Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha tahliliy m a ‘ L u m o t I
Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashining faoliyati
Download 237.78 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Xalqaro aloqalarni rivojlanishi va holati
- 9. «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha
- Direktor A.Abduazizov
7. Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashining faoliyati 2017 yilning I-yarim yillikda Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashining 3 marotaba yig‘ilish o‘tkazilib, unda Respublika metodik kengashining 2017 yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi” Qonunini axborot- kutubxona muassasalarida bajarilishini o‘rganish, Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashi majlisining 2017 yil 2 martdagi 11- son bayoni qarori topshiriqlari ijrosi, “Central Asia 2017. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o‘rni” mavzusidagi 11-Xalqaro konferensiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uning yakunlari, Ta’limiy, ilmiy va axborot-kutubxona muassasalari uchun EBSCO ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalariga jamoaviy obunalar tashkil qilish, “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovini tashkil qilish va o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi bo‘yicha nazorat ta’minlandi.
Milliy kutubxona tomonidan O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi, Belorus Milliy kutubxonasi, Rossiya Milliy kutubxonalari, Turkmaniston Davlat madaniy markazining Davlat kutubxonasi, Gruziya Milliy qo‘lyozmalar markazi, Qozog‘iston Milliy kutubxonalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari ishlab chiqildi. Hamkorlik shartnomalari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi va kelishildi. O‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Milliy
kutubxona tomonidan respublika axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini Latviya Milliy kutubxonasi va Riga shahar kutubxonalari faoliyati bilan tanishtirish, tajriba almashish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilash maqsadida stajirovka tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 2017 yilning 14-22 may kunlari 6 nafar axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkasi tashkil qilindi. Xizmat safari doirasida Riga shahridagi bir qancha ilg‘or kutubxonalarning ish faoliyati yaqindan o‘rganildi. Shuningdek, stajirovka doirasida 18 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Latviya Milliy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi va u 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zaro davlatlar o‘rtasidagi xamkorlikni rivojlantirish va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, 23-30 sentyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2 nafar mutaxassislari uchun Chexiyaning Praga shahrida joylashgan Chexiya Milliy kutubxonasida malaka oshirish stajirovkasi tashkil qilindi. Xizmat safari doirasida Milliy kutubxona mutaxassislari tomonidan Chexiyaning bir qancha ilg‘or kutubxonalarning ish faoliyati yaqindan o‘rganildi. Stajirovka doirasida 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Chexiya Milliy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmanistonga Davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 mart, №R-4882 sonli Farmoyishiga asosan 2011 yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Turkmaniston Milliy madaniy markazining Milliy kutubxonasi bilan (hozirda Turkmaniston Davlat madaniy markazining Davlat kutubxonasi) tuzilgan Hamkorlik shartnomasining 8-bandiga muvofiq, xujjatning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi besh yilga uzaytiriladi. Joriy yilning 18-20 sentyabr kunlari Belorussiyaning Minsk shahrida Belorussiya kitob noshirligini 500-yilligi va Belorussiya Milliy kutubxonasini 95-yilligiga bag‘ishlangan “Xalqaro kutubxonachilik kongressi” ishida kutubxonaning 1 nafar mutaxassisi o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. xodimi ishtirok etdi. 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Belorussiya Milliy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 aprel №1766-xdfu sonli buyrug‘i hamda, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining 2017 yil 6 may №42-a sonli “O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi 2017 yil uchun ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha rejalar Dasturini (“Reja haritasi”) amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bayoniga asosan Milliy kutubxona va Toshkentdagi AQSh elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Memorandum loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha dasturi o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (№08/15-64, 21.06.2017) bilan kelishildi. Joriy yilning 22 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Toshkentdagi AQSh elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum loyihasini imzolash tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari” 2017 yil 12 aprel, №PQ-2885 sonli qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Rossiya Davlat kutubxonasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim ishlab chiqildi. Va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (№03-14/572, 05.06.2017) hamda Adliya vazirligiga (03-14/571, 05.06.2017) o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Joriy yilning 1-2 mart kunlari “Yevrosiyo Kutubxonachilik Assambleyasi Elektron kutubxona bazasini shakllantirish” bo‘yicha Yevrosiyo Kutubxonachilik Assambleyasi va Rossiya Davlat kutubxonasi (Moskva shahrida) tomonidan tashkil qilingan konferensiyada Milliy kutubxonaning 1 nafar mutaxassisi o‘z maruzasi bilan ishtirok etdi. 27-29 mart kunlari Turkiyaning Anqara shahrida 53 Kutubxona xaftaligi ishida kutubxonaning O‘quv zallari xizmati rahbari o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi. 3-5 aprel kunlari Qozog‘istonning Olmata shaxrida o‘tkazilgan ISSN Xalqaro Markazi va Qozog‘iston Milliy kutubxonasi hamkorligida tashkil qilingan “ISSN Mintaqaviy talim va Axborot yig‘ilishi”da Milliy kutubxonaning 2 nafar mutaxassis xodimlari o‘z maruzalari bilan ishtirok etishdi. 20-28 iyun kunlari Moskva va Minsk shaharlarida Yevroosiyo Kutubxona Assambleyasi tomonidan tashkil qilingan xalqaro malaka oshirish dasturida Milliy kutubxonaning 1 nafar mutaxassis ishtirok etdi. 29-30 avgust kunlari BMTning YuNESKO tashkiloti tomonidan Eronning Tehron shahrida “Hujjatli merosni muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida YuNESKOning mintaqaviy uchrashuvida kutubxona direktor o‘rinbosari ishtirok etdi. 26-28 sentyabr kunlari Yerevan shahrida (Armaniston) tashkil etilgan “Qo‘lyozma va bosma merosni saqlash va tiklashning yangi texnologiyalari” VII Xalqaro ilmiy- amaliy seminarda Milliy kutubxonaning 1 nafar mutaxassisi o‘z maruzasi bilan ishtirok etdi.
28-30 sentyabr kunlari Ozarbayjon Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan V Baku Xalqaro kitob yarmarkasida kutubxonaning 1 nafar mutaxassisi o‘z ma’ruzasi va kitoblar taqdimoti bilan ishtirok etdi. Hisobot davrida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 10 ta tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, Milliy kutubxona tomonidan 25 ta xorijiy delegatsiyalar qabul qilindi. Xalqaro kitob ayirboshlash yo‘li orqali jami – 467 ta, shundan, jurnal 123 ta, 344 ta kitoblar axborot-kutubxona fondiga qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-son farmonini ma’lumot va ijro uchun qabul qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori v.v.b.ning 2017 yil 10 fevraldagi 13-son buyrug‘i qabul qilindi.
Shuningdek, 2017 yil 17 fevralda tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” asosida, Davlat dasturi 298-bandining ijro etilishi yuzasidan hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Milliy kontentni rivojlantirish, davlat tilidagi ta’lim, ilmiy-ma’rifiy, yoshlar ehtiyojlariga mos zamonaviy axborot resurslarini, multimedia mahsulotlarini O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti orqali targ‘ib qilish bo‘yicha “Milliy nashrlarning elektron arxivi” (http://press.natlib.uz/uz/about) yaratildi. Bugungi kunda “Xalq so‘zi” (1278 nusxadan 3845 ta maqola), “Narodnoe slovo” (1124 nusxadan ta 2372 maqola), “Pravda Vostoka” (74 nusxadan 223 ta maqola), Vatanparvar (252 nusxadan 15 ta maqola) gazetalari kiritilgan. Bular: -“Ulug‘bek xazinasi” buktreyler (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - “Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l” adabiy- musiqiy kecha (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Abbosov bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning - "Meni men istagan o‘z suhbatig‘a arjumand etmas" g‘azali yetti tilda (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq artisti Muhabbat Shamaeva bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) -Muhammad Yusuf "Vatanim" she’riga rolik (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston Xalq xofizi Xasan Rajabiy bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - INFOLIB axborot-kutubxona xabarnomasi (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan “Shoh va shoir” mavzusida davra suhbati (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbek shoiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 575 yilligi munosabati bilan “Shoirlarning sultoni” mavzusida ilmiy anjuman (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - Rejissyor Zulfiqor Musoqov bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) -
xalq artisti
Gulchehra Jamilova bilan suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) -
O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan artist
Toxir Rajabiy
bilan suhbat
(http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) -
O‘zbekiston xalq
artisti Ma’mura
Ergasheva bilan
suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) -
xalq rassomi
Akmal Nur
bilan suhbat
(http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) -
O‘zbekiston xalq
artisti Rajab
Adashev bilan
suhbat (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) -
bag‘ishlangan “Raqs – asl go‘zallik ramzi” mavzusidagi musiqa kechasi (https://www.youtube.com/watch?v=UV_gvgMDk6Q
- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Yarasheva bilan suhbat https://www. youtu.be/_yRp8Px3xgI -
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 70 yilligiga https://youtu.be/KyuB_9hQFzg -
yilliliga https://youtu.be/yv0dEilbNCI -
taqdimoti https://youtu.be/dMSNbrvE0TE -
https://youtu.be/-tdQeP2gIYA -
O‘zbekiston Xalq artisti Sherali Jo‘raev: "Keldi bahor" qo‘shig‘i. https://youtu.be/AwUzQbVXO5w -
https://youtu.be/SJaB3KgdIKE -
O‘zbekiston Xalq artisti Sherali Jo‘raev: "Xorazm lazgisi". https://youtu.be/8l8g00XdyGc -
https://youtu.be/imY4Oxb5LGc -
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida vinil gramplastinkalarni raqamlashtirish jarayoni https://youtu.be/Ymukl6QtTDI -
https://youtu.be/DkqYnBaoyCU -
"INFOLIB" axborot-kutubxona xabarnomasi https://youtu.be/6oEyQV1H_BY -
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan O‘zbekistondagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasining hamkorlik to‘g‘risida Memorandumi https://youtu.be/EeL16X2BFh4 -
https://www.youtube.com/watch?v=PWVjPclpHhs -
O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matchon bilan suhbat https://www.youtube.com/watch?v=Wh4Y3ZJS0e0&t=37s -
https://www.youtube.com/watch?v=42LuRf1J2SU&t=25s -
O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir bilan suhbat https://www.youtube.com/watch?v=5c9O5v455ek
- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Allomaning saboqlari” mavzusida davra suhbati (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) - San’atshunoslik fanlari doktori, professor Dilfuza Raxmatullaevaning “San’atga baxshida umr. Yayra Abdullaeva” nomli kitobi taqdimoti va O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva bilan ijodiy uchrashuv (http://natlib.uz/uzb/Archive/Videos) 2017 yil-Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan “Inson manfaatlari oliy qadriyat”deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi Kitob ko‘rgazmalar zalida tashkil qilindi; Yoshlar orasida kitobxonlikni kengrok targ‘ib qilish maqsadida “Shaxs kamolotida kitobxonlik madaniyati” mavzusida davra suhbati; “Baxtli ota-ona-baxtli farzandlar” dasturi bo‘yicha “Shaxs shakllanishida oilaning ta’siri” mavzusida seminar; Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Navoiy asarlaridagi ezgu g‘oyalarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida adabiy kecha; “Yoshlar kamolotida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida adabiy kecha; Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan instut talabalari ishtirokida “Til madaniy merosni asrab avaylash va rivojlantirish vositasidir” deb nomlangan tadbir va “Ma’naviy boylik timsoli” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi; XDP bilan hamkorlikda "Inson manfaati hamma narsadan ulug‘" mavzusida tadbir; Yoshlar orasida kitobxonlikni kengroq targ‘ib qilish maqsadida “Shaxs kamolotida kitobxonlik madaniyati” mavzusida davra suhbati; O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” taqdimoti; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist G‘ulom Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli kitobi taqdimoti; Mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Mutolaaga bir daqiqangni bag‘ishla!” kabi aksiyalar, ko‘rgazmalar, kitob taqdimotlari va ma’naviy ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Milliy kutubxonada aholiga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, mutaxassislarni kasbiy malakasini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish hamda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” Davlat dasturini amalga oshirish ishlarini ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot qilish tadbirlarini rejaviy amalga oshirish ishlari davom ettirildi.
“Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga O‘zbekiston Milliy
kutubxonasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda uslubiy yordam ko‘rsatish” o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘quv mashg‘ulotlarida respublika axborot-kutubxona muassasalarining 121 nafar mutaxassisi qatnashdi. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari – 69 nafar; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislar soni – 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislar soni – 1 nafar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislar soni – 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari soni – 45 nafar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari soni – 1 nafar; O‘zbekiston Respublika Mudofaa vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasasi mutaxassisi – 1. Hisobot davrida Respublika metodik kengashida axborot-kutubxona markazlari rahbarlarining hisobotlari bo‘yicha bildirgan takliflari, hududlardagi axborot-kutubxona muassasalari ishini yanada rivojlantirish bo‘yicha muammolarni bataraf etish, ularga metodik
yordam berishni takomillashtirish, axborot-kutubxona markazlari mutaxassislarining bilim, tajriba hamda malakalarini yanada mustahkamlash maqsadida Milliy kutubxonaning “Axborot-kutubxona markazlari faoliyatini joylarda o‘rganish va ularga metodik yordam berishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 27 yanvardagi 10- sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruqning 1-ilovasida axborot-kutubxona markazlari faoliyatini o‘rganish va ularga metodik yordam ko‘rsatishning reja-jadvali, 2-ilovasida metodik yordam berish yo‘nalishlari rejasi tasdiqlandi. Reja-jadval asosida ishchi guruh quyidagi axborot-kutubxona muassasalarida xizmat safarida bo‘lishdi va ularning faoliyati savolnoma asosida o‘rganildi. 13-17 fevral kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari (Termez davlat universiteti, Surxondaryo viloyat axborot-resurs markazi, Qashqadaryo viloyat axborot- kutubxona markazi): 14-17 fevral kunlari Andijon va Farg‘ona viloyatlari (Andijon axborot-kutubxona markazi, Andijon davlat universiteti, Farg‘ona axborot-kutubxona markazi, Farg‘ona davlat universiti); 14-16 iyun kunlari Navoiy va Buxoro viloyatlari (Navoiy va Buxoro akborot- kutubxona markazlari, Navoiy konchilik instituti, Buxoro davlat universiteti); 21-23 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlariga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markazi va Xorazm viloyati axborot- kutubxona markazi) xizmat safariga chiqildi. Shuningdek, 11-31 iyul kunlari “Noyob va alohida qimmatga ega nashrlarni saqlash, konservatsiya va restavratsiya qilish” mavzusida o‘quv-seminarlar Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markazlarida tashkil qilindi. 25 iyulda kutubxona mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyati “Turon” hamda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazlariga axborot-kutubxona markazlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha sayyor seminar tashkil qilindi. 9-18 avgustda axborot-kutubxona faoliyatini tartibga soluvchi namunaviy me’yoriy- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida seminarlar tashkil qilindi. Hududlardagi axborot-kutubxona muassasalariga aniq yo‘nalishlar bo‘yicha metodik yordam berish maqsadida sotsiologik tadqiqot (anketa savollari asosida) o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari taxlil qilindi. Toshkent shahar Yunusobod tumani “Uvaysiy” mahallasida yangi tashkil qilingan kutubxona faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari orqali xizmat ko‘rsatish, bugungi kun talabidan kelib chiqib, kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatishda Milliy kutubxona elektron kutubxonasi va ma’lumotlar bazalaridan, shuningdek xorijiy ilmiy-ta’limiy elektron bazalardan foydalanish bo‘yicha metodik yordam berildi. Shuningdek, mahalla kutubxonasi fondiga 400 dan ziyod bosma axborot-kutubxona resusrlari (kitob, jurnal) va 1000 dan ziyod elektron resurslar taqdim etildi.
Milliy kutubxona va “Uvaysiy” mahalla fuqarolar yig‘ini kutubxonasi bilan 2017 yil 26 may kuni hamkorlik shartnomasi imzolandi. 12-16 iyun
sanasi oralig‘ida quydagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga ilmiy-metodik maslahatlar berildi: Zangiota servis kasb-hunar kolleji; Chirchiq transport-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi harbiy-o‘quv kutubxonasiga; 10-24 iyul sanasi oralig‘ida O‘zbekiston Bosh prokuraturasining kutubxona fondlaridagi axborot-kutubxona resurslarini baholash bo‘yicha ishlar tashkil qilindi va amaliy yordam berildi. 24 avgustda Navoiy viloyati Navoi tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli “Farxod” madaniyat saroyi kutubxonasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha metodik maslahatlar berildi.
Direktor A.Abduazizov Download 237.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling