skanerlash va raqamlashtirish xizmati (A0-A5 formatlar oralig‘ida raqamlashtiriladi). 2. Boshqa kutubxonalar bilan xalqaro kitob ayirboshlash. 3. Yuridik shaxslarga shartnoma asosida Kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan vaqtinchalik foydalanish xizmati. 4. O‘lkashunoslik mavzusidagi bibliografik ma’lumotnoma taqdim etish. 5. Qo‘lyozmalarni, nodir va o‘ta noyob matbuot asarlarini, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega O‘zbekistonning milliy matbuot nashrlarini restavratsiya va konservatsiya qilish. 6. Badiiy adabiyotlarni chop etishga tayyorlash. 7. Badiiy adabiyotlar va matbaa mahsulotlarini chop etish. 8. Axborot-kutubxona resurslarining ortiqcha nusxalarini axborot-kutubxona muassasalariga taqdim etish. 9. O‘zbek va rus tillarida, Yaqin va Uzoq xorij mamlakatlar xalqlari tillarida mahalliy noshirlik mahsulotlarini markazlashtirilgan kataloglashtirish bo‘yicha xizmatlar (UO‘K va KBK raqamlarini berish xizmati). Davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida talab etiladigan reglamentlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
“Milliy umumta’lim elektron kutubxona”si loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar: Loyiha shartnomasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan qo‘yilgan talab va takliflar inobatga olinib, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 2016 yil dekabr oyida “Milliy Umumta’lim Elektron kutubxona” loyihasi bo‘yicha tuzilgan shartnomaning qo‘yilgan talabiga binoan, Uzimpeksaloqa mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan har bir mahsulot TIFTN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi) kodi aniqlab berildi va bu kodlar shartnomaga kiritildi. 2017 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va LG CNS kompaniyasi o‘rtasida qayta tuzilgan shartnomaning rus va ingliz tilidagi nusxalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ham ko‘rib chiqildi hamda qayta imzolangan shartnoma O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 17 apreldagi 17-8/2364-son xatida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi to‘xtatilganligi ma’lum qilindi.
Download 237.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling